Savol va topshiriqlar:
1.Toshga bitilgan bitiklarning O'rxun-Enasoy obidalari nomini olishiga sabab nima?
2. Ular qachon topilgan?
3.Ularni o'rganish bilan shug'ullangan olimlar nomini bilasizmi?
4.Yodgorliklar qanday mavzularda yaratilgan?
5. To'nyuquq qanday obraz?
6. T'o'nyuquqning kuyinchakligi, o'z o'y-fikrini boshqalarga xavotir bilan yetkaza olishi matnda qay tarzda ifodalangan?
7. 'I'o'nyuquqning o'z vatani, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi — iftixori matnda qaysi so'zlar bilan tasvirlangan?
8. «Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand ekan» degan baho kimlarga nisbatan qo'llangan? Uning dushmanga nisbatan qo'llanishida qanday ma'no bor?
9. Majmuada berilgan To'nyuquq bitiktoshi matniga xos qiyin so'zlar lug'atini tuzing.
10. Matndagi asosiy qismlarni ajratishga harakat qiling. Har bir qismga sarlavha toping.
11.Yodgorliklardagi xalq mustaqilligi, ona yurt daxlsizligi, shaxs va erk g'oyasi ifodalangan o'rinlarni belgilang. Ularning qanday so'zlar bilan tasvirlanganiga e'tibor bering.
12. Uyda «To'nyuquq — buyuk vatanparvar shaxs» mavzusida qisqacha insho yozing.
-35-
Dostları ilə paylaş: |