Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə55/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Al’faviruslar
Alfaviruslar turkumiga kiruvchi viruslar orasida odam va hayvonlarga patogen turlari tafovut qilinib, bunga o’ziga xos antigenlarga ega bo’lgan 21 ta virus kiradi. Alfaviruslarni arboviruslarning A guruhi ham deyiladi. Bular ichida odam uchun patogen va nopatogen, hayvonlar ychun patogen turlari mavjud.
Morfologiyasi. Virion sharsimon shaklda bo’lib, o’lchami 70-nm. Tarkibida bir ipli RNK tutadi. Nukleokapsid ikosaedr simmetriyasiga ega. Kapsid qavatining ustidan tashqi lipoproteid qavati o’rab turadi. Bu qavatda glikoproteidlar 10 nm uzunlikdagi tikansimon o’simtalar hosil qilgan.
Antigenlari. Virusning gypyh maxsus antigeni kapsid oqsili bilan, tip va tur maxsus antigenlari tashqi qobig’i oqsil bilan bog’liq. Alfaviruslarga kiruvchi 3 ta guruh - Sindbis, otlardagi ensefalomiyelit, Semliki o’rmon viruslarining antigen xususiyatlari bir-biriga yaqin.
Ko’paytirish. Alfaviruslar tovuq embrioni fibroblastlarida va undiriluvchi hujayra kulturalarida ko’paytiriladi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Alfavirus qo’zg’atadigan infeksiyalar patogenezi va klinikasi xilma-xil. Kasallikda isitmalash ichki a’zolar, jigar, taloqning zararlanishi, toshmalar toshishi, ensefalomiyelit kuzatiladi. Odamni qon so’ruvchi hasharot chaqqanidan so’ng virus qonga tushadi. U birinchi bo’lib qon tomirlarning endotelial hujayralari va limfa tugunlarida ko’payadi. So’ngra qaytadan qonga tushadi va virusemiya yuzaga keladi. Patogenezning ikkinchi bosqichida viruslar qon bilan nerv sistemasiga, jigar, taloq va buyraklarga yetib borib, u yerda yana ko’payadi. Nerv hujayralarining parchalanishi ensefalitning og’ir shakllarini keltirib chiqaradi. Alfaviruslar isitma, badanga toshmalar toshishi va qon ketishi bilan kechadigan kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Kasallik o’tkir boshlanib, kuchli bosh og’rig’i, harorat ko’tarilishi, ko’ngil aynishi, qusish holatlari kuzatiladi. Kasallikning og’ir shaklida bemor talvasaga tushadi, hushini yo’qotadi, qaltirash va koma holati yuzaga keladi. Bunday holatda kasallik o’lim bilan tugashi mumkin.
Alfaviruslar Amerika, Osiyo davlatlari va Avstraliyada keng tarqalgan. Alfaviruslarning asosiy manbai chivin va hayvonlar hisoblanadi. Otlarning ensefalomiyelit kasalligi og’ir kechadi. Bu virus AQSh va Kanada, Lotin Amerikasi davlatlarida ko’p uchraydi. Alfaviruslar keltirib chiqaradigan Chikungunya kasalligi Afrikaning tropik hududlarida va janubi-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, kasallik rezervuari odam va maymunlar, tashuvchilari esa chivinlar hisoblanadi.
O,N’yuong-N’ong isitmasi Sharqiy Afrikada keng tarqalgan, uning ham rezervuari odam va maymunlar, tashib yuruvchilari esa chivinlardir. Semliki o’rmon isitmasi Markaziy va G’arbiy Afrikaning o’rmonli joylarida, Sindbis isitmasi Afrika, Osiyo, Avstraliya davlatlarida, Karel isitmasi Karelya, Finlandiya va Shvesariyada keng tarqalgan. Ularning ham tashuvchisi chivinlar hisoblanadi.
Chidamliligi. Alfaviruslar efirga sezuvchan, 560C haroratda tezda parchalanib ketadi. Past haroratda infeksion faolligini saqlab qoladi.
Immunitet. Kasallikdan so’ng kuchli, turg’un immunitet qoladi. Qon zardobida komplementni bog’lovchi antitelolar va antigemagglyutininlar bir necha yillar davomida saqlanadi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun qon, orqa miya suyuqligi kasallikiing boshlanish davrida olinadi. Viruslarni tutuvchi ashyolarni yangi tug’ilgan sichqonlar, tovuq embrioni va hujayra kulturalariga yuqtirib ajratib olinadi. Bu viruslarni identifikasiya qilish uchun neytrallash, komplementni bog’lash hamda gemagglyutinasiyani to’xtatish reaksiyalaridan foydalaniladi. Serologik tashhis qo’yishda juft zardoblar titrining oshishiga yoki kasallikiing yaqinda boshlanganligini ko’rsatuvchi IgM borligiga asoslaniladi. Bunda NR, KBR, GATR hamda IFA va RIA lardan foydalaniladi.
Profilaktikasi. Ayrim virus infeksiyalarining maxsus profilaktikasi uchun o’ldirilgan vaksina qo’llaniladi. Vaksina bilan, asosan, xavfli guruhga kiruvchi kishilar emlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin