Yapon ensefaliti virusi Bu kasallikni virus qo’zg’atishini 1933 yili yapon olimi M.Xayashi aniqladi. 1940-1941 yillarda A.K.Shubladze, A.A.Smorodinsev, V.D. Neustroyevlar Uzoq Sharkda shu kasallik uchrashini isbotladilar. Kasallik Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Fillipin, Tayvan va Primorye o’lkasida uchraydi. Virusning o’lchami 40-50 nm. Virus tovuq embrioni va hujayra kulturalarida ko’payadi. Virus sog’lom odamga zararlangan Culex chivinlari chaqqanida yuqadi. Kalamush, ko’pgana uy va yovvoyi hayvonlar, chumchuqsimonlar virus tashuvchi hisoblanadi. Kasallik, asosan, botqoklik, ko’l ko’p joylarda, iyun-avgust oylarida uchraydi.
Virus markaziy nerv sistemasining hujayralarida ko’payib, ularni shikastlaydi va nobud qiladi. Asosan, miya gipotalamus qismining yadrolari, miya to’qimasining harakat neyronlari, orqa miyaning bo’yin qismi va boshqa sohalari zararlanadi. Bundan tashqari, virus limfositlarda va parenximatoz a’zolarning hujayralarida ham ko’payadi. Yapon ensefaliti yengil (simptomsiz) va og’ir (ensefalit va meningoensefalit) shakllarda kechadi. Bu kasallikdan o’lim ko’rsatkichi nihoyatda yuqori. Masalan, Yaponiyada 60%, Uzoq Sharqda epidemiya vaqtida 25-53% gacha yetgan. Kasallikdan so’ng umrning oxirigacha yetadigan mustahkam turg’un immunitet hosil bo’ladi. Bemorga tashxis kasallikning klinik belgilari, epidemiologiyasi va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko’ra qo’yiladi. Buning uchun bemordan qon, limfa suyuqligi, murdadan miya to’qimasi olinib, ulardan virusni identifikasiya qilinadi.
Davolash uchun ko’p marta virus bilan immunizasiya qilingan ot zardobidan tayyorlangan hamda yapon ensefalitining tabiiy o’choqlarida yashovchi kishilar qonidan olingan immunoglobulinlar yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun kishilarni chivin chaqishidai himoya qilish choralari ko’riladi. Maxsuo profilaktikasi uchun faolsizlantirilgan vaksinadan foydalaniladi. Umumiy profilaktikasi dezinseksiya choralari o’tkazishdan iborat.
Kana ensefaliti virusi Bu kasallik 1934 yili Sharqiy Sibirda A.G. Panov tomonidan aniqlangan. Virusni 1937 yili L.A.Zilber, Ye.N.,11yevkoviya, M.P.Chumakovlar shu kasallik bilan og’rigan bemordan ajratib olishgan.
Virus dumaloq shaklda bo’lib, o’lchami 45 nm. Nukleokapsidili poproteinli, tukchali qobiq bilan qoplangan. Tarkibida bir ipli RNK bor. Virus turli to’qima kulturalarida, tovuq embrionida va oq sichqon organizmida yaxshi ko’payadi. U cho’chqa embrioni buyragidan tayyorlangan va undiriluvchi to’qima kulturalarida hujayraga patogen ta’sir ko’rsatib, ularni nobud qiladi. Virusning superkapsidi va nukleokapsidida VI, V2, V3 oqsillari bo’lib, shulardan faol oqsil - glikoproteid V3 hisoblanadi. U tipga xoslikni ta’minlab, organizmda virusga qarshi neytrallovchi antitelolar va antigemagglyutininlar sintezini kuchaytiradi.
Kasallikning patogenezi va klinikasi. Kanali ensefalit zoonoz kasallik bo’lib, hayvonlardan odamlarga kanalar chaqishi, virus bilan zararlangan echki suti orqali yuqadi.
Virus dastlab teri osti kletchatkasida ko’payadi, so’ngra qonga tushadi. Virus orqa miya bo’yin qismining oldingi shoxlaridagi harakat neyronlarini, miyacha va bosh miyaning yumshoq qobig’iii zararlaydi. Virus miyaga kirgunga qadar limfa tugunlari, taloq hujayralari va qon tomirlarining eidoteliylarida ko’payadi. Bemor isitmalaydi, goh uyqusizlik, goh uyquchanlik alomatlari paydo bo’ladi, uning harakat va sezish qobiliyati buziladi, meningial belgilar kuzatiladi.Bu kasalliqdan o’lim 1,5-26% ni tashkil etadi.
Kasallikning yashirin davri bir kundan bir oygacha bo’lishi mumkin. Kasallikning o’tkir shakllari isitmalash, meningit, meningoensefalit, poliomiyelit va poliradikulonevrit ko’rinishida kechadi. Surunkali ensefalit ham mavjud bo’lib, bunda virus genomi bosh miya neyronlarining xromosomasi bilan birikkan holda sakdanadi degan taxminlar ham bor.
Kasallik Uzoq Sharq taygasidan to Markaziy Yevropagacha bo’lgan yerlarda uchraydi. Asosan, u bahor-yoz oylarida keng tarqaladi. Hozir virusning ikki xil antigenli turi mavjud, ulardan biri Ixodes persulcatus kanasi orqali yuqib, Uzoq Sharq mamlakatlarida kasallikning og’ir kasallikni keltirib chiqaradi. Ikkinchisi Yevropada uchraydigan turi bo’lib, Ixodes ricinus kanasi orqali yuqadi va kasallik yengil ko’rinishda kechadi. Virus kana organizminipg hamma rivojlanish davrlarida saqlanib qoladi va transovarial yo’l bilan ham kana turkumiga o’tadi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng umrining. oxirigacha qoladigan mustahkam, turg’un immunitet hosil bo’ladi.
Laboratoriya tashxisi. Virusni ajratib olish uchun bemorning qoni, orqa miya suyuqligi, o’lgan odam murdasidan olingan material oq sichqoplarping hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Ajratib olingan virus maxsus zardoblar bilan NR, IFR va IFA yordamida identifikasiya qilinadi.
Serologik tashxisida kasallik jarayonida hosil bo’lgan antitelolarni aniqlash uchun NR, KBR, GATR, BilGAR, IFR, IFA va RIA usullari bilan 2-3 hafta orasida olingan bemornipg juft zardoblari tekshiriladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorni davolash uchun 2-3 kun davomida 3-6 ml ensefalitga qarshi odam immunoglobulini va otlarni ko’p marta emlab olingan zardob va interferonlar qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun kanalarga qarshi dezinseksiya ishlari olib borish lozim.
Maxsus profilaktikasi uchun formalinda faolsizlantirilgan kultural vaksina qo’llaniladi. Kasallikning tabiiy o’choqlarida xizmat qiluvchi va xavfli guruhlarga kiruvchi kishilar albatta emlanadi. Agar kana chaqsa, profilaktika maqsadida 1,5-3,0 ml maxsus immunoglobulin yuboriladi.