Ortomiksoviruslar oilasi (Orthomyxoviridae)
Ortomiksoviruslar paramiksoviruslar kabi makroorganizm hujayralarining musin moddasiga moyil bo’lganligi uchun oilaning nomi ham shundan olingan (yunoncha orthos-to’g’ri, muxa-shilliq). Bu oilaga odam, hayvon va qushlarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar kiradi.
Gripp viruslari
U.Smit, K.Endryus va G.Leydloular gripp bilan og’rigan Vilson Smit degan bemordan A virusni (1933) T.Frensis va T.Mejill V virusni (1940), R.Teylor S gripp virusini (1947) kashf qildilar.
Gripp viruslarining tasnifini tuzish ancha murakkab, chunki ular antigen tuzilishini vaqt-vaqti bilan o’zgartirib turadi. Ularning A, A1, A2, V va S turlari ma’lum. JSST tasnifiga binoan (1980) odamlar va hayvonlarda kasallik qo’zg’atuvchi A viruslar gemagglyutinini bo’yicha 13 ta (N1-NI3) va neyraminidazasiga ko’ra 10 ta (Nl-Nl3) kenja tiplarga bo’linadi. Shulardan odamlarda kasallik qo’zg’atuvchi A virus tarkibiga 3 ta gemagglyutinin (Hl, N2 va NI3) va ikkita neyraminidaza (N1 va N2) kiradi. Gripp B va S viruslarining antigenlari deyarli o’zgarmaydi. Ammo B grippining antigenida ma’lum vaqt ichida o’zgarish bo’lishi mumkin. JSST gripp virusining nomenklaturasini tuzdi. Bunga asosan gripp viruslari bir qator majburiy ko’rsatkichlarga ega bo’lishi shart: 1) virusning tipi (A, B va S); 2) tabiiy xo’jayini odam yoki hayvon; 3) ajratib olingan geografik hududi; 4) laboratoriya shtammining tartib raqami (nomeri); 5) ajratib olingan yili; 6) A viruslar. Qavs ichida gemagglyutinin va neyraminidazaning xili ko’rsatiladi. Masalan: gripp A virusi: A./o’rdak/ O’zbekiston /695/76(H3N2) (jadval).
A tipdagi gripp
|
virusi pandemik shtammining antigen tuzilishi
|
Turlarining nomi
|
Antigen tuzilishi
|
Sana
|
A/Swine/ 1 76/31
|
Hl №1
|
1918-1929 yillar
|
A/SWN/ 83, A/ 18/34
|
N 1 №1
|
1929-1946 yillar
|
A/M /1/47
|
N 1 №1
|
1947-1957 yillar
|
A/Singapur/ 1/57
|
, N 2 №2
|
1957-1968 yillar
|
A/Gongkon /1/68
|
N, №,
|
1968-1977 yillar
|
A/ Xabarovsk /90/77
|
N, №,
|
1977 - hozirgi davrgacha
|
Morfologiyasi. Gripp viruslari yumaloq yoki tuxum shaklida bo’lib, o’lchami 80-120 nm. Virusning tashqi glikoproteid qobig’ida gemagglyutinin va neyraminidaza tikansimon o’simtalari bor. Ularning o’lchami 10 nm, nukleokapsid sniral simmetriya ko’rinishida bo’lib, ribonukleoprotein (RNP) zanjiridan ibopat juft spiral holatda joylashgan. Gripp bilan RNK-polimeraza va endonukleaza (Pl va P3) birikkan. Virionning o’zagi M-oqsildan tashkil topgan parda bilan o’ralgan bo’lib, bu oqsil o’z navbatida RNP ni tashqi qobig’i va gemmaglyutinin, neyraminidazadan iborat tikansimon o’simtalar bilan bog’laydi. Virus genomi bir inli manfiy RNK dan iborat, u virus massasining 1-2% ni tashkil etadi. Virion 50-70% oqsildan, 24-37% lipidsan, 5-9% uglevoddan tashkil topgan. Linid va uglevodlar tashqi qobig’idagi lipoprotein va glikoproteidlar tarkibiga ham kirib, ular virus shikastlagan hujayra komnonentlaridan hosil bo’ladi.
Antigenligi. Gripp viruslarining barcha turlari bir-biridan virionning tuzilishini turg’unlashtiruvchi M-matriks va RNP (oqsil NP) ga bog’liq tipmaxsus antigeni bilan farq qiladi. Bu antigenlarni KBR bilan aniqlash mumkin. Jumladan, A turining o’zida antigen xususiyatiga qarab A(H, N), A (H3, N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Gripp virusining A turi o’ta maxsusligini yuzaki joylashgan gemagglyutinin H va neyraminidaza N antigenlari belgilaydi. Gemagglyutininlar murakkab glikoprotein bo’lib, himoya qilish (protektiv) xususiyatga ega. U organizmda virusni neytrallovchi antitelolar-antigen agglyutininlar hosil qiladi, bular GAT reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Gemagglyutininning o’zgaruvchanligini gripp virusi antigenidagi dreyf va shift (H-antigenli) o’zgarishi ta’minlaydi. Antigen sintezini nazorat qiluvchi genda nuqtaviy mutasiya sodir bo’lishi gemagglyutininda qisman o’zgarish paydo bo’lishiga olib keladi. Buni antigendagi "dreyf" o’zgarish deyiladi. Bunday o’zgarishlar 3-4 yil selektiv omillar ta’sirida, masalan antitelolar ta’sirida turda to’planib, mikdoriy o’zgarishga, ya’ni gemagglyutinin antigenliq xususiyatining o’zgarishiga olib keladi. Antigendagi shift o’zgarishida genlarning to’liq almashinuvi sodir bo’ladi, bunda ehtimol 2 ta virusning rekombinasiyasi natijasida kenja tiplar almashinadi. Ayrim hollarda ikkala antigen ham almashinishi mumkin, natijada yangi antigenlarga ega virusning variantlari paydo bo’ladi. Bunday o’zgarishlar har 10-18 yilda bir marta bo’lib, albatta pandemiyaga olib keladi. Gemagglyutinin o’z navbatida reseptorlik vazifasini ham bajaradi, virus shular yordamida moyil hujayraga, eritrositlarga adsorbsiya qilinadi va ularning birlashishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, eritrositlarning gemolizida ham qatnashadi. Virus neyraminidazasi ferment sifatida sial kislotaning substratdan ajralishini tezlashtiradi. U antigenlik xususiyatiga ham ega bo’lib, virionlarning xo’jayin hujayrasidan ajralib chiqishida ishtirok etadi. Neyraminidazada ham gemagglyutininga o’xshash antigenli dreyf va shift o’zgarishlar sodir bo’ladi. Grippning B turi gemagglyutinin va neyroaminidazalarning antigenlik xossalari bo’yicha 5 ta serovirioni aniqlangan.
Gripp virusining B turi faqat odamlarda kasallik qo’zg’atadi, ba’zan epidemiyaga sabab bo’lishi mumkin. Uning S turi A va B turlaridan farq qiladi. Uning genomi 7 fragmentdan tashkil topgan, lekin molekulyar massasi A va B turdagi gripp viruslariga o’xshash. Gripp virusining S turida neyroaminidaza topilmagan. Hayvon eritrositlarini adsorbsiya qilishda ham A va B viruslar farq qiladi. Virusning S turi odamlar va cho’chqalarni zararlaydi. U sporadik holda kechadigan respirator kasalliklarni qo’zg’atadi, lekin epidemiya va pandemiyalar kuzatilmaydi.
Gripp viruslari odam, tovuq, dengiz cho’chqachasi va boshqa 30 dan ortiq turdagi hayvonlarning eritrositlari bilan aplyutinasiya reaksiyasini beradi.
Ko’paytirish va reproduksiyasi. Gripp viruslari tovuq embrionining amniotik va allantois bo’shliqlarida, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida yaxshi ko’payadi, natijada hujayraga virusning kuchsiz patogen ta’siri kuzatiladi. Gripp viruslari epitelial hujayralarning glikoprotein reseptorlariga birikadi, reseptor endositoz yo’l bilan hujayraga kiradi. Hujayra yadrosida virus genomining transkripsiya va replikasiyasi amalga oshadi. Bunda RNK fermentlari aRNK sifatida ribosomalarga uzatiladi va u yerda virusga dos oqsillar sintez qilinadi. Virus hujayradan kurtaklanish yo’li bilan chiqib ketadi.
Chidamliligi. Gripp viruslari sovuqqa tirik saqlanib qoladi. Past haroratda, ayniqsa havo harorati 00S dan past bo’lganda virus uzoq saqlanadi. Ammo qizdirilganda, tik tushadigan quyosh nuri, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tezda nobud bo’ladi; ishqor va nordon muhitlarga ham ta’sirchan. Gliserinda 3 oy davomida faolligini yo’qotmaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Pandemiya vaqtida gripp viruslarini cho’chqa, it, ot, sigir, uy va yovvoyi qushlardan ajratib olingan. Odamlar orasida gripp tarqalgan vaqtda xayvonlar organizmida virus maxsus antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Balkim, hayvon va qushlar gripp virusining tabiatda aylanib yurishida muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yo’talganida, gaplashganida virus zarrachalari so’lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Gripp nihoyatda yuqumli, shu sababli epidemiya va pandemiya shaklida tarqaladi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar ham, keksalar ham) bu kasallikka moyil. Kasallikning yashirin davri juda qisqa - bir necha soatdan 1-3 kungacha. Gripp virusi yuqori nafas yo’llarining shilliq kavatidagi epitelial hujayralarga kiradi. Yuqori nafas yo’llari hujayralariga bir dona virus zarrachasi tushsa, 8 soatdan keyin 1017 gacha ko’payadi. Organizmda virusemiya kuzatiladi. Gripp virusi qonga tushgach gemopoez va immun tizim susayadi, natijada leykopeniya, bakterial va virusli ikkilamchi infeksiyalar: rinit, yiringli sinusit, otit, bronxit va zotiljam rivojlaggashi mumkin. Ba’zan qon tomirning endoteliy hujayralari shikastlanib, jarayonning letallik bilan tugash hollari kuzatiladi. Bu kasallikning 2-3-kunlarida ro’y beradi, shu sababli buni "chaqmoqsimon" gripp deb yuritiladi. Ammo bu ahyonda bir kuzatiladi, chunki bunga nomaxsus himoya omillari, immun sistemasi kuchlari. organizmda doim uchraydigan antitelolar va interferonlar yo’l qo’ymaydi. Natijada, virusli infeksiya rivojlanishi sekinlashadi yoki to’xtaydi, bir necha kundan so’ng IgM sinf antitelolari hosil bo’lib, organizmni himoya qiladi. 2 hafta o’tgach IgG va IgA sinf antitelolari hosil bo’lib, ular organizmga gripp virusining shu serovarianti tushishining oldini oladi.
Kasallikning klinikasida gavda haroratining ko’tarilishi (380-390C ba’zan undan ham yuqori), holsizlik, et uvishishi, bosh og’rishi kabi belgilar kuzatiladi.
Gripp mavsumiy kasallik bo’lib, qish va bahorda ko’p uchraydi. Har 10 yilda gripp epidemiyasi va pandemiyasi qayd etiladi. Kasallikning qaytalashi virusniig yanga varianti hosil bo’lganidan so’ng yuzaga keladi. Bu antigendagi dreyf va shift o’zgarishlar natijasida A tipdagi virusning H va N antigenlarida almashinuv ro’y beradi, bu yangi antigenlarga ega bo’lgan virusning tipi hosil bo’lishi hisobiga sodir bo’ladi. Masalan: 1968 yili gripp A virusining yangi pandemiya beruvchi varianti (H3 N2) paydo bo’ldi va uni "gonkong" shtammi deb ataldi. Bu virus hozir ham kuzatiladi. 1977 yili to’satdan gripp A virusining yangi varianti (HI NI) paydo bo’ldi. Bu 1947-1957 yillardaga viruslarga o’xshash edi, keyinchalik bu "osiyo turi" tomonidan siqib chiqarildi. Shunga asosan yanga taxmin paydo bo’ldi, bunga ko’ra virusning shift variantlari yanga viruslar bo’lmay, balki oldinga yillarda qayd etilgan viruslarning yanga serotiplaridir.
Epidemiyaga olib kelgan A virusning yangi variantiga qarshi aholi organizmida immunitet hosil bo’ladi, natijada virusning tarqalib turishi to’xtaydi.
Gripp virusining A turi shift antigen variantlari uzoq yillar davomida yovvoyi va uy hayvonlari, ayniqsa qushlar organizmida saqlanadi va tabiatda tarqalib turadi. Bunda qushlar organizmidaga viruslar bilan odamda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar o’rtasida genetik rekombinasiya sodir bo’ladi, natijada yangi antigenlarga ega boshqa variantlar hosil bo’ladi. Boshqa taxminga ko’ra gripp virusining barcha turlari aholi orasida aylanib yuradi, ammo ularda immuniteti pasayganda epidemiyaga sababchi bo’ladi.
Gripp virusi V turining tuzilishi virusning A turiga o’xshash. Virusning B turi pandemiya keltirib chiqarmaydi. Gripp virusining S turida kasallik, asosan, sporodik ko’rinishda kechadi.
Vaqti-vaqti bilan gripp pandemiya shaklida tarqaladi. Uning birinchi pandemiyasi 1889 yili Xitoyda boshlanib, 2 yil ichida butun yer yuziga tarqalgan. 1918 yilgi pandemiya ham Xitoydan boshlanib, 20 mln odamning o’limiga sabab bo’lgan. Kasallik Ispaniyada og’ir kechganligi uchun "Ispan" grippi deb yuritiladi. Shu tariqa virusning yangi antigen variantlari yuzaga kelib, u ham o’ziga xos pandemiya shaklida davom etaveradi.
Immuniteti. Immunitet virusning tip va shtammlariga xos bo’lib, gripp virusining A tipiga nisbatan 1-2 yil, B tipiga 3-5 yil, S tipiga umrning oxirigacha yetadi. Kasallikdan so’ng yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatlarida sekretor antitelolar (slgA) hosil bo’ladi. Chaqaloqlarda onalaridan o’tgan IgG lar ham bo’ladi. Bu immunitet ularni 6-8 oy davomida gripp viruslaridan himoya qiladi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun burun-halqumdan suyuqlik va surtmalar, letal hollarda murdaning shikastlangan o’pka to’qimasi, traxeya va bronxlarning shilliq qavatlaridan kirmalar olinadi.
Tashxis qo’yish uchun qo’llaniladigan tezkor usullar burun-halqum shilliq qavatlarining epitelial hujayralaridagi virus antigenini aniqlashga asoslangan. Buning uchun burundan material olinib, surtma tayyorlanadi va IF usuli yordamida aniqlanadi.
Virusni ajratib olish uchun burun-halqum chayindisiga bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida antibiotiklar qo’shib, 9-11 kunlik tovuq embrioniga yoki hujayra kulturalariga yuqtiriladi. 3-4 kundan so’ng tovuq embrionining allantois va amniotik suyuqligidan gripp virusi GAR, hujayra kulturalarida G ads. reaksiyasi yordamida topiladi. Virusning qaysi tipga kirishi KBR yordamida aniqlanadi. Gemagglyutinin tipchasi GATR, neyroaminidaza tipchasi esa neyoraminidaza faoliyatini to’xtatuvchi reaksiya yordamida topiladi. Ajratib olingan viruslar GATR, NR va IF reaksiyalari yordamida maxsus immun zardoblardan foydalanib identifikasiya qilinadi.
Serologik tashxis qo’yish uchun kasallikning birinchi kunlarida va bemor sog’ayayotgan vaqtda qon olinib, juft zardoblar tekshiriladi. Grippdan sog’aygan kishilarda antitelolar titri 4 va undan ham ko’proq marta ortadi. Bunda KBR hamda GATR va boshqa usullardan foydalaniladi. Antigen sifatida standart diagnostikumlar qo’llaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorni davolashda organizmdagi virus reproduksiyasini to’xtatish va intoksikasiyani kamaytirish choralari ko’riladi. Kasallikning boshlanishida bemorga grippga qarshi immunomodulin, interferon beriladi. Kimyoviy moddalardan remantadin yaxshi natija beradi, ammo u faqat A turdagi gripp virusining reproduksiyasini to’xtatadi. Kasallik og’ir kechganda ikkilamchi infeksiyalarning oldini olish uchun antibiotiklar yoki sulfanilamid preparatlar qo’llaniladi.
Profilaktika maqsadida bemor alohida xonaga yotqiziladi, xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib, dezinfeksiya qiluvchi moddalar bilan artib turiladi. Chaqaloq va homilador ayollar (ayniqsa homiladorlikning birinchi yarmida) bemorlar bilan muloqotda bo’lmasligi lozim.
Grippning maxsus profilaktikasida tirik va o’ldirilgan vaksinalar qo’llaniladi.
Shaxsiy profilaktikada interferon, antigrippin, oksalin malhami kabi preparatlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |