1. Ishning maqsadi va mazmuni yaxshilab o‘rganiladi.
2. Stend shkivlariga o‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan uchta tasmadan bittasini kiygiziladi.
3. Stendni elektr manbaiga ulang. Bunda blokning barcha boshqarish ko‘rsatkichlari nol holatda bo‘lsin.
4. Boshqarish-ko‘rsatish blokini qo‘shing va stenddagi mexanizmlar ravon ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
5. Tasmani dastlabki kichik taranglikka (F1) rostlang va uni 10.1-jadvalni tegishli ustuniga yozing.
6. Boshqarish-ko‘rsatish bloki orqali yetakchi va yetaklanuvchi vallarga birin-ketin, oshirish tartibida burchak tezlik (ω, rad/s) va burovchi moment (M, N∙m) o‘rnating. Bu qiymatlarni 3 ta vaziyat uchun noldan maksimumgacha oshiring. Berilgan va o‘lchangan kattaliklarni 10.1-jadvalga yozib oling.
7. 5- va 6- holatlarni taranglikni oshirib borish tartibida tasmaning ya’na to‘rtta taranglik vaziyatida bajaring va natijalarni jadvalga yozib oling.
8. Stendni o‘chiring va tok manbaidan ajrating.
9. Tasmaga berilgan tarangliklar va jadvalda yozib olingan natijalar asosida har bir berilgan kattaliklar uchun kiruvchi va chiquvchi quvvatlarni (P1, P2, Vt) hisoblang va ular orqali FIK larni aniqlang. Natijalarni yana shu jadvalning tegishli ustunlariga yozib oling.
10. Tasmaning o‘rnatilgan tarangliklari (F1), o‘lchangan ikkinchi valdagi burovchi momentlar (M2) va hisoblangan FIK lar (η) asosida tasmali uzatmaning FIK grafiklarini quring.
11. Qilingan ishlar va qurilgan grafiklar asosida FIK ning maksimal darajaga erishish parametrlarini aniqlang va yakuniy xulosa chiqaring.