3-bosqich Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baxolaydi va rag’badlantiradi.
Uyga vazifaning berilishi:
2. Uyga vazifa mashq bajarish.
|
Baholar bilan tanishtiradilar
Topshiriqlarni yozib oladilar
| |
4-mavzu. Dvigatelning umumiy tuzilishi ,ish jarayoni va sikllari
Reja:
Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi va klassifikatsiyasi. Dvigatel mexanizmlari va sistemalari. Dvigatellarning asosiy ko’rsatkichlari.
Tayanch iboralar: dvigatel, siqish darajasi, ish jarayon, krivoship shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, ta'minlash tizimi, moylash tizimi, sovitish tizimi, yondirish tizimi, yuqorigi chekka nuqta, pastki chekka nuqta, porshen yo'li,takt, dvigatelning siqish darajasi, effektiv burovchi moment, dvigatelning maksimal quvvati.
Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi va klassifikatsiyasi.
Avtomobil harakatlanishi uchun mustaqil energiya manbaiga ega bo’lishi kerak. Energiya manbai sifatida issiqlik ichki yonuv dvigatelidan foydalaniladi. Ichki yonuv dvigateli (IYoD) mexanizm va tizimlar majmuasidan (kompleks) tashkil topgan bo’lib silindrlarida yondirilgan yonilg’ining issiqlik energiyasini mexanik ishga o’zgartiradi.
Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi. Bug’ va elektr toki bilan ishlaydigan avtomobillar ba’zi kamchiliklariga ko’ra hozirgi kunda deyarli qo’llanilmaydi. Bug’ bilan ishlaydigan dvigatellarning asosiy kamchiligi-foydali ish koeffitsiyentining kichikligi (0,16…0,18) hamda dvigatel bug’ qurilmalarining o’lcham va vaznlarini kattaligidir. Elektr bilan ishlaydigan dvigatellarning keng tarqalmaganligiga sabab, ularning uzoq masofalarga qatnay olmasligi, chunki ularga o’rnatiladigan qo’rg’oshin akkumulyatorlarining elektr sig’imi avtomobilning 40…50 km masofagacha harakatlanishiga mo’ljallangan. Hozirgi kunda mamlakatimizda va chet el firmalarida elektromobillar ustida katta ilmiy va konstruktiv ishlar olib borilmoqda, natijada ularning har xil ko’rgazmali variantlari yaratilmoqda. Elektromobillarning halq xo’jaligida transport vositasi bo’lib keng tarqalishi uchun ularga o’rnatiladigan elektrobaklarning sig’imini 2 … 3 baravar oshirish kerak.
Dostları ilə paylaş: |