Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Maymunlardagi chinchechak virusi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə75/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Maymunlardagi chinchechak virusi. Bu virus biologik va antigenlik xususiyatlariga ko’ra odamlardaga chinchechak virusiga o’xshash. Ular, asosan, maymunlarda, ahyonda odamlarda kasallik qo’zg’atadi. Kasallik havo-tomchi yo’li bilan nafaqat maymunlardan, balki odamlardan ham yuqadi. Bu virus chinchechak virusidan yuqori haroratga chidamsizligi, sichqon va kuyonlarga natogenliga, Mo-antigeni borligi bilan farq qiladi. Virus odamlarda chinchechakning yengil shakli ko’rinishida kechadi, ammo bu virusning odamlarga nisbatan o’ta patogen tipi paydo bo’lishi mumkin, degan taxminlar mavjud.
Ospavaksina virusi (sigir chechagi). Hayvonlarda uchraydigan chinchechak viruslari ichida odamlarga nisbatan patogenlari ham bor. Ular odamlarda isitma, intoksikasiya va toshma toshishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasalliklarni qo’zg’atadi. Markaziy nerv sistemasini ham zararlashi mumkin.
Kasallik odamlarga kasal sigirlardan yuqadi, lekin odamdan odamga yuqmaydi. Bu kasallik, asosan, sut sog’uvchilar, mol boquvchilar, mol bilan muloqotda bo’ladiganlarda kuzatiladi.
Virus antigeni odamlardagi chinchechakni qo’zg’atuvchi virus antigeni bilan o’xshash bo’lganliga sababli, bu virusdan uzoq yillar davomida tirik vaksina tayyorlandi, hozir esa gen injeneriyasida qulay vektor sifatida foydalaniladi.
Tana va Yaba viruslari qo’zg’atgan kasallik Keniyada Tana daryosi atrofida yashaydigan kishilardan topilgan. Bemorda isitma, holsizlik . va toshmalar kuzatiladi. Kasallik aloqa orqali va chivinlardan yuqadi. Bu viruslar maymunlar uchun ham patogen hisoblanadi. Yaba virusi esa serologak xususiyatiga ko’ra Tana virusiga yaqin. Unga Markaziy Afrikadagi hududning nomi berilgan. Bu virus maymunlarda o’sma kasalligini keltirib chiqaradi.
Kontagioz mollyuska virusi
Bu virus faqat odamlarga nisbatan patogen, ular hali tasnifga kiritilmagan poksviruslardir. Odamning undiriluvchi hujayralarida yaxshi ko’payadi (amniotik hujayralar, Hela). U jinsiy a’zo atrofidagi terida qizil rangli tugunchalar hosil qiladi, bular keyinchalik yiringli papulaga aylanadi. Agar organizmda immuntanqislik holati bo’lsa, toshma butun badanga tarqaladi. Virus bevosita va bilvosita yo’l bilan, bolalarga ko’pincha suv havzalarida cho’milganda yuqadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin