Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə46/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Rotaviruslar
Rotavirus turkumiga kiruvchi viruslarni 1973 yili T.Flbet o’tkir gastroenterit bilan og’rigan bolalarning o’n ikki barmoq ichagi shilliq qavatidagi epitelial hujayradan ajratib olgan.
Urug’ning nomi virion morfologiyasidan olingan bo’lib, rota lotincha pshdirak degan ma’noni anglatadi. Elektron mikroskop ostida ko’rilganda yo’g’on o’qi, ingichka simlari (spislari) va aniq chetlari bo’lgan g’ildirakchalarga o’xshab ko’rinadi. Kapsid ikki qavatli bo’lib, virionning kattaligi genomi 65-75 nm bo’lgan ikki ipli RNK dan iborat. Rotaviruslarning tashqi kapsidi V-galaktozidaza ta’sirida parchalanadi. Bundan hosil bo’lgan bir kapsiddi virus infeksion xususiyatini yo’qotadi. Rotaviruslar tarkibidan 10 tagacha polipeptid va RNK-transkriptaza topilgan. Virus turining ichida rotaviruslarning 4 xili bor, shulardan 3-xili ko’p uchraydi. Virionlar ikki kavatli kapsid bilan o’ralgai bo’lib, gemagglyutinasiya berish xususiyatiga ega; yuqumlilikka javob beradigan reseptorlar vazifasini bajaruvchi tipga xos antigeni bor. Kapsidning ichki qobig’i 32 ta kapsomerdan tashkil topgan bo’lib, barcha rotaviruslar uchun umumiy bo’lgan guruhga xos antigen vazifasini bajaradi.
Ko’payishi. Odam viruslari hayvon rotaviruslaridan farqli ularoq hujayra kulturalarida qiyin ko’payadi. Rotaviruslar maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hamda undirilgan hujayra kulturalarida yaxshi o’sadi va ko’payadi. So’ngra hujayrani yemirib tashqariga chiqadi. Virusning infeksion sikli 18-20 soatni tashkil etadi.
Antigen tuzilishi. Rotaviruslarning tashqi kapsidlarida joylashgan VP7 va VP3 oqsillari tipga xos antigenlar hisoblanadi va ularni NR yordamida aniqlash mumkin. Bu antigenlar gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ham ega. Ichki oqsil VP6 virusning umumiy antigeni bo’lib, guruhga xos maxsusligini ta’minlaydi. Rotaviruslar antigen xususiyatiga ko’ra 3 ta guruhchaga va 4 ta serotipga bo’linadi.
Chidamliligi. Rotaviruslar efir detergentlar, rN nordon muhitiga (3,0), oddiy dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli. Ayniqsa najas tarkibida xona haroratida saklansa, 7 oygacha o’z faolligini yo’qotmasligi mumkin. Detergentlar yordamida 50°S qizdirish, muzlatish va eritish virus faolligiga ta’sir qiladi. Kasaplikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai kasallikning o’tkir va simptomsiz shakli bilan og’rigan bemor hisoblanadi. Kasallik emadigan va 1-6 yoshli bolalar o’rtasida ko’proq uchraydi. O’smirlar va kattalarda kasallik yengil kechadi.
Rotaviruslar bolalarda o’tkir gastroenteritni keltirib chiqaradi. Virus, asosan, me’da-ichak sistemasining epitelial hujayralarini zararlaydi. Viruslarning birlamchi reproduksiyasi ingichka Ichak enteritlarining sitoplazmasida amalta oshadi. Natijada mikrovorsinkalar qisqarib, umuman yo’qolishi mumkin. Bunda oddiy uglevodlarning so’rilishi buziladi. Yallig’lanish jarayonlari ichak peristaltikasiii kuchaytiradi, bu o’z navbatida diareya va qayt qilish sindromlarini yuzaga keltiradi.
Kasallikning yashirin davri 15 soatdan 3-5 kungacha davom etadi. So’ng bemorning harorati ko’tariladi (subfebril ko’rsatgichgacha), ko’ngli aynib kusadi, qorni og’rib, ichi ketadi. Najas suvga o’xshash, ko’piksimon, och sariq bo’ladi. Kasallik 5-7 kun davom etadi. Rotaviruslar tabiatda keng tarqalgan. 6 yoshdagi bolalarning qon zardobi tekshirilganda, ularning 90% da rotaviruslarga qarshi IgM topiladi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiniig ma’lumotlariga ko’ra butun dunyoda har yili rotaviruslar qo’zg’atgan gastroenteritdan 1-3 mln. gacha bolalar nobud bo’ladi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng tipga xos gumoral immunitet hosil bo’ladi. Rotaviruslariing serotiplari ko’p bo’lganligi sababli bir serotipga qarshi hosil bo’lgan immunitet ikkinchisidan himoya qila olmaydi. Kasallikping birinchi haftalarida IgM, 2-3 haftalarida esa IgG hosil bo’ladi. Mahalliy immunitet omillaridan sekretor IgA ham yuzaga keladi. Rotaviruslarga qarshi immunitet ona suti orqali bolaga o’tib, chaqaloklarni 6 oygacha ushbu kasallikdan himoya qiladi.
Laboratoriya tashxisi. Teksh1fish uchun kasallikning birinchi haftasida bemorning najasi olinib, immun elektron mikroskop yordamida gekshiriladi, chunki bu davrda najasda 100% hollarda rotaviruslar bo’ladi. Bundai tashqari, antigenlarni RIA va IFA usullari yordamida aiiqlaniladi. Biruslar hujayra kulturalarida kasallikning birinchi haftasida ajratib olinishi mumkin. Serologik tashhis qo’yish uchun esa hujayra kulturasini neytrallashda KBR va GATR dan foydalaniladi. Diagnostikum sifatida maymun va buzoqlar uchun patogen hisoblangan rotaviruslar ishlatiladi. Tez tashxis qo’yish uchun najasdan ajratib olingan virus RNK sini molekulyar chatishtirish usuli qo’llaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorni simptomlarga qarab davolanadi. Bunda asosan bemor organizmidagi suv-tuz muvozanatini tiklashga qaratiladi. Kasallikning maxsus davosi ishlab chiqilmagan.
Oldini olish uchun yuqumli va somatik kasalxonalarda gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Maxsus profilaktikasi uchun bir qancha mamlakatlarda yosh bolalarni kuchsizlantirilgan vaksina bilan emlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin