Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Filoviruslar oilasi (Filoviridae)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə59/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Filoviruslar oilasi (Filoviridae)
Keyingi yillarda hosil bo’lgan Filoviridae (lotincha filum-ip), ipsimon viruslar oilasi bitta Filovirus turkumidan iborat, ikki xil virusni o’z ichiga oladi. Bu viruslar ham odamda og’ir gemorragik isitmani keltirib chiqaradi. Ulardan biri Marburg virusi bo’lib, 1967 shli bemor qoni hamda murdadan (Marburg shahrida, nomi ham shundan) ajratib olingan. Ikkinchisi Ebol virusi esa 1976 yidda Janubiy Sudandagi bemor qonidan ajratib olingan. Viruslar umumiy antigenga ega.
Morfologiyasi. RNK tutuvchi virion uzun burama ipga o’xshab, ayrim hollarda shoxlangan bo’ladi. Virion o’lchami 1200-4000 nm, eni 70-100 nm gacha yetishi mumkin. Nukleokapsid spiral tipdagi simmetriyaga ega bo’lib, tashqaridan lipidlardan tashkil topgan qobiq bilan o’ralgan.
Kasallikning odamlardaga patogenezi. Virusning asosiy manbai Afrika maymunlari hisoblanadi. Virus havo-tomchi orqali Maymunlardan odamga, bemordan sog’lom odamlarga yuqadi. Virus soyetom odamga jarohatlangan teri va shilliq qavatlar orqali tushadi. Shu sababli bu kasallik ko’pincha xavfli guruh hisoblangan tibbiyot xodimlarida ham uchrab turadi.
Marburg va Ebol viruslari odamlarda isitmani keltirib chiqaradi, bemorda og’ir intoksikasiya, toshmalar paydo bo’ladi. Teri ostida, nafas va ovqat hazm qilish sistemalarining shilliq qavatlarida qon quyilishlar va kuchli qon ketish holatlari kuzatiladi. Jigar, taloq va limfa tugunlarida nekrozlar sodir bo’ladi, qonning ivishi buziladi, trombositopeniya avj oladi. O’lim 30-50% ni tashkil etadi.
Laboratoriya tashxisi. Buning uchun bemor qonini elektron mikroskop ostida tekshirib virus topiladi va dengiz cho’chqachasi yoki Vero hujayra kulturasiga yuqtirib uni aniqlanadi, ammo virus hujayraga patogen ta’sir ko’rsatmaydi. Bundan tashqari, virus antigenini immunoflyuoressensiya reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Davolashda simptomatik va interferon terapiya qo’llaniladi. Maxsus profilaktikasi hali ishlab chiqilmagan.
Rabdoviruslar oilasi (Rhabdoviridae)
Rabdoviruslar (yunoncha riiabdos-xivchin) oilasiga umurtqali va umurtqasiz hayvonlar (40 turida), sodda organizmlar (amyobalar), o’simliklarga nisbatan patogen bo’lgan ko’pgina viruslar kiradi. Bu oila uchta turkumni o’z ichiga oladi:
Lyssavirus - qutirish virusi.
Vesiculovirus - vezikulyar stomatit virusi.
Sigmavirus - drozofil sigma virusi.
Bundan tashqari, tasniflanmagan viruslari ham mavjud, bular baliqdar va o’simliklarda kasalliq keltirib chiqaradi. Odamlar uchun qutirish va vezikulyar stomatit viruslari patogen hisoblanadi.
Morfologiyasi. Virion o’qsimon yoqi tayoqchasimon shaklga ega bo’lib, o’lchami 170 nm. Virion bir ipli manfiy-RNK dan tashkil topgan. U sirtdan lipidlardan iborat qobiq bilan o’ralgan, unda o’simtalar mavjud. Nukleokapsid spiral tipdagi simmetriyaga ega, uni tashqi qobiqdan matriks oqsili bilan ajratib turadi. Virionda bir nechta oqsillar, jumladan kapsid, matriks oqsillari, RNK-polimeraza va boshqa fermentlar bor. Tashqi qobig’idagi o’simtalar glikoproteinlardan tashkil topgap.
Antigenlari. Nukleoprotein guruh maxsus antigen bo’lib, ularni immunoflyuoressensiya, geldagi presipitasiya va KB reaksiyalari bilan aniqlanadi. Tashqi qobiqdagi glikoprotein tip maxsus antigen bo’lib, virionning yuqumliliq, gemagglyutinasiya qilish faolligini ta’minlaydi.
Reproduksiyasi. Rabdoviruslar hujayraning sitoplazmasida ko’payadi. Virion o’ziiiig glikoproteidlari bilai hujayra membranasidagi reseptorlarga adsorbsiya qilinadi va viropeksis yo’li bilan hujayra ichiga kiradi. Virionlar kurtaklanish yo’li bilan plazmatik membrananing ma’lum bir qismidan tashqariga chiqadi. Hujayraning sitoplazmasida asidofil kiritmalar hosil bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin