Rul mexanizmi konstruksiyasi
20.3.-rasm. Globoidli chervyak-rolikli rul mexanizmi.
Glaboidli chervyak rolik
20.3.-rasmda tasvirlangan rul mexanizmi glaboidal chervyak 5 va u bilan ilashib turgan uch o’rkachli rolik 8 dan tuzilgan.
Chervyak rul valining pastki ilashish uchiga tig’izlanib cho’yan karter 4 ichida ikkita konussimon podshipniklar 6 bilan maxkamlangan. Bu podshipniklarda ichki oboyma bo’lmasdan uning vazifasini chervyak chekkalaridagi konus yuzalari bajaradi.
Tashqi oboymalaresa karterning uyalariga o’rnatilib, ularni o’q bo’yicha siljishidan karterning old va orqa qopqoqlari ushlab turadi. Old qopqoqning tagiga podshipniklarni rostlash maqsadida bir nechta yupqa qistirmalar 3 o’rnatilgan.
Rolik 8 sashka vali 9 ning kallagidagi o’qga ikkita rolikni podshipnikda o’tqazilgan.
Sashkaning vali 9 karterning yon devorlarida ochilgan darga orqali o’rnatilib, qopqoq 14 bilan biriktirilgan. Karter va qopqoqqa zichlangan vtulkalar, sashka valining tayanchi bo’lib xizmat qiladi.
Uch o’rkachli rolik 8 sashka vali 9 ning kallagidagi o’qga ikkita rolikli podshipnik orqali o’tqazilgan. Rolik o’qining ikkala tomoniga po’latdan yasalib polirovka qilingan shayba o’rnatilgan.
Sasha vali siljiganda, rolik o’qi bilan chervyak o’qi orasidagi masofa o’zgaradi. Bu esa ilashish tirqishini rostlashga imkon beradi.
Val 9 ning oxirgi uchida, konus shakldagi shlitslar bo’lib unga rul sashkasi 1 gayka bilan qotirilgan.Rul sashkasi valining ikkinchi uchida xalqasimon ariqcha ochilgan bo’lib, unga shayba bilan qopqoq 14 orasiga qistirma 13 qo’yilgan. Bu qistirma rolik bilan chervyak orasidagi ilashishni rostlab turishga xizmat qiladi.
Tayanch shaybani rostlovchi qistirmalar to’plami karter qopqog’i gayka 11 bilan qotiriladi. Gaykaning kerakli vaziyati, qopqoqqa burab kiritilgan boltlar bilan stopor 10 yordasida qotiriladi. Rul mexanizmidagi ilashish tirqishi o’zgaruvchan bo’lib, rolik chervyakning o’rta qismida bo’lganda tirqish eng kam bo’lib,rul chambaragining o’ng yoki chapga bo’lganda tirqish ortib boradi.
Rul mexanixzmidagi ilashish tirqishining bunday o’zgarishi, chervyakning eng ko’p ishlaydigan o’rta qismida ilashishtirqishini ko’p marta qayta rostlashiga, ayniqsa rolik chervyakning chekka qismlarida yedirilishining oldini olishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |