Ishlatiladigan moylar Dvigatel detallarini moylash uchun ishlatiladigan moylar mazutni qayta haydash yo’li bilan olinadi va ular erigan aralashmalardan tozalangan moylar deb ataladi. Ishlatiladigan moyning moylash xususiyati ishqalanuvchi detallarning yuzalarida yupqa moy pardasi yoki ishqalanish paytida bo’rtib chiqmaydigan oksidlar pardasining hosil bo’lishidan iborat. Bu moy pardasi ishqalanuvchi detallarning bir-biriga bevosita tegib turishiga,yeyilish zarrachalarining ishqalanuvchi yuzalarga payvanlanib qolishiga va detallarning tezyeyilishiga yo’l qo’ymaydi. Bu pardalar 100°S gacha issiqlikda ham qovushoqligini va moylash xususiyatini saqlab qolishi lozim. Moyning qovushoqligi, oksidlanishga chidamliligini oshirish, zanglamaslik va yuvib ketish xodisalarini yaxshilash, shuningdek, yuqori haroratda suyulmaydigan bo’lishi uchun unga 3..14 foiz har xil tarkibli murakkab qo’shilma qo’shiladi. Odatda quyidagi ko’p tarkibli (AZNI-1, PSS-200A, VNIINM 360 va boshqalar) moylar ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladigan moyning belgisi AS-8 yoki AS-10 (GOST-10514-61). Belgidagi A harfi moyning avtomobil moyi ekanligini, S harfi selliktiv usulda tozalanganligini, 8 raqami esa moyning 373 K (100°S) dagi qovushoqligini bildiradi. Raqam qancha kata bo’lsa, moyning qovushoqligi shuncha yuqori bo’ladi. Sovuq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda qovushoqligi 8 va undan past, issiq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda esa qovushoqligi 10 va undan yuqori belgili moylar ishlatiladi.yengil avtomobil dvigatellari uchun sifati yuqori darajali moylar ishlatiladi: M12G №8, M8G №9, va M10 №10. Bulardan M10G №10 barcha iqlim sharoitlariga, M12G №8 issiq sharoitga va M8G №9 sovuq sharoitga mo’njallangan. Avtomobilning boshqa mexanizm va ishqalanuvchi detallari uchun boshqa turli moylar ishlatiladi.
11-Moylash tizimi. O’QUV MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI MODELI