Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


-mavzu. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə76/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

15-mavzu. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi
Reja:
1.Dizel dvigateli ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
2.Dizel dvigatelida aralashma hosil qilish.
3.Dizel dvigateli ta’minlash tizimi uskunalarining tuzilishi va ishlashi.


Tayanch iboralar: yuqori bosimli yonilg'i nasosi, yonilg'i xaydash nasosi, forsunka, dag'al filtr, mayin filtr, gilza, plunjer, ilgarilatib purkovchi avtomatik mufta, barcha rejimli rostlagich.


  1. Dizel dvigateli ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.

Dizel ta’minlash tizimining karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimidan farqi ish aralashmasini hosil qilish va uni alangalatish usulidadir.

Karbyuratorli dvigatelda kiritish taktida silindrlarga karbyuratorda havo va benzindan tayyorlangan yonuvchi aralashma kiritilsa, dizelda esa sof havo kiritiladi. Siqish taktini oxirida karbyuratorli dvigatelda ish aralashmasi elektr uchqunidan alangalansa, dizelda esa silindrda siqilgan havoga dizel yonilg’isi purkaladi. Purkalgan yonilg’i mayda tomchilarga ajralib, yonish kamerasining butun xajmiga taqsimlanib, bug’lanadi, havo bilan aralashadi va ish aralashmasini hosil qilib o’z-o’zidan alangalanadi. Dizelda yonilg’ini yetarli darajada mayda zarrachalarga ajratish va yonilg’i mash’alini uzoqqa otiluvchanligini ta’minlashga, yonilg’ini yuqori bosim ostida purkalishi evaziga erishiladi.
Dizel ta’minlash tizimini samaradorligini oshirishda yonilg’i uzatuvchi asboblar va aralashma tayyorlash asboblari bilan birgalikda yonish kamerasining shakli hamda ularda havo harakatini va yonilg’i kiritishni tashkil qilishni ta’siri alohida ahamiyatga egadir. Keltirilgan omillar birgalikda quyidagilarni ta’minlashi lozim: dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi va yuklanmaga bog’liq ravishda yonilg’ini mumkin qadar aniq dozalash; yonilg’ini muayyan (aniq) paytda (lahzada), ya’ni porshenni yuqori chekka nuqtaga kelishini o’rnatilgan burchagida uzatish; uzatishni valni buralish (aylanish) burchagi bo’yicha optimallash; yonilg’ini yonish kamerasini butun hajmi bo’yicha yaxshi to’zitish va taqsimlash; nasos va forsunkalarni dastlabki sozlangan holatini buzmasdan dvigatelni uzoq vaqt (muddat) ishlatish.




  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin