O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talimm vazirligi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə1/7
tarix03.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#86476
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talimm vazirligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIMM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


Mexanika-mashinasozlik


fakulteti

Texnologik mashinalar va jihozlar


kafedrasi

Kimyo sanoati mashina va jixozlari


fanidan




Kurs loyihasi

Mavzu: “Davriy ishlovchi rektifikatsion kalonna loyixasi”





Bajardi:






26-17 TMJ gurux talabasi
G’. Abdurazzoqov












Rahbar:






kat.o‘q N.A.Ergashev










Taqrizchi:






v.b.,dots A.S.Isomidinov












Kafedra mudiri:




t.f.d.,prof R.J.Tojiev

Farg‘ona-2021

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIMM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


Mexanika-mashinasozlik


fakulteti

Texnologik mashinalar va jihozlar


kafedrasi

Kimyo sanoati mashina va jixozlari


fanidan




Kurs loyihasi
Hisob tushuntirish xati

Mavzu: “Davriy ishlovchi rektifikatsion kalonna loyixasi”





Bajardi:






26-17 TMJ gurux talabasi
G’. Abdurazzoqov












Rahbar:






kat.o‘q N.A. Ergashev










Taqrizchi:






v.b.,dots A.S. Isomidinov












Kafedra mudiri:




t.f.d.,prof R.J.Tojiev

Farg‘ona-2021

«Tasdiqlayman»


_________________
Kaf.mud. R.J.Tojiev

Kafedra«TMJ» «Kimyo sanoati mashina va jixozlari»fanidan


Kurs loyixani
Bajarish uchun topshiriq varaqasi

Gurux: 26-17TMJ Talaba: G’. Abdurazzoqov


Rahbar: Ergashev N.


VAZIFA



  1. «Quruq usulda sement ishlab chiqaruvchi siklonli issiqlik almashtirgich loyihasi» mavzusida kurs loyihasi bajarilsin.




  1. Birinchi asoslar: Kimyo sanoati qurilma va jihozlarini ishlatish sohalari vahisoblash asoslari




  1. Boshqaruv materiallar:



3.1. Salimov Z., To‘ychiev I.S. Kimyoviy texnalogiya protsesslari va apparatlari. - Toshkent, O‘qituvchi, 1987. – 408 b.


3.2. YUsupbekov N.R. va boshq. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari.- Toshkent, ToshKTI, 2000. -231 b.


3.3. YUsupbekov N.R. , Nurmuxamedov X.S. , Ismatullaev P.R. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari fanidan hisoblar va misollar. –Toshkent, 2000. -351 b.



  1. Grafik qism mazmuni:

4.1. Asosiy texnalogik jihozni umumiy ko‘rinishi (texnalogik sxema)-1 list.
4.2. Uzeli (Texnalogik jihozning ishchi detali) -1 list.



  1. Hisoblash – tushuntirish xati mazmuni.

  1. Kirish

  2. Umumiy tushunchalar




  1. Tanlangan qurilma ta’rifi (texnalogik qurilmani ishlash asosi va hisoblash usullari).




  1. Ilovalar

  2. Xulosa

  3. Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Qo‘shimcha vazifa va yo‘riqnomalar: Kurs ishi mavzusiga oid yangi innavatsiontexnologiyalar bilan tanishish




  1. CHizmalarni va loyihani topshirish muddatlari:




1

2




Tushuntirish xati




Himoya

Mart

Aprel




Aprel




May

Rahbar







Ergashev N



Vazifani qabul qildim, talaba:

_______________________

sana 06.02.2021

MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………….....5
UMUMIY TUSHUNCHALAR

    1. Sement tarixi va tarifi……………………………………………..7

    2. Sement ishlab chiqarish usullari………………………………...11

TANLANGAN QURILMA TA’RIFI

    1. Sement ishlab chiqarish quruq usuli……………………………13

    2. Siklonli issiqlik almashtirgich loyihasi va hisobi………………19

XULOSA………………………………………………………………...27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………28

KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda ulkan darajada qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ko‘plab zamonaviy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar qad rostlamoqda. Bu esa qurilish materiallariga ayniqsa, sementga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatda qurilish materiallari taqchilliga yuzaga kelmasligi va mahalliy bozorni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, viloyat hokimliklari va tijorat banklari bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Birgina sement ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 yilda jami 12 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy yillik quvvat 3 mln. 530 ming tonnaga ortishiga erishildi. 2020 yilda sement mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida 6 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda “Ohangaronsement” AJ bazasida yangi sement zavodini barpo etish eng yirik loyihalardan biri sanaladi. Yangi korxonaning yillik quvvati 2 mln. 400 ming tonna, loyiha qiymati 160 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Sement zavodi joriy yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu yerda so‘nggi qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilda Jizzax viloyatida ham “Huaxin Cement Jizzakh” MChJ QK tomonidan yangi sement zavodi o‘z faoliyatini boshlaydi. Umumiy qiymati 150 mln. AQSh dollari bo‘lgan korxonada yiliga 1 mln. 200 ming tonna sifatli sement ishlab chiqariladi. Shuningdek, 2020 yilda Namangan viloyatida “Jaxon Yevro Servis” MChJ, Samarqand viloyatida “Samarqand Afrosiyob Sement” MChJ, Farg‘ona viloyatida “Qurilish ashyo sifat servis” MChJlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. “Bekobodsement” AJda esa yangi sement maydalash tegirmoni ishga tushirilishi natijasida korxonaning sement ishlab chiqarish quvvatlari 500 ming tonnaga ortadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda portland sementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab muttasil oshmoqda va buning natijasida portland sement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo‘shimchalar va to‘ldirgichlar bilan bog‘liqdir.
Mamlakatimiz sement zavodlarida har yili 15 turdagi 7 million tonnagacha sementishlab chiqarilmoqda. Qurilish tarmog‘i va sanoatda umumiy maqsadlarda foydalaniladigan sement, neft va gaz quduqlarini sementlash uchun mo‘ljallangan tamponj sement, gidrotexnik inshootlar qurilishida qo‘llaniladigan sulfatga chidamli sement shular jumlasidan. Bundan tashqari, mamlakatimizda bezak ishlarida foydalaniladigan oq sement ham ishlab chiqarilayotir. O‘tgan yili Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Jizzax sement zavodi foydalanishga topshirildi. Ushbu hududda sement tayyorlash uchun asosiy xomashyo – yuqori sifatli ohaktosh qatlamlarining mavjudligi ushbu zavod qurilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona yiliga 350 ming tonnagacha oq sement va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavodda ishlab chiqarilgan oq sementdan pardozlash ishlari va sun’iy marmar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Ta’kidlash joizki, oq sementning 70 foizini eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati yurtimizda sement ishlab chiqaradigan yetakchi korxona hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sementning yarmi ushbu korxona hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yiliga qariyb 3,5 million tonnani tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 1,7 million tonnagacha, “Quvasoytsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnadan ortiq va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqarilayotir. Ushbu korxonalar har yili yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirmoqda.
Ayni paytda turli viloyatlarda yirik va kichik sement zavodlari barpo etilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ikkita yirik sement zavodi qurilishi boshlandi. Ushbu korxonalarda yiliga birgalikda ikki million tonnagacha sifatli portland sement ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Kichik sement zavodlari qurilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Andijon va Farg‘ona viloyatlarida shunday zavodlar faoliyat yuritmoqda. Jizzax viloyati Zomin tumanida barpo etilgan mini-zavod ham yaqinda ishga tushiriladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida yiliga 500 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega mini-sement zavodi qurilishi jadal davom ettirilmoqda.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin