Beta gerpes viruslar Bu oilaga sitomegaloviruslar kiradi. Ular alfa-gerpes viruslardan DNK molekulyar massasiiing kattaligi, reproduksiya siklining uzunligi, ozgana hujayra kulturlarida ko’payishi va hujayraga patogen ta’sirining kuchliligi bilan farq kiladi. Sitomegaloviruslar so’lak bezlari va buyrak xujayralarda va ularning yadrolari ichida yirik kiritmalar hosil qiladi. Shuning uchun bemorlar so’lagi, siydik cho’kmasi, orqa miya suyuqligi va boshqa turli a’zo hujayralari yadrolari ichida yirik kiritmalari bo’lgan xujayralar topiladi.
Sitomegaloviruslar morfologiyasiga ko’ra gerpes virusiga o’xshaydi. Virus odam embrionining fibroblast va o’pkaning diploid hujayra kulturalarida ko’payadi. Bir mechga serotiplari mavjud. Sitomegaloviruslar qo’zg’atadigan kasalliklar keng tarqalgan.
Kasallik so’lak orqali yuqadi va u bir necha yillab, ba’zan umrning oxirigacha davom egadi. Bemorlarda ichki a’zolar, bosh miya, markaziy nerv sistemasi shikastlanishi, trombositopeniya, gepatoliyenal sindrom, gepatit, zotiljam va boshqalar kuzatiladi. Homilador ayollar sitomegaliya bilan og’risa (ayniqca homiladorlikning birinchi 3 oyligada) uning virusi homilaga o’gishi natijasida bola tushishi, o’lik tug’ilishi yoki og’ir tug’ma nuqsonlar kuzatilishi mumkin.
Virus so’lak bezlarida, buyrakda persistensiya holatida bo’ladi. Sitomegaliyada immunopatologik reaksiyalar paydo bo’lib, T-supressor limfositlar sonining oshishi va Tx/Ts nisbatining kamayishi kuzatiladi.
Immuiiteti. Kasallikdan so’ng organizmda gumoral immunitet, ya’ni qon zardobida komplementni bog’lovchi va virusni neytrallovchi antitelolar hosil bo’ladi. 35 yoshdan oshgan kishilarning 80% ida virusga qarshi antitelolar borligi aniqpangan.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemorning so’lagi, orqa miya suyuqligi va siydik cho’kmasi olinadi. Tekshiriluvchi material mikroskop ostida ko’rilganda, yadrosi ichida yirik kiritmalar bo’lgan hujayralar topiladi, virus odam embrionining fibroblast va o’pkaning diploid hujayralariga yuqtirib ajratib olinadi. Bemor qoni juft zardoblaridagi komplementni bog’lovchi va virusni neytrallovchi aititelolarni HP, KBR, BGAR, IF, IFA va RIA usullar yordamida aniqlanadi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorga azauridin, asiklovir, levomizol va boshqa preparatlar beriladi.
Maxsus profilaktika maqsadida tirik vaksina qo’llaniladi. Sitomegalovirus va qizilcha viruslaridan tayyorlangan divaksina ham ishlatiladi.