3-bosqich Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baxolaydi va rag’badlantiradi.
Uyga vazifaning berilishi:
2. Uyga vazifa mashq bajarish.
|
Baholar bilan tanishtiradilar
Topshiriqlarni yozib oladilar
| |
5- mavzu. Krivoship – shatun mehanizmi
Reja:
1. Krivoship-shatunli mehanizmining vazifasi, kompanovka shemasi.
2. Krivoship-shatunli mehanizmining tuzilishi va qismlari.
Tayanch iboralar: silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, blok karteri, krivoship, porshen, gilza, silindr, porshen xalqasi, porshen barmog'i, shatun, tirsakli val, o'zak bo'yin, shatun bo'yin, vkladish, porshen yubkasi, maxovik, kompression xalqa, moysidirgich, qo'sh tavr, radial, elastik, legirli (legirovanniy).
Krivoship-shatunli mexanizmining vazifasi, kompanovka sxemasi
Ma’lumki dvigatelda boshlang’ich harakat porshenda boshlanadi. Porshen silindrda to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Lekin avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklari va ularga kuch uzatuvchi barcha transmissiya agregat detallari aylana harakat qilishi kerak. Shu vazifani krivoship shatunli mexanizm bajaradi.
Vazifasi. Krivoship-shatunli mexanizm silindrda yonilg’i aralashmasi yonganidan hosil bo’lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o’zgartirib beradi.
3.1 - rasm. Bir silindrli porshenli ichki yonuv dvigateli: Krivoship-shatunli mexanizm.
1-silindr; 2-silindr kallagi; 3-karter; 4-porshen; 5-porshen barmog’i; 6-shatun; 7-tirsakli val; 8-maxovik.
Tuzilishi. Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo’linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr 1 (3.1-rasm), uning kallagi 2 va karter 3 lar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen 4, uning barmog’i 5, shatun 6, tirsakli val 7 va maxovik 8 lardan tashkil topadi.
3.2-rasm. Krivoship-shatunli mexanizmning komponovka sxemalari:
a-silindrlari vertikal joylashgan; b-silindrlari vertikal yuzaga nisbatan og’ishgan; v va d – silindrlari gorizontal joylashgan; g-silindrlari V-simon joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |