Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Reja:
1.Xavfsizlik texnikasi o’rganish
2. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot.

Ish o‘rnini tashkil etish

Texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish lozim. Ish o‘rni-ishlab chiqarish sexi, avtokorxona yoki avtoning bir qismini tashkil qilib, bir yoki bir necha ishchilarga biriktiriladi. Kasb-hunar kollejlarida esa laboratoriya yoki o‘quv amaliyoti kollej ustaxonasida tashkil etilib, guruh guruhchalarga bo‘linib, guruhcha sardori tayinlanadi va ish o‘rniga javobgar bo‘ladi.


Ish o‘rnini tashkil etishdagi talablar:

  • ish o‘rniga o‘rnatilgan dastgohning balandligi o‘quvchi uchun qulay va ish bajarishni ta’minlash kerak;


  • asbob-uskunalar qo‘l yetadigan qulay bo‘lishi;


  • ish qurollari ma’lum tartibda, bir joyda turishi, toza va soz holatda bo‘lishi;


  • ish o‘rnida ortiqcha narsalarni bo‘lmasligi;


  • ish predmeti bilan ishchining ko‘zi orasidagi masofa 450-550 mm bo‘lishi;


  • asboblar shkafi va dastgohlarida tortma qutilar bo‘lishi;


  • ish o‘rni bir me’yorda yoritilishi;


  • xona harorati me’yorda bo‘lishi;


  • ish o‘rni toza va tartibli bo‘lishi;


  • yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanishi;


  • tibbiy dori-darmonlar bilan ta’minlanishi;


Ishchi kiyimi havo – bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish boshlash oldidan yeng tugmalar qadalgan, kiyim etaklari yoyilmagan, soch bosh kiyim ostiga olingan bo‘lishi zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqmaydigan, sirpanmaydigan, ifloslanish va jarohatlanishdan saqlay olishi lozim.

Umumiy qoidalar. Avtomobilga TXK uchun turg‘un holatni ta’minlovchi maxsus moslama, aravacha yoki maxsus uskunalardan foydalaniladi.

Ko‘tarish-tushirish jihozlari yaroqli, ishlashga qulay va xavfsiz bo‘lishi lozim.


Agregat yoki mexanizm ko‘tarilgan holatda TXK man etiladi. Ilgak, zanjir, qamragich va yuk ko‘tarish mexanizmi bir yilda ikki marta tekshirilib, sinab ko‘riladi. Yukni ko‘tarishda og‘irlik markazini hisobga olish, aylanib ketishi yoki surilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanishlar

Jarohatlanish (grekcha trauma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi.


Ular beixtiyor (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshq),
  • Kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish),


  • Termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, to‘k urish va boshq.


  • psixologik (qattiq hayajonlanish, qo‘rquv va boshq) bo‘lishi mumkin.


Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyati vaqtincha yoki doimiy yo‘qotishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyati yoki kasbiy ish qobiliyatini, yohud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin;


Kasb kasalliklarining ayrim hollari kasbiy zaharlanish deb hisoblanadi (o‘tkir yoki surunkali). Kasb kasalliklarning etiologiyasi (kelib chiqishi) bo‘yicha fizikaviy omillar, chang, kimyoviy moddalar va biologik omillarning odam organizmiga ta’sir etishidir. Fizikaviy omillar natijasida sodir bo‘ladigan kasbiy kasalliklarga qaltirash kasalligi kiradi va u odam organizmiga titrashni ta’sir qilishidan kelib chiqadi. Odam organizmiga og‘ir jismoniy mehnat, odam tanasining ish vaqtida doimiy egilib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Sovuqning ta’siri natijasida bel og‘rishi (radikulit) paydo bo‘ladi. Odam organizmiga changning ta’sir qilishi natijasida sodir bo‘ladigan kasb kasalliklariga surinkali kasbiy, o‘pka fibrozi va changlardan uzoq vaqt nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar kiradi.
Kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklarga surunkali va o‘tkir zaharlanish, o‘tkir va surunkali teri kasalliklari (dermatitlar va ekzemalar) yuz beradi.
Sanitariya – gigiyenik sabablar: ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining talablariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish – cho‘milish xonalari, hojatxona va boshq) yo‘qligi natijasida kelib chiqadi.
Ruhiy holat sababi: ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo‘riqish, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik- fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchash, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom muhit tufayli kelib chiqadi.
Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlari quyidagilar: mos texnologiya, ish tartibi, ishlab chiqarish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qulay ish sharoitlari, xom ashyolar, yarim mahsulotlar, ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish va yaroqli jihozlar, himoya vositalaridan oqilona foydalanish, xavfsizlik talablarini bajarish, kasbga qarab tanlov o‘tkazish va ishchilarni o‘qitish, texnik-me’yoriy hujjatlarga xavfsizlik vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi.
Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri loyihalash, tashkil etish va o‘tkazishda xavfsiz ishlash talablar oldindan nazarga olinadi. Buning uchun ishlab chiqarishda zararli ta’sirlarning oldini olish, ishdagi operatsiya va jarayonlarni o‘zgartirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda masofadan turib boshqarishni qo‘llash, gipodinamiyaga e’tibor berish, ishni oqilona tashkil etish shu bilan bir qatorda og‘ir mehnatni chegaralashni ham hisobga olish lozim. Shuningdek o‘z vaqtida ishlab chiqarish xavfsizliklari to‘g‘risidagi ma’lumot, jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi, o‘z vaqtida chiqindilarni zararlantirish, chiqarib tashlash xavf va zarar tug‘diradigan manbalarga alohida e’tibor qaratish.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin