URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Texnika fakulteti
Mexanika (MASHINA DETALLARI)
fanidan
Laboratoriya ishi №8
Mavzu: Tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish. uzatmaning foydali ish koeffitsentini va tasmaning to’la sirpanishini aniqlash
Ishdan maqsad:
Turli kesimli tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish va tortish grafiklarini qurish orqali ularning yuklanish qobiliyati, sirpanish koeffitsiyenti, foydali ish koeffitsiyenti (FIK) hamda tasmaning to‘la sirpanishini aniqlashni o‘rganish.
«Transport tizimlari» kafedrasi
8- LABORATORIYA ISHI
TASMALI UZATMALARNING ISH REJIMLARINI O‘RGANISH. UZATMANING FOYDALI ISH KOEFFITSENTINI VA TASMANING TO’LA SIRPANISHINI ANIQLASH
8.1. Ishdan maqsad:
Turli kesimli tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish va tortish grafiklarini qurish orqali ularning yuklanish qobiliyati, sirpanish koeffitsiyenti, foydali ish koeffitsiyenti (FIK) hamda tasmaning to‘la sirpanishini aniqlashni o‘rganish.
8.2. Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Yetaklovchi (1) va yetaklanuvchi (3) shkivlar hamda ularga taranglik bilan kiydirilgan tasma (2) dan tashkil topgan uzatma tasmali uzatma deyiladi (10.1- rasm). Yuklanish yetaklovchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga tasma orqali, tasma bilan shkiv o‘rtasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.
8.1-rasm. Tasmali uzatmaning geometrik o‘lchamlari
Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi α1, α2 hamda ishqalanish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta yuklama qo‘ysa bo‘ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastik deformatsiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan tasma cho‘zilib qolganligidan uning tarangligi kamayadi. Bunday hollarda talab qilingan taranglikka erishish uchun uzatmalar maxsus qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Tasma ko‘ndalang kesimining shakliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi (10.2-rasm).
8.2– rasm. Tasma turlari:
a-yassi tasmali, b-ponasimon tasmali, d-ko‘pponali tasmali, e-doiraviy tasmali, f-tishli tasmali
Dostları ilə paylaş: |