Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi:
Dizel va ko’pchilik karbyuratorli dvigatellarda (GAZ-24, ZMZ-53,ZIL-130, KamAZ-740 va xokozo) ishlatiladi. Bunda klapanlar
|
Silindrlar kallagida joylashgan bo’lib, yonish bo’linmasi ixcham,siqish darajasi va to’ldirish koeffitsienti katta bo’ladi. Bu omillar avtomobil’ dvigatelining quvvatini va tejamkorligini oshiradi. Ushbu gaz taqsimlash mexanizmi quyidagi detallardan tashkil topgan: taqsimlash vali bilan uning shesternyasi, koromislolar bilan uning o’qi , klapanlar maxkamlovchi detallar bilan klapan prujinalari va yo’naltiruvchi vtulkalar. Bu mexanizm quyidagicha ishlaydi: taqsimlash vali 18 aylanganda uning mushtchasi turtkich 17-ga tiralib, uni shtanga 15 bilan birgalikda yuqoriga ko’tariladi.
|
Harakat shtanga orqali, koromislov 11 ning ketingi uchiga burab kiritilgan bolt 13 ga o’tadi va koromislov o’z o’qi atrofida buriladi Burilish natijasida ikkiyelkali koromisloning bir uchi klapan 6 o’zagining tup qismiga tegadi va uni pastga itaradi, klapan prijinasi 10 siqiladi, natijada klapan kallaga o’z o’rindig’i egar 5 dan siljiydi va yangi zaryad (yonilg’i aralashmasi yoki xavo) keladigan yoki ishlatilgan gazlar chiqib ketadigan teshik ochiladi. Klapan to’la ochilgan payt turtkichning tubi mushtchaning eng yuqorigi qismida turgan xolatiga to’g’ri keladi. Taqsimlash vali burilgan sari turtkich 17 mushtchani do’ng qismidan chetga chiqad iva shtanga bilan birgalikda pastga siljiydi. Klapan esa prujina 10 tasirida tepaga siljiydi va tubi bilan koromislo 11 ning oldingi uchiga qattiq tiraladi, natijada koromislo o’z o’qi 14 atrofida buriladi. Demak klapan purjina ta’sirida avvalgi vaziyatini egalladi, ya’niy uning kallagi o’z o’rindig’ida jips o’tiradi. Taqsimlash vali yana aylanishi natijasida mushtchasining do’ng qismi yuqoriga xolatiga keladi va harakat mushtcha – turtkich –shtanga – koromislo detallari orqali klapanga uzatiladi da klapan yana o’z o’rindig’idan pastga siljiydi. So’ngra harakat teskeri yo’nalishda davom etadi va klapan yopiladi. Zamonaviy VAZ va «Moskvich» tukumidagi avtomobil dvigatellarida taqsimlash vali silindrlar blokining ustki qismiga joylashgan bo’lib, uning mustchalari koromisloga (VAZ-2103, «Moskvich»-2140) yoki turtkichga (VAZ-2108, VAZ-2109) bevosita ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |