Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə68/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

DNK tutuvchi viruslar
DNK tutuvchi viruslar 6 oiladan iborat; Adenoviridae, Parvoviridae, Herpesviridae, Poxviridae, Heradnoviridae, Papovaviridae. Bu oilaga mansub viruslar RNK genomli viruslarga nisbatan irsiy tomondan kam o’zgaruvchan, xo’jayin organizmida uzoq vaqt persistensiya qilish mumkin. Ko’pgina DNK tutuvchi viruslar hujayra yadrosida ko’payadi.
Adenoviruslar oilasi (Adenoviridae)
Adenoviruslar 1953 yili U.Rou va uning hamkasabalari tomonidan adenoid hujayralaridan (murtak bezlaridan) ajratib olingan. Bu viruslar shu hujayralarga SPT ko’rsatgani sababli ularga "adenoviruslar" deb nom berilgan. Adenoviruslarning hozir 90 dan ortiq serotipi mavjud. Shulardan 49 serotipi odam uchun patogen hisoblanadi. Adenoviruslar oilasi ikkita turkumga bo’linadi: 1. Mastadenovirus - odamlar va sut emizuvchi hayvonlar virusi. Bu turkumga odam adenovirusining 41 serotipi, maymun adenovirusining 24 serotipi va boshqa hayvonlar adenoviruslari kiradi. 2. Aviadenovirus - qushlar adenoviruslari. Bu turkumga virusning 9 serotipi kiradi.
Morfologiyasi. Virionning o’lchami 70-90 nm bo’lib, ikosaedr shakliga ega. Genomi ikki ipli DNK dan iborat, molekulyar massasi 20-25 md ni tashkil qiladi. Virion kapsidi 252 ta kapsomerdan tuzilgan unda, tashqi qobiq, ya’ni superkapsid bo’lma11di. Adenoviruslar, asosan, DNK va oqsildan iborat.
Ko’paygarish. Adenoviruspar odam embrioni buyragvdan tayyorpangan birlamchi va uchsiriluvchi Hela, Hep-2 va boshqa xujayra kulturalarida 24-36 soat ichida yaxshi o’sadi va xujayraga patogen ta’sir ko’rsatadi. Adenoviruslar maxsus oqsildan tashkil topgan ipchalari bilan reseptorlarga birikadi. Hujayra ichiga kirgan virionning deproteinizasiyasi (DNK ning kapsidsan ajralib chiqishi) hujayra sitoplazmasida boshlanib, yadroda tugallanadi.
Genomlar transkripsiyasi va virus DNK sining replikasiyasi hujayradagi fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Avval virusga xos fermentlarni ta’minlovchi RNK, so’ng kapsid va ipchalar oqsili sintezi to’g’risidagi axborot tashuvchi iRNK sintez qilinadi. Yadroda virus zarrachalari yig’ilib, kristallga o’xshash kiritmalar hosil qiladi. Har bir hujayrada yuzlab viruslar paydo bo’ladi. Adenoviruslar xo’jayin hujayralarini parchalab tashqariga chiqadi. Adenoviruslarning hujayradagi reproduksiya sikli 14-24 soatni tashkil etadi.
Antigenlari. Adenoviruslarda gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega bo’lgan tipmaxsus antigenlar bo’lib, ular kapsid tarkibiga kiradi. Virionning nukleokapsidida A, B, S, P komplementni bog’lovchi antigenlardir, ular bir-birvdan guruhga, tipga xosligi bilan farq qiladi.
Odam adenoviruslari gemagglyutininlarga ko’ra A, B, S guruhchalarga bo’linadi. Bular kalamush va makakus rezus turkumidagi maymun eritrositlari bilan turlicha agglyutinasiya berishi orqali farq qiladi.
Chidamliligi. Adenoviruslar tashqi muhit omillariga chidamli, ph 5,0-9,0 bo’lganda va 40C da o’z faolligini 70 kungacha saqlab qoladi.
Adenoviruslar 560C da va UB nurlar ta’sirida bir necha daqiqadan so’ng o’z faolligini yo’qotadi. Liofil usuli bilan quritishga, past haroratga va efirga chidamli. Dezinfeksiya qiluvchi moddalar ta’siriga chidamsiz.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Hayvonlar odam adenoviruslariga chidamli, ammo ularning ayrim serotiplari (12, 13, 31 va boshqalar) hayvonlarda o’sma kasalligini qo’zg’atishi mumkin.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor. Adenoviruslar havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. "Ichak" adenoviruslari najas bilan tashqariga chiqadi, shuning uchun fekal-oral yo’l orqali ham yuqishi mumkin. Adenoviruslar qo’zg’atgan kasallik bilan ko’pincha 6 oydan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Adenoviruslar yuqori nafas yo’llari va ichak. shilliq qavatining epitelial hujayralarida, ko’z konyunktivasi va limfoid to’qimalarda ko’payadi. Ular qonga tushib, butun organizmga tarqalishi mumkin, bunda qon tomirlar epiteliysini shikastlaydi, natijada shilliq qavatlarda ekssudativ yallig’lanish, fibrinli pardalar va nekrozlar hosil bo’ladi. Adenoviruslar yo’ldosh orqali homilaga o’tishi ham mumkin, bunda homila kasallanib, yaxshi rivojlanmay, turli asoratlar bilan tug’iladi yoki nobud bo’ladi.
Adenoviruslar ko’pincha yuqori nafas yo’llarining o’tkir yallig’lanishi - rinit, laringit, traxeobronxitni keltirib chiqaradi. Yosh bolalar va qariyalarda surunkali zotiljam rivojlanipsh mumkin. Adenovirusli kasalliklarda ko’pincha shilliq qavatlar va limfoid to’qimalar (murtak bextari) ko’z konyunktivasi bilan birga zararlanasi. Adenoviruslarning har xil serotigshari turli xil kasalliklarni, masalan: virusning 3, 4, 8, 9-serotiplari bitta yoki ikkita ko’z konyunktivitini, 8, 11, 12, 19-serotiplari yosh bolalarda gemorragik sistitni, 40, 41-serotiplari esa yosh bolalarda gastroenteritni qo’zg’atadi. Ayrim hollarda adenoviruslar odam organizmidagi hujayralarda uzoq yashab, surunkali infeksiyalar (surunkali tonzillit, gaymorit, angina va boshqalar)ni yuzaga keltiradi. Bolalar organizmida allergik holat yuzaga kelishi natijasida astmatik bronxit va laringotraxeitlar rivojlanadi.
Adenovirusli kasalliklar ko’pincha kuz va qish fasllarida uchraydi. Bir necha serotiplari hayvonlarda o’sma kasalligini qo’zg’atadi, lekin odamlarda bu jarayonlarning rivojlanishi tasdiqlanmagan.
Immunmtet. Kasallikdan. so’ng tipga xos immunitet hosil bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqalokdarda yo’ldoshdan o’tgan adenoviruslarga qarshi ona immuniteti passiv bo’lib, 6 oylik bo’lganda umuman yo’qolib ketadi.
Lekin 3 yoshdan boshlab adenoviruslarning ba’zi tiplariga nisbatan antigenlar paydo bo’la boshlaydi. Adenovirusli infeksiyalarga 6 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar moyil; 6 oylikdan katta bolalarning 50% ida adenoviruslarning ba’zi bir serotiplariga qarshi antitelolar borligi aniqlangan. Tuzalayotgan bemorlarning qon zardobida avval IgM, keyinchalik esa IgG sinf antitelolari; burun-halqum suyuqligida esa sekretor IgA antitelolari bo’ladi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemordan burun-halkum suyuqliga, qon, najas, letal holatda murdaning traxeya, bronx, o’pka, ichak va sirtqi limfa tugunlaridan bo’lakchalar olinadi. Yuqori nafas yo’llari shilliq qavatining epitelial hujayralaridagi virus antigenini topish uchun immunoflyuoressensiya, IFA va RIA usullaridan foydalaniladi. Bemor najasidagi virusni topish uchun immunoelektron mikroskop qo’llaniladi.
Adenoviruslarni ajratib olish uchun tekshiriluvchi materialni moyil hujayra kulturalariga yuqtiriladi. So’ngra ularni maxsus immunzardoblar yordamida KBR, GATR va neytrallash reaksiyalari bilan identifikasiya qilinadi.
Serologik tashxis qo’yish uchun bemor zardobidagi maxsus antitelolar KBR, HP reaksiyalari yordamida standart maxsus adenovirus antigenlarini qo’llab aniqlanadi. Bemorning juft zardoblarida antitelolar titrining 4 marta oshishi kasallik tashxisini tasdiqlaydi.
Davosi va profilaktikasi. Davolash uchun dezoksiribonukleaza, interferon va oksalinli malham qo’llaniladi. Kasallikning profilaktikasi uchun 4- va 7-serotiplaridan tayyorlangan tirik vaksinalar bilan emlash yaxshi iatija berishi mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin