Difraksiya deb yorug’likni to’g’ri chiziqli tarqalishini shaffof bo’lmagan to’siqlarga uchraganida og’ishiga aytiladi. Yorug’lik difraksiya to’lqinini jism (qirrasi) bilan ta’sirlashish natijasidir. Shuning uchun optikada difraksiya to’siqlarni shakli va o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Optikada difraksiya hodisasini kuzatish va o’rganishda difraksion panjaradan foydalaniladi.
Difraksion panjara – bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashgan juda ko‘p parallel tirqishlar to‘plamidan iborat bo‘lgan optik asbobdir.