Foydalanish



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix23.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#134505
Turdiyev Azamat Gʻayratovich



Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022 
938 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIADAN 
FOYDALANISH
 
Turdiyev Azamat Gʻayratovich 
Termiz davlat pedagogika instuti maktabgacha taʼlim fakulteti maktabgacha 
taʼlim metodikasi kafedrasi 
G.D.Durmanova  
Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish
milliy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim
texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual 
salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga 
yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Asosan maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta’limi ham muhim o’rinda 
turadi. Multimedia ta’limi orqali biz bolalarda milliy qadiryatlarni video rolik shaklida 
jonlantirishimiz ham mumkun. Ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish, an’anaviy o’qitish usullariga nisbatan samarali va yuqori natijalarga 
olib kelmoqda. Hozirda ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari, 
kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari ta’lim jarayonining muhim negizi 
bo’lib, yoshlarning yangi axborotlarga bo’lgan talablarini qondirishga xizmat qilmoqda. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga 
tayyorlov guruhlarida aynan 5–7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual 
salohiyatni shakllantirishning boshlang‘ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi 
aynan shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta’limda multimedia ta’limiga alohida 
e’tibor qaratilmoqda.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy o’qitish metodlari, innovatsion 
texnologiyalar, multimedia vositalarining o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik 
texnologiya va pedagog mahorati va pedagog tajriba bilan bir qatorda, interfaol 
metodlar, multimedia vositalari barkamol avlodni bilimli, yetuk malakaga ega 
bo’lishlarini ta’minlaydi. 
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini 
multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia 
vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio 
tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTTda multimedia texnologiyasidan 
foydalanishdagi masalalardan yana biri ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini 
oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga 
joriy qilish zarurligidir. Multimedia ta’lim vostitasining afzaliklari qanday va biz 
multimedia ta’limni qanday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’lashimiz 
mumkin degan savol paydo bo’lishi tabiiydir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
multimediani turli xil mashg’ulotlarda qo’lash mumkin. Masalan, tabiat bilan 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022 
939 
tanishtirishda, elementar matematik ta’savurlarini shakilantirishda hamda xorijiy 
tilda mashg’ulotlarini tashkil etishda multimedia vositalari yuqori natijalar beradi.
Mashg’ulot jarayoni bolalarni zeriktirib qo’ymaydi va ularni mashg’ulotga bo’lgan 
qiziqishlarini yanada ham ko’proq oshirishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimediani qo’llashdan ko’zlangan maqsad
bolalarga qisqa vaqt ichida ko’proq va samarali ta’lim berishdan iboratdur. Hozirgi 
vaqtda bolalarning kompyuter va gadjetlarga qiziqishlari juda yuqori.
Shu tufayli pedagoglar ulardan tog’ri va unumli foydalanib, bolalarni yo’naltiri,
qiziqishlaridan kelib chiqan holda ta’lim tashkil etilsa, bolalarning qiziqishlari yanada 
ham ortadi. Masalan, bolalarga multimedia ta’limidan foydalanib ularga til o’rgatish 
mashg’ulotlarni qiziqarli qilib tashkil etish mumkun. Ayniqsa, turli ranglardan 
foydalangan holda bolalarning ta’savuri kengaytirib, ularning diqqatini tortish
ularning tilga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortirish mumkin. Jumladan, bolalarda 
fasilar to’grisida tasavvurlarini shakllantirishda qo’l keladi. Bolalarda bahor fasli 
haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bahor faslinini ko’rsatish bilan birgalikda
undagi yashilik, daraxtlar va gularning rangi, bahor faslida nishonlanadigan 
bayramlarni havola qilish imkoniyati mavjud.
Maktabgacha ta’lim tashkilotkarida tayyorlov guruhida multimediali 
mashg’ulotlarni olib borish maktabga tayyorlash jarayonida tasavvurlarini boyitadi,
ularning talim faoliyati to’g’risidagi tasavvurlarini shakilantiradi natijada ta’lim 
jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishlari uchun zamin tayyorlaydi, shu bilan birga 
bolalarning inovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmasi multimedia ta’limini 
tashkil qilish orqali shakilantirib boriladi. 
Shunungdek, multimedia ta’limidan zamonaviy, inovatsion ta’limning bir shakli 
sifatida mashg’ulotlar jarayonida to’g’ri foydalanish maktabgacha ta’limda faoliyat 
olib borayotgan tarbiyachilarning ham inovatsion texnologyalardan foydalanish 
bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakilantirishga xizmat qiladi.
Multimedia va gipermedia texnologiyalari kuchli taqsimlangan ta'lim resurslarini 
birlashtiradi, ular bolani idroki shakllanishi va namoyon bo'lishi uchun muhitni 
ta'minlaydi. Multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalari tizimda prinsipial 
jihatdan yangi uslubiy yondashuvlarni ochadi. Multimedia - zamonaviy texnik va 
dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv dasturiy ta'minot nazorati ostida 
vizual va audio effektlarning o'zaro ta'siri, ular matn, ovoz, grafik, fotosuratlar
videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi. 
Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini 
oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali 
kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi 
quyidagilar asosida namoyon bo’ladi: 
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi 
va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 
2) tovushda; 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022 
940 
3) musiqada; 
4) animatsiyada; 
5) multifikasiyada; 
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh 
bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim 
olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum 
bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot 
texnologiyalari ya’ni, multimedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo’llash 
hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. 
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini 
shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy 
texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda 
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar 
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga 
ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib 
kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, 
tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan 
yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida 
ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini 
o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim 
vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal 
rivojlanayapti. MTTlarda ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi 
to’liq ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini 
multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham 
ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus 
muassasadan tashqari, har bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin 
bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD 
video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan 
foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida 
elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD 
video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia 
texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 
1. https://saarj.com/wp-content/uploads/paper/ACADEMICIA/2021/FULL-
PDF/ACADEMICIA-OCTOBER-
2021/10.352%2C%20Turdiyev%20Azamat%20Gayratovich.pdf
2. https://caajsr.uz/storage/app/media/volume-1-issue-1.pdf

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin