Mavzu Kirish



Yüklə 249 Kb.
səhifə6/13
tarix25.10.2023
ölçüsü249 Kb.
#161259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 ABDULXANOVA RUXSORA

KUCHNI TARBIYALASH
Gandbolchining kuchi deb, qarshilikini mushaklar kuchi orqali engish qobiliyatiga aytiladi. Mushaklarning maksimal kuchlanishini yuzaga keltirish bilan (mushaklarning tarang turishi va bo’shashishi) kuch qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish mumkin.
Shuning uchun ham kuchni tarbiyalash metodikasi bunday xolatlarni mushaklarni maqsadini bajarishda sharoit yaratishga qaratilgan(32).
Gandbolchi raqib bilan bevosita ro’baro bo’lganda sarflaydigan ko’pchilik harakati tezkor-kuchlilik yoki dinamik holatda bajariladi. Asta sekin bor kuch bilan ushlab turish yoki harakatsiz zo’r berish mushaklarni o’zgartirmay turish yoki izotermik rejmda kuch ko’rsatayapdi deb tushuniladi. Shunday qilib gandbolchining asab mushak sistemasi ham dinamik va ham statik harakatga tayyor bo’lishi kerak.
Musobaqalar paytida mushaklarning «Otilib chiqqan kuch», boshqacha qilib aytganda juda qisqa vaqt ichida maksimal kuch ko’rsata olish qobiliyatlari alohida ahamiyat kasb etdi, u gandbolchiga bellashuvda raqibidan ustunlik imkonini beradi. Ko’p sonli tadqiqotchilarning natijalari mushak natijalarini aytarli yuksaltirmay yoki ularni yuksaltirgan holda kuchni rivojlantirish mumkinligini ko’rsatmoqda.
-Mushak massasini ko’p oshirmay kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda iloji boricha katta yuk bilan kam takrorlangan holda (1-3 marta) va harakatlar o’rtasida dam olish oralig’ini oshirgan holda ishlash kerak.
-Mushak massasini orttirgan holda kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda og’irlikni kamaytirib ishlash zarur bunda gandbolchi ko’taradigan yuklamani 50% foiz 8-10 marta kuchaytariladi. Musobaqadan keyin tezda kuchni tiklash uchun mashq bajarish tavsiya qilinmaydi.
Ammo dam olish uchun 30 daqiqadan oshmasligi zarur, yo’qsa organizm soviydi.
Maksimal kuchlanish metodi. U imkoniyat doirasida va iloji boricha og’rlashtiriladigan mashqlarni ko’zda tutadi. Eng yuqori 90 foiz hisoblanadi.
Bu metod gandbolchi hissiyotini to’lqinlanishini ataylab oshirishni toqozo etmaydi. Bunday mashqlar organizm to’liq qizib turgan holatda bir urinishda bir ikki martadan ko’p bajarmaslik kerak.
Mashqga yondoshishlar miqdori bajarishda almashish jarayoni maksimal darajada bo’lmaydi va mushaklar massasi oshmaydi. Asab mushak reakstiyasining takomillashishi xisobiga kuch ortadi. Bu metod ahamiyatlidir. Chunki gandbolchining vaznini oshirmay turib kuchni oshirishga yordam beradi. Bunda faqat yuqori malakali sportchilarda foydalanish tavsiya qilinadi (50).

Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin