21-mavzu: Kardanli uzatma
Reja
1.Kardanli uzatmaning vazifasi
2.Kardanli uzatmaning tuzilishi
3.Kardanli uzatmaning ishlash uslubi
Kardanli uzatma o’qlari bir-biriga to’g’ri yotmagan va o’z xolatini o’zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzatmaning bir agregatidan boshqa agregatga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o’rnatilgan kardanli uzatma dvigateldan olinayotgan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali bittayetakchi ko’prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko’prikka uzatib berishi lozim.
Rasmda keltirilganidek, avtomobil ko’prigi 9 rama 11 ga qayishqoq ressoralar 10 yordamida biriktirilgan. Binobarin, tomobil notekis yo’llarda yurganidayetakchi ko’prik ramaga nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi (@) o’zgarib turadi. SHu sababli burovchi momentning uzatmalar qutisi 1 dan (yoki tarqatish qutisidan)yetakchi ko’prik 9 ga o’zgaruvchan burchak (@) ostida uzatishda o’z tarkibida kardan sharnirlari bo’lgan kardanli uzatmadan foydalaniladi.
Tepish va buralma tebranishlar xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli sharnir 2, 6 va 8 li hamda ikkita val 3, 7, shuningdek oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma 5 mavjud.
Avtomobilning uzatmalar qutisi bilanyetakchi ko’prigi oralig’idagi masofa qancha katta bo’lsa, kardanli uzatmaning uzunligi ham shuncha katta bo’ladi. Kardanli uzatmaning uzun bo’lishi o’z navbatida uning ravon va barqaror ishlashini yomonlashtiradi. Natijada ishlash muddatini kamaytiradi. Xususan, unda tik yo’nalishda muttasil tebranishlarni vujudga keltiradi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida baziyengil avtomobillarda (GAZ-24 «Volga», «Moskvich-2140») uzatmalar qutisiga uzaytirgich o’rnatib kardanli uzatmaning uzunligi qisqartiriladi. Ayrim avtomobillarga esa (GAZ-53A, ZIL-130, VAZ-2106) kardanli uzatmaga ikkita kardanli val (oraliq 3 va asosiy 7), uchta kardanli sharnir 2, 6, 8 va oraliq tayanch 4 o’rnatilgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |