Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə44/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Astroviruslar
Astroviruslar (yunoncha-yulduz) pikarnoviruslar oilasiga mansub bo’lib, 1975-1976 yillarda o’tkir gastroenterit bilan og’rigan bolalar najasidan va qoramollar, qo’y, echki, it, mushuk va boshqa hayvonlar organizmidan ajratib olingan. Astroviruslarning o’lchami 26-30 nm, dumaloq shaklda, ammo 10%i yulduzchaga o’xshash (5 yoki 6 qirrali) bo’ladi. Virion tarkibida molekulyar massasi 2,7x106 bo’lgan bir ipli RNK bor. Astroviruslar ko’pgina entero- va rinoviruslarga yaqin.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va ko’krak yoshidagi bolalarda o’tkir diareya kasalligini keltirib chiqaradi. Astroviruslar odam embrionidan tayyorlanib, tripsin bilan ishlov berilgan hujayralarda ko’paytiriladi va ularni immunelektron mikroskop ostida ko’rish mumkin. Ko’p odamlarning qon zardobida bilvosita immunoflyuoressensiya usuli bilan antitelolarning topilishi, astroviruslarning aholi orasida keng tarqalganligini ko’rsatadi. Masalan,-6 oylik bolalarning 45% va 5-10 yoshdagilarning 75% da ularga qarshi antitelolar topilgan.
Kalisiviruslar oilasi (Caliciviridae)
Viruslar sharsimon yoki ikosaedr shaklda, o’lchami 20-30 nm bo’ladi. Tarkibi bir ipli RNK bo’lib, u kapsid bilan o’ralgan, kapsid 32 ta kosaga o’xshash kapsomerlardan tashkil topgan, ular kubsimon simmetriya holida joylashgan. Shu sababli nomi lotincha calix - kosacha deb atalgan. Kapsid 180 ra oqsil molekulasidan tashkil topgan bo’lib, qobig’i yo’q, lipid va uglevodlar tugmaydi.
Birus 50°S haroratda 30 daqiqada qizdirilganda o’z faolligini yo’qotadi. Kalisi (Norfolk) bolalarda va kattalarda o’tkir gastroeiterit kasalligini qo’zg’atadi. Bu virus bemor odam, cho’chqa, buzoqlar najasidan elektron mikroskop yordamida topilgan. Yaponiyada maktab yoshigacha bo’lgan 23-60% bolalarning qon zardobida bu virusga qarshi antitelolar topilgan, maktab yoshidagi bolalar va kattalarda bu ko’rsatkich 90% ni tashkil qiladi. Virus hali chuqur o’rganilgan emas.
Reoviruslar oilasi (Reoviridae)
Oilaning nomi ingliz so’zlarining bosh harflaridan olingan bo’lib, "res-piratory enteric orphans" "yetimcha" respirator-ichak viruslari degai manoni anglatadi. Bu oila vakillari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, cyt emizuvchilar, qushlar, hasharotlar va o’simliklarni zararlaydi. Reoviridae oilasiga 6 ta turkum kiradi, ammo hayvon va odamlar uchun patogenlari 3 ta turkumga mansub: 1. Reovirus, bu turkumga reoviruslarning o’zi kiradi; 2. Rotavirus turkumiga ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi; Orbivirus turkumiga qon so’ruvchi hasharotlar orqali yuqadigan viruslar kiradi. Bu turkumlar o’z tuzilishiga ko’ra bir-biriga o’xshash. Virusning tarkibida ikki ipli RNK bo’lib, u ikki qavatli qobiq (ichki va tashqi kapsid) bilan o’ralgan. RNK esa virusga xos transkriptaza bilan bog’langan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin