Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə47/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Orbiviruslar
Orbiviruslar bir qator xususiyatlari va kimyoviy tarkibiga ko’ra reoviruslarga o’xshaydi. Viruslar 32 ta kapsomerga ega, ular xalqa shaklda bo’ladi. Orbis lotincha so’z bo’lib, halqa (dumalok) degan ma’noni anglatadi, nomi shundan olingan. Orbiviruslar kana, chivin, iskabtoparlar orqali yuqadigan viruslarning ekologik guruhidan ajratib olingan. Virusning kapsidi ikosaedr simmetriya shaklida. Orbiviruslar turkumiga 17 xil serologik guruh kiradi. Orbiviruslar hasharotlar organizmida ko’payadi va ular orqali o’simliklarga yoki hayvonlarga yuqadi. Kemerova va Kolorad isitmasini qo’zg’atuvchi viruslar odamga nisbatan patogen hisoblanadi. Ular odamlarda kasallikning yengil shaklini, hayvonlarda esa og’ir shaklini keltirib chiqaradi. Bu turkum viruslar boshqa tiplarining odamlar uchun patogenligi tasdiqlanmagan.
Retroviruslar oilasi (Retroviridae)
Retroviruslar sut emizuvchi hayvonlar va odamlardan ajratib olingan katta oila viruslari. Tarkibida qayta transkripsiyani amalga oshiruvchi ferment - qayta transkriptaza bo’lganligi uchun ularga shunday nom berilgan (lotincha retro - qayta).
Retroviruslar oilasi uch guruhga bo’linadi: Oncovirinae, Spumavirinae, Lentivirinae.
Spumavirinae oilasi (lotincha spuma-ko’paytiruvchi) viruslari hujayra simplastlarini hosil qila oladi. Natijada hujayra kulturasi "ko’pirgan" ko’rinish oladi. Bu viruslar ko’pgina sut emizuvchilar, shu jumladan odamlardan ajratib olingan. Ammo ularning odam uchun patogenligi tasdiqlanmagan. Spumaviruslar hayvonlarda autoimmun holatlarni keltirib chiqaradi.
Oncovirinae turkumiga kiruvchi viruslar hayvon va odamlarda o’sma va leykoz kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Lentivirinae (lotincha Lente - asta-rekin) - bu turkumga kiruvchi viruslar asta-sekin yuzaga keladigan yuqumli kasalliklar sabab bo’ladi. Lentiviruslarga qo’ylarning neyro- va pnevmotrop viruslari, otlarning yuqumli kamqonlik kasalligi, maymunlar va odamlarning immun tanqislik viruslari kiradi. Ko’pincha bu viruslar ot, qo’y va echkilarning markaziy nerv sistemasini shikastlaydi. Kasallikning yashirin davri uzoq davom etib, oxir oqibatda kasallangan hayvonlarning hammasi nobud bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin