Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə64/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Epidemik parotit virusi
Epidemik parotit (tepki) virusini 1934 yili K.Jonson va E.Gudpascherlar kashf etishgan. Bu virus Paramyxovirus turkumiga mansub bo’lgani uchun shu turkum viruslariga xos xossaga ega.
Morfologiyasi. Viruslar elektron mikroskop ostida gumbazga o’xshash shaklda ko’rinadi. Virion o’lchami 150-170 nm.
Ko’paytirish. Viruslar tovuq embrionining amniotik bo’shlig’ida ko’payadi. Yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko’payadi. Hujayraga patogenlik ta’siri ko’p yadroli hujayralar, ya’ni sinsitiylar hosil qilish bilan xarakterilanadi. Tovuq embrionlariga qayta-qayta yuqtirilsa, viruslarning odamlarga nisbatan patogenliga pasayadi va bu shtammlar tirik vaksina tayyorlashda ishlatiladi.
Antigenligi. Parotit virusi faqat bitta serotipdan iborat bo’lib, ikkita antigeni (S, V) bor. Epidemik parotit virusi odam, qo’y, ot, tovuqlar eritrositlarini agglyutinasiya qilish xususiyatiga ega.
Chidamliligi. Virus fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamsiz, past haroratda (-250C, -700C) yillab saqlanadi. 560C haroratda 20 daqiqa, xona haroratida esa 5-6 kun davomida faolligini saqlab qoladi. Virus UB nurlar, 1% li lizol, 0,1% li formalin eritmasi ta’sirida parchalanib ketadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Epidemik parotit virusi maymunlarning ayrim turlarida odamlardagi parotit kasalligini chaqiradi.
Odamlarda kasallikning patogenezi va klinikasi. Kasallik havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Yashirin davri 14-21 kun. Virus yuqori nafas yo’llarining epiteliy hujayralarida, so’ngra qon, so’lak bezlari va boshqa a’zolarga o’tib ko’payadi. Quloq oldi bezlariga virus Stenon yo’li orqali o’tadi. Yashirin davrdan so’ng kasallikning klinik belgilari paydo bo’ladi. Bemorning harorati ko’tariladi, quloq oldi, til, jag’ osti bezlari yallig’lanadi. Epidemik parotit keng tarqalgan kasallik bo’lib, asosan, 5-15 yashar bolalar kasallanadi. Katta yoshdagi kishilar ham kasallanishi mumkin. Tepki nihoyatda yuqumli kasallik, ammo 50% bemorlarda simptomsiz kechadi. Bunday bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi. Epidemik sharotitda bemorning so’lak bezlaridan tashqari virus boshka a’zolar (me’da osti bezi va qalqonsimon bezlar)ga ham kiradi, markaziy nerv sistemasini shikastlaydi, nervlar ham yallig’lanadi (polinevrit), quloq, yuz nervlari yengil falajlanadi, eshitish va ko’rish a’zolarining faoliyati buziladi. 13 yoshdan oshgan o’g’il bolalarda ba’zan orxit rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarda og’ir asoratlardan meningoeisefalit, poliartrit, pankreatit, nefrit, tireoidit, meningit ham uchraydi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng, turg’un, umrning oxirigacha saklanadigan immunitet hosil bo’ladi. Onadan homilaga passiv immunitet (antitelblar) o’tadi, shu sababli chaqaloqlar 6 oy davomida kasallanmaydi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun siydik, so’lak, meningit va meningoensefalit holatlarida orqa miya suyuqligi olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi material 7-8 kunlik tovuq embrioniga, hujayra kulturalariga yuqtiriladi. So’ngra ajratib olingan virus GATR, IFR, NR, KBR, GAR yordamida identifikasiya qilinadi. Serologik tashxis qo’yish uchun bemor zardobidagi antitelolar KBR, GATR reaksiyalari bilan aniqlanadi. Juft zardoblarni tekshirish yaxshi natija beradi. Davosi va profilaktikasi. Kasallik belgilariga qarab davolanadi, bemorga immunoglobulin yuborilganda, kasallik yengil kechadi.
Maxsus profilaktikasi uchun tirik monovaksina qizamiq, qizilcha vaksinalari bilan birga qo’llaniladi, bir yoshdan katta bolalar, ba’zan parotit bilan og’rimagan kattalar ham emlanishi mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin