Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Flaviviruslar oilasi (Flaviviridae)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə49/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Flaviviruslar oilasi (Flaviviridae)
Flaviviruslar (lotincha flavus-sariq) viruslar nomenklaturasi tasnifi bo’yicha totaviruslar oilasining ypug’i hisoblab kelingan. 1985 yildan boshlab alohida oilaga ajratildi. Flaviviruslar oilasi bitta flaviviruslar (Flavivirus) )fug’idan iborat. Bu katta turkum bo’lib, 63 virusni o’z ichiga oladi. Flaviviruslarni arboviruslarning V guruhi deb nomlanadi. Bu oilaga kiruvchi viruslar chivin va kanalardan ajratib olingan. Flaviviruslar oilasiga antigenlari o’xshash 4 ta kenja oila kiradi: kana ensefaliti, yapon ensefaliti, sariq isitma va Denge virusi. Morfologiyasi. Virion sferik shaklda bo’lib, o’lchami 40-50 nm ra teng. Nukleokapsid tashqi lipoproteid qobiqqa o’ralgan bo’lib, kub shaklidagi simmetriyaga ega. Virion bir ipli musbat-RNK tutadi.
Antigenlari. Nukleokapsid tarkibidagi oqsil guruhiga xos antigenlik xususiyatiga ega. Tashqi qobig’ida glikoproteindan tashkil topgan tikansimon o’simtalari gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega. Tashqi oqsillar tipga xoslikka javob beradi.
Ko’payishi. Viruslar tovuq embrionida, oq sichqon va makak rezus maymunlarning miya va buyrak to’qimalarida yaxshi ko’payadi. SPT natijasida simplast ko’rinishdagi katta ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi. Virus reseptorli endositoz yo’li bilan hujayra ichiga kiradi, yig’ilgan virionlar kurtaklanish yo’li bilan ko’payib, eidoplazmatik to’r membranasi orqali tashqariga chiqadi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Viruslarning dastlabki ko’payishi makrofag va gistiosidlarda kechadi, keyin sirtqi limfa tugunlariga o’tadi. So’ng ular qonga tushib, qon orqali ichki a’zolarga, bosh miyaning nerv hujayralarigacha yetib boradi va u yerda ko’payadi.
Infeksiyalar patogenezida, asosan, immunopatologik reaksiyalar kuzatiladi. Flaviviruslar odamlarda sariq va Denge isitmalari, yapon va kana ensefalitlari, gemorragik isitma kabi kasalliklarni qo’zg’atadi.
Laboratoriya tashxisi. Virus tovuq embrioni va hujayra kulturasida ko’paytiriladi. Ajratib olingan virusni identifikasiya qilish uchun neytrallash reaksiyasi, GATR, KBR usullari qo’llaniladi.
Serologik tashhisda juft zardoblardagi virus maxsus antitelolalarni ko’paytirish bo’yicha aniqlanadi. Bunda NR, KBR, GATR, IFA va RIA usullari qo’llaniladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin