9-Dars.Yusuf Xos Hojib ”Qutadg’u bilig”
Reja:
1. “Qutadg’u bilig” obrazlari
2. Dostonning badiiy xususiyatlari
Asarda to'rtta yetakchi qahramon bor. Bular Kuntug'di, Oyto'ldi, O'gdulmish, O'zg'urmishdir. Ularning har biri ramziy tarzda adolat, davlat, aql va ofiyat (qanoat)ni ifodalaydi. Ayni paytda asarda ular muayyan lavozim egasi sifatida ko'rinadi.
Kuntug'di — elik (hukmdor) — Adolat, Oyto’ldi — vazir - Davlat, O'gdulmish - vazirning o'gli (keyinchalik vazir) Aql, O'zg'urmish — zohid — Ofiyat (qanoat).
Asar qahramonlarning o'zaro suhbati asosida qurilgan. Dastlab Kuntug'di va Oyto’ldi asar sahnasiga chiqadi. Kuntug'di — adolatli hukmdor. U mamlakatni odillik bilan boshqaradi, ovozasi olamga ketadi. Hatto Oyto’ldi ham buni eshitib, uning xizmatiga keladi.
Yusuf Xos Hojib tasvirida Kuntug'di «qilmishlari to'g'ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko'zi va ko'ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi».
Kuntug'diga adolat ramzining berilishi tasodifiy emas. Adib bu bilan davlat tepasida Adolat, ya'ni adolatli hukmdor va adolatli qonun-qoidalar turishi kerak, degan aqidani bayon etadi.
Kuntug'di bir kuni uch oyoqli kumush kursi ustida qo’lida pichoq, so'l tomonida urog'un (tibbiyotda qo’llanadigan dori) va o'ng lomonida shakar qo'yilgan holda o'tiradi. Oyto’ldi buning sababini so'raydi. Kuntug'di shunday javob beradi:
«Men ustida o'tirgan kursining oyog'i uchtadir. Barcha uch oyoqli narsa siljimas, mustahkam bo'ladi. Agar poyalardan birortasi siljisa, u kursi yiqiladi.
Qo'limdagi pichoq esa qirquvchi va kesuvchi narsadir. Kim adolatimdan bahra olsa, shakardek chuchuk bo'lib ketadi — sevinadi. Zo'ravon, zolimlar esa urog'un ichgandek yuzi burishadi».
Kuntug'di degan nom ham o'rinlidir. Chunki kun - quyosh hammaga bir xil yorug’lik beradi. Hammani birdek isitadi. U uchun katta-kichik, boy-kambag'alning farqi yo'q. Adolatning qarshisidagi eng yaramas illatlar: yolg'onchilik, suqlik, zo'ravonlik, uyatsizlik, andishasizlik, ish ustida g'azabkor bo'lish, boshqalarga naf bermaslik, ichuvchilik, egriqo’llikdir. Uning nazarida haqiqiy inson:
Tuzu xalqqa barcha qilar ezguluk,
Yana minnat urmas kishika kuluk.
O'z asg'in tilmas, kishika asig'
Berur, ul asig'din bu qulmas yanig'.
(Barcha xalqqa faqat yaxshilik qiladi,
Uning evaziga yana kishilardan mukofot kutmaydi.
-68-
O'z foydasini ko'zlaydi, kishilarga foyda keltiradi,
Bu foydasidan o 'zi uchun evaz minnat qilmaydi.)
Kuntug'di ezgu kishi hech qachon o'z tabiatini o'zgartirmaydi, chunki yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa, o'lim kelib tutmaguncha o'z tarzini buzmaydi, deb uqtiradi.
Oyto'ldi — vazir, ayni paytda Davlat ramzi. Uning fe'l-atvorida barcha ezgu xislatlar mujassam. O'zining Davlat ramzi ekanligini u shunday izohlaydi:
«Bir kuni Elig — hukmdor uni chaqirtirib keladi. Shunda u yonidan bir to'p — koptok oladi va unga o'tiradi. Elig unga xursandlik bilan qarasa, Oyto'ldi ko'zini yumib oladi. Elig unga
iltifot bilan qarasa, Oyto'ldi yuzini o'girib oladi. Shunda Elig qahrga keladi va men adashdim shekilli, jiddiy sinamay turib, senga shuncha ehtirom ko'rsatdim, deydi. Shunda Oyto'ldi quyidagicha javob beradi:
— Sen o'rin berding, men avvaliga o'tirmadim, chunki mening o'rnim yo'q, buni bilib ol, demoqchi bo'ldim. Koptok menga o'xshaydi. U o'rinsiz dumalab yurgani kabi Davlat ham beqarordir. Iltifot qilganingda ko'zimni yumganligim, mening qilmishlarim jafo, menga ishonma, deganim edi».
So'ng u davlatni tutib turish yo'1-yo'riqlarini sanaydi. Bular ko'ngil muloyimligi, til, so'z yumshoqligi, ehtiyotkorlik, takabburlikdan yiroqlik, yovuz va yaramas ishlardan uzoqlik, har bir ishda me'yorga rioya qilish, kattalar hurmatini va kichiklar mehrini o'rnida tutish va boshqalar.
Oyto'ldining o'zi bu aqidalarga to'la rioya qiladi. Shuning uchun ham Kuntug'di uni boshiga ko'taradi.
Davlat — bebaho. Asarda Oyto'ldining vafot etishi bejiz emas. Aslida bu davlatning bebaholigiga ishoradir. Davlatga Oyto'ldi degan nomning berilishi ham ramziy — majoziy ishoralarga boy. Chunki oy dastlab juda kichik bo'lib chiqadi. To'lishgan sari uning nuri ortib boradi. Ammo endi to'ldi, nuri ko'paydi deganda, birdaniga yo'q bo'lib qoladi. Oyto'ldining talqinicha, Davlat ham xuddi shu sifatga ega, shuning uchun ham unga ortiqcha ko'ngil qo'yib bo’lmaydi.
O'gdulmish — asardagi eng faol qahramon. O'gdulmish so'zining ma'nosi «o'g» bilan bog'liq. U «aql», «aql-idrok» ma'nosiga ega. O'gdulmish «aql bilan ziynatlangan» demakdir. Uning asarda vazir martabasiga ko'tarilishi bejiz emas.
Elig bilan savol-javoblarda u turli-tuman kasb-hunar, amal-martaba egalarining fazilatlari haqida gapiradi. Uning bek, vazir, elchi, kotib, xazinachi va boshqalar haqidagi fikrlari hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Yusuf Xos Hojib aslida Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog'i kerak degan fikrni olg'a suradi. Faqat bu fikr ramziy shaklda ifodalangan.
O'gdulmishdagi bosh fazilat har qanday hodisaga aql ko'zi bilan qarashdir. Uning yoshligidanoq ilm va hunarlarga rag'bati bejiz emas. Xuddi shu xislat uni vazir darajasiga ko'taradi. Undagi Aql, mantiqning izchilligi O'zg'urmishday tarki dunyo qilgan zohidga ham o'z ta'sirini o'tkaza oladi.
U bilimdon, donishmand kishi,
O'gdulmish hayotning hamma sohalaridan xabardor. Shuning uchun ham faqat Elig Kuntug'diga emas, balki donishmand O'zg'urmishga ham yo'l- yo'riq ko'rsata oladi. Uning poyonsiz savollariga javob beradi, o'z javoblari bilan uni
-69-
qoyil ham qoldiradi.
O'gdulmish va O'zg'urmishning savol-javoblari ba'zan keskin munozara darajasiga yetadi. O'gdulmish shunda ham bosiqlik qiladi, aql bilan fikr yuritadi, natijada O'zg'urmishni o'z g'oyalariga ishontiradi, ayrim hollarda esa o'zi tomonga rag'batini oshiradi.
O'zg'urmishning, bu hayot — foniy, inson chin dunyoga tayyorgarlik ko'rishi, dunyo hoy-u havaslaridan o'zini tiyishi kerak, deganlariga qarshi mantiqli javoblar beradi:
Xudo berdi qulga ikki ko'z, quloq,
Ular bilan dunyo, oxiratga boq.
Ushlash uchun berdi yana ikki qo'l,
Biri dunyo, biri oxiratga yo'l.
Ikki oyoq berdi yana yurishga
Biri u yon, biri bunda turishga.
Bugina emas, dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini ham u tinmay uqtiradi. Shu maqsadda dehqon, savdogar, chorvador, hunarmand, kambag'allar va hatto bola-chaqa, ularning tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi.
U o'z maqsadi yo'lida og'ishmay harakat qiladigan, sabot va matonatli inson. U o'z ishini chala qoldirib, yarim yo'ldan qaytadiganlar toifasidan emas. Xuddi shu xislat O'zg'urmish ishonchini qozonishga olib boradi.
Asar qahramonlaridan yana biri O'zg'urmishdir. Buning ma'nosi «hushyor qiluvchi», «sergaklantiruvchi» degani. Uning zohid qiyofasida ko'rinishida shu ma'noga uyg'unlik bor. U behuda ishlar bilan band bo'lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib qolishdan ogohlantiradi. Mudrab borayotgan tuyg'ularni sergaklantiradi. Dunyoda faqat davlat yoki aql bilan bitirib bo'lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko'nglida nozik tuyg'ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg'ularga beparvo bo'lmaslikka undaydi, hushyorlikka chaqiradi.
O'zg'urmish qat'iy fikrli inson. U Eligning shaharga taklifini rad etadi. Garchi bu taklif uch marta takrorlansada, u fikrini o'zgartirmaydi. Faqat O'gdulmishning oqilona tushuntirishlaridan so'ng, ziyorat maqsadidagina Elig huzuriga boradi. Shunda ham u Elig saroyida biror martabani qabul qilmaydi, faqat ularga o'gitlar beradi. Shu bilan kifoyalanib, yana o'z manziliga — tog' etagidagi g'orga qaytadi va shu yerda vafot etadi.
O'zg'urmish nazarida:
Tilagan qulini siylasa xudo,
Unga dunyo emas, yo'l berar a'lo.
Shuning-chun yaxshimas bu dunyo quti —
Xudodan yiratar, udir din yuti.
Shuning uchun ham:
Juda aziz, axir tiriglik kuni,
Bekor ishga sarflab bo'lmagay uni.
-70-
O'zg'urmish — taqvodor kishi. U din va diyonatni hamma narsadan ustun qo'yadi. Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq taom, har xil o'yin-kulgular ketidan borish umrni shamolga berish bilan barobardir. Uning fikricha, inson o'z qalbini boyitishi, vujudini har xil illatlardan forig' qilishi kerak. Buning yo'li esa din, ro'za, toat-ibodatdir. Fikrining isboti uchun u O'gdulmishga shunday deydi:
— Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshni yeymiz. Uxlab tursak, ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan, bunday ovqatlarga ruju qo'yishning nafi yo'q. Sen kimxoblarga o'ralib yurasan, men esa qopdan tikilgan to'n bilan kifoyalanaman. Ertaga o'lim kelsa, ikkimiz ham yalang'och ketamiz- ku! Demak, tanni emas, ruhni boyitish lozim.
“Bahor madhi” qasidasi
«Qutadg'u bilig»ning «kirish» qismida bahor madhiga bag'ishlangan maxsus bob mavjud. U shunday boshlanadi:
Tug'ardin esa keldi o'ngdun yeli,
Ajun etguka achti ujmah yo li.
(Sharqdan avval bahor shamoli esib keldi,
Olamni bezflsh uchun jannat yo 'lini ochdi.)
Yusuf Xos Hojib bahor tasviriga alohida e'tibor beradi. Avval yer yuzidagi o'zgarishlar tasvir qilinadi. Bunda daraxtlarning gullashi, o't-o’lanlarning ko'karib chiqishi, ularning xilma-xilligi, bu faslga xos bo'lgan go'zallik, latofat maxsus ta'kidlanadi. So'ng havo va osmondagi o'zgarishlarga o'tiladi. Bunda atirgulning muattar hididan boshlab, tiniq ko'kda shodon o'ynayotgan qushlargacha qalamga olinadi. Tasvirlarda adibning nozik kuzatishlari, hassos va sezgir qalbi ko'rinib turadi:
G'oz, oqqush-u, o'rdak havoda shodon,
O'yinga berildi quvonib chunon.
Ko'kish turna ko'kda navosin cholar,
Tuya karvonidek tizilar, chopar.
Birovi qo'nar, ko'r, birovi uchar,
Birovi chopar, ko'r, biri suv ichar.
Yusuf Xos Hojib tasviridagi qushlarni ham ko'z oldimizga keltirish qiyin emas:
Ular qush kukular o'z eshi tomon,
Go'zal qiz oshig'in chorlagansimon.
Yoki adib tasvirlagan kaklikning og'zi va qoshigacha aniq:
Qo'shiq aytdi kaklik go'zal tog' ora,
Qizil og'zi qondek, qoshi qop-qora.
Qora zog' hamda bulbul eslatilgan o'rinlarda ham tasvirdagi takrorlanmas o'ziga xoslik ko'zga tashlanadi. Bu misralarda adib o'xshatish, sifatlash, jonlantirishlardan unumli foydalangan. Parchada tazod — qarshilantirish ham faol ishtirok etadi:
Qovoq solib osmon ko'zi yosh sochar,
Chechak-maysa quvnoq kulib yuz ochar.
Bu yerda qovoq solish, ko'zdan yosh sochish quvnoqlik va kulib yuz ochishga ziddir. Aslida bu yerda yana bir yashirin qarshilantirish ham bor. U osmon-yer zidligidir. Faqat bu o'rinda yer tushunchasini «chechak-maysa» anglatmoqda.
-71-
Aslida «Bahor madhi»ni turkiy adabiyotdagi ilk qasida sifatida baholash mumkin. Chunki u o'sha davr hukmdori Bug'roxonga bag'ishlangan. Bag'ishlov qofiyalanish tartibiga ko'ragina qasidadan farq qiladi. U masnaviy tarzida (a-a, b-b, d-d...) yozilgan. Demak, turkiy qasidalar o'ziga xos an'analar zamirida yuzaga kelgan.
Qasida arabcha «qasd» so'zidan olingan bo'lib, maqsad, niyat, biror joy, narsa yoki maqsadga qasd qilish degan ma'noni anglatadi. Qasida hajman chegaralangan emas. Uning 15—20 baytdan boshlab 100 baytdan oshgan namunalari ham mavjud. Yusuf Xos Hojib qasidalari 40—60 baytdan iborat. «Bahor madhi» — 59 bayt. Parchada YusufXos Hojib uslubining o'ziga xos qirralari juda yorqin ko'ringan. Ayniqsa, ayrim timsollarni alohida sanab ko'rsatish, ya'ni tasvirni obrazlashtirish bu parchaga ham xos. Yer yuzidagi o'zgarishlar tartibi, qush va hayvonlarning ketma-ket sanog'i shular jumlasidandir.
Qasidada tabiat tasvirining berilishi muayyan badiiy maqsadlar bilan aloqador.
Shoir Bug'roxon madhiga o'tishdan oldin tabiatni bor go'zalligi, chiroyi, tarovati bilan aks ettiradi. Uning eng nafis, ayni paytda, dilkash tomonlariga diqqatini qaratadi. Ularning ko'tarinki ruhdagi tasviri Bug'roxon shaxsiyatini ta'riflashga bo'ysundiriladi. Ularda shoirning o'zini qurshab turgan turli hodisa va predmetlarni kuzatishdagi chuqur qobiliyati, o'tkir zehni va ziyrakligi o'z aksini topgan.
Bahor haqidagi ko'tarinki misralar Bug'roxon madhiga zamin tayyorlagan. Keyingi misralarda Bug'roxon ezgu va adolatli shaxs sifatida sharaflanadi. Uning ko'plab ijobiy fazilatlari sanab o'tiladi. Biroq bular Bug'roxonning tarixiy— aniq shaxs sifatida emas, adabiy qahramon sifatidagi tasviridir. Maqtov manbayidagi turli ijobiy xislatlarni bo'rttirib tasvirlash qadimgi turkiy yodnomalarda: Kultegin, To'nyuquq, Bilga xoqon bitiktoshlarida, shuningdek, «Devon-u lug'otit-turk»da ham asosiy o'rin tutadi.
Endi Bug'roxon shaxsida ulug’langan fazilatlarni ko'rib chiqaylik:
Dastlab Bug'roxonning xislatlari bilvosita — tabiiy hodisalar orqali tasvirlanadi. Hatto momaqaldiroq guldurashi va yashin chaqnashi ham u haqidagi muayyan fazilatlar (qudrat va buyuklik) alomati kabi yangraydi. So'ng bevosita tasviriga o'tiladi:
Olam tutdi Tavg'ach ulug' Bug'roxon,
Ato bo'lsin unga bu ikki jahon.
So'ng uning dunyo jamoli, sharafga chiroy, baxtga tayanch, qorong'u kechaga oy, baxt va taxt egasi ekanligi tilga olinadi.
Tabiat — Bug'roxonni qurshab turgan olam ham uning madhi bilan band. Buning sababi nimada? Shoir talqinida u quyidagicha:
Ko'zi uyqu bilmas dili qaroni.
Xoqonning shuhrati qoplab dunyoni,
Olam osoyish-u siyosat odil —
Xoqonning nomi ham o'sar muttasil
Kim istar ko'rishni saxiy suratin.
Xoqonning shuhrati qoplab dunyoni,
-72-
Olam osoyish-u siyosat odil —
Xoqonning nomi ham o'sar muttasil
Kim istar ko'rishni saxiy suratin.
Kelib ko'rsin ushbu xoqonning yuzin.
Jafosiz, vafoli kishi istasang
Yuziga boqa ko'r — vafo birla shan.
Faqat naf tilasang qutli, bepoyon,
Kelib unga boqqin tilak namoyon.
Sof-u mehribon ham saxo misoli
Kishini ko'rib qo'y xoqon timsoli.
Bug'roxon fazilatlarga boy kishi. Shuning uchun ham ezgu niyatli kishilar uning atrofidan ketmaydi. Shoirning ham bu yerda bo'lishi tasodifiy emas:
Senga tuhfa garchi talaydir, Elig,
Meningdin qabul qil «Qutadg'u bilig».
Ular tuhfasi, bil, kelar ham borar,
«Qutadg'u bilig»-chi, u mangu qolar.
Demak, bahor tasviri shoir uchun qalb to'lqinlarini, tabiat manzaralari tufayli hosil bo'ladigan tuyg'ular to'lqinini aks ettirishga imkon bo'lib qolmasdan, ayni paytda, yanada jiddiyroq voqealarni tasvirga tortish vositasi hamdir. Tabiat tasviri ostida inson ruhiyatidagi nozik o'zgarishlar, qalb kechinmalari, hatto yirik ijtimoiy hodisalarga beriladigan baho yashiringandir. Umuman, she'riyatda ko'p ma'nolilik hodisasi bor. Ayniqsa, ramziy obrazlarning yuzaga kelishi shu ko'p ma'nolilikning qalqib chiqishiga vosita bo'la oladi.
Parchada bahor ko'tarinkilikning, ezgulikning, hayot va yashashning ramzi sifatida talqin etiladi. Bu qadimgi an'analar bilan ham bog'liq. «Devon-u lug'otit-turk»da «Qish va Yoz (Bahor)»ning batafsil tasviriyoq bunday an'analar qadimdan davom etib kelayotganligidan dalolat beradi.
«Bahor madhi» yozma adabiyotda bahorga bag'ishlangan dastlabki asar sifatida baholanishi mumkin. Keyinchalik Nosiruddin Rabg'uziy va boshqa ko'p ijodkorlar bu an'anani davom ettirganlar. Demak, Yusuf Xos Hojib ushbu an'ananing yozma adabiyotdagi asoschisi sifatida o'ziga xos o'ringa egadir.
QASIDALAR
Asardagi qasidalarning kompozitsion o'ziga xosligi va obrazlar tizimiga diqqat qilish shuni ko'rsatadiki, shoir fors-tojik, qisman arab adabiyotidan ta'sirlangan, biroq u turkiy tilli xalqlar folkloridan, badiiy an'analaridan puxta oziqlangandir.
Yusuf qasidalarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ulardagi voqelikning tasvirlanishida ma'lum reallik bor, vaholanki, keyinroq bu janrda mavhum qarashlar va she'riy obrazlarda ramziy ma'nolar asosiy o'ringa ko'tarilgan edi.
Yusuf Xos Hojib qasidalari mazkur janrning turkiy tilli adabiyotdagi rivojlanishida alohida bosqich borganligini ta'kidlash joiz. Ular turkiy qasidaning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi ilk namuna sifatida beqiyos ahamiyatga molik.
Mazkur qasidalar shoirning tarjimayi holi bilan chambarchas bog'liq ekanligini ham qayd etish lozim. Bu jihatdan uning
-73-
«Yigitlikka achinib qariligini aytadi» sarlavhali qasidasi diqqatga sazovordir. U quyidagi matla' bilan boshlanadi:
Yurigli bulitteg yigitlikni idtim,
Tubi, el kecharteg tiriglig tugattim.
(Kezuvchi bulutdek yigitlikni ketkazdim,
O'tkinchi bo'ron, yeldek tiriglikni tugatdim.)
Ma'lumki, bunday qasidalar, ya'ni qasidayi holiyada, an'anaga ko'ra, o'z ruhiy holatini ifodalash, taqdirdan, hayotdan shikoyat qilish g'oyalariga katta ahamiyat beriladi. Bu holat Yusuf qasidalarida ham birinchi o'rinda turadi.
U yigitlikning o'tib ketganiga qattiq qayg'uradi, qarilikdan shikoyat qiladi.
Yusuf qasidalari o'zining chuqur mazmuni bilangina emas, balki yetuk badiiy shakli bilan ham ajralib turadi. Shoir qasidalaridagi har bir bayt o'zining ma'lum bir vazifasiga ko'ra qasida qurilishida alohida, muhim o'rin tutadi. Masalan, «Yigitlikka achinib, qarilik haqida aytadi» qasidasida shoir dastlabki bayt -«matla'»da yigitlik ayyomining o'tib ketganligini qayd qilar ekan, navbatdagi baytlarda bu fikrni tadrijiy rivojlantirib boradi, mazmunga monand holda unga afsus, nadomat, qayg'u ohanglari singdiriladi, 9-baytdan boshlab yigitlik bilan qarilik o'zaro qiyoslanadi. Navbatdagi to'rt baytning barchasida ham umrning ana shu ikki pallasi qiyoslansa-da, ular mazkur baytlar silsilasida alohida joziba kasb etadi, ularda yigitlik va keksalikning o'ziga xos yangi qirralari mahorat bilan ochib beriladi.
Bunga ishonch hosil qilish uchun yigitlik va qarilikka doir o'xshatish va sifatlashlarni ko'zdan kechirish kifoya. Shoir yigitlik haqida gapirar ekan, uni kezuvchi bulutga, yigitlikdagi yuzni arg'uvonga, sochni iporga, qomatni qayin va o'qqa o'xshatadi. Yigitlikni «tiriklik tatg'i», «qamug' ko'rk», «sevug jon sevunchi» deb ataydi. Qarilik tasvirida sochni kofurga, o'tkinchi umrni xazonga, qomatni yoyga o'xshatilganini ko'rish mumkin. Qasidalardagi o'xshatishlar lirik qahramon xususiyatlarini, uning ruhiy kechinmalari — o'y-hislarini aniq, ayni paytda, ta'sirchan ifodalashga juda katta yordam bergan. Shoir yigitlikning behuda o'tganligi haqida yozarkan, o'xshatishlardan ustalik bilan foydalanadi:
Esirkab achirman senga, ey yigitlik,
Qamug' ko'rkumi sen yiratting, yirattim
Tamam arg'uvanteg qizil mengzim erdi,
Bu kun za'faron urg'in engda tarittim.
Yiparsig' qara bashqa kafur eshudum,
To'lunteg talu yuz qayuqa elattim.
Yaruq yazteg erdim tuman tu chechaklig,
Xazanmu to'shuttum, qamug'ni qurittim.
Qayinteg bo'dum erdi o'qteg ko'ni, tuz,
Yateg egri bo'ldi, egildim, to'ngittim.
(Afsus chekib achinaman senga, ey yigitlik,
Hamma ko'rkimni sen uzoqlashtirding, uzoqlattim.
Qizil yuzim mutlaq arg'uvondek edi,
Bu kun unga za'faron urug'ini sepdim.
Iporli qora boshga kofur (oq) burkadim,
-74-
To'lin oydek kulcha yuzni qayoqqa elttim.
Turli-tuman gulga to'la yorug' bahordek edim,
Xazon to'kdimi barchani qurittim.
Qayindek bo'yim o'qdek to'g'ri, rost edi,
(Endi) yoydek egri bo’ldi, egildim, munkaydim.)
Shoirning mahorati shundaki, u keksa shaxs obrazini, uning o'y-xayollarini tashqi ko'rinishlari orqali ochadi. Yigitlik va keksalikdagi zohiriy belgilar ustalik bilan tanlangan, ular orqali shoir qalbini hayajonga keltirayotgan tuyg'ularni tushunish uchun kalit topilganday bo'ladi.
Dastlab yuz tasviri berilarkan, yigitlik davri uchun qizil va keksalik davri uchun za'faron ranglari ajratiladi. Xuddi shu tasvirda Sharq xalqlariga xos qadimgi an'analarning yorqin ta'sirini ko'rish mumkin. Sharq xalqlari adabiyotida qizil yuz yoshlik, go'zallik, sariq yuz esa keksalik, ayni paytda, dard va alamga, qayg'u-g'amga mubtalolik ramzidir.
Keyingi baytda ikki davr boshdagi soch orqali qiyoslanadi. Navbatdagi bayt shu ikki davrni butun ko'lami bilan tasvirlashga qaratilgan. Shunga ko'ra, shoir o'z maqsadini to'liq ifodalash uchun adabiyotda o'zaro zid qo'yiladigan ikki fasldan: yigitlik uchun bahor, keksalik uchun kuzdan foydalanadi. Parchaning oxirgi baytida qad tasviri beriladi. Bu yerda yigitlikdagi qomatning to'g'riligi, tikligi o'qqa, keksaygan chog'i yoyga nisbat beriladi.
Shoirning asosiy maqsadi yigitlik va qarilikning zohiriy belgilarini qayd qilish emas, albatta. Shoirning buyukligi shundaki, u mana shu tashqi belgilarga juda katta g'oyaviy- badiiy «yuk» qo'ya bildi.
Yuqorida aytganimiz sariq yuz lirik qahramon qalbidagi o'ta nozik tuyg'ularni: qattiq ezilish, kuchli iztirob, alam va qayg'ularga giriftorlikni anglatsa, oxirgi baytda yoy obrazi lirik qahramonning mashaqqatli hayotiga ishoradir.
Qasidani shu tarzda kuzatib, undagi har bir baytning yuqoridagiday katta emotsional kuchga egaligini, qasida kompozitsiyasida o'ziga xos o'rin tutishini yaqqolroq sezish mumkin.
DOSTONNING BADIIY XUSUSIYATLARI
«Qutadg'u bilig» badiiyatning yuksak namunasi hamdir. Unda shoir fikri go'zal obrazlar, hayotiy o'xshatish va lo'nda istioralar, ta'sirchan timsollar hamda mo'jaz ramzlar bilan ziynatlangan. Yusuf Xos Hojib so'z qudratini, ona tilining ichki imkoniyatlarini nozik darajada his etadi. Uning o'zi «men turkcha so'zlarni yovvoyi tog' kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo'lga o'rgatdim», deb yozadi.
Shoirning obrazlar tizimi XI asrdagi turkiy adabiyotning umumiy holati haqida ham, bu adabiyotning an'analari to'g'risida ham yorqin tasavvur bera oladi.
Bu yerda «yoy» obrazi bilan bog'liq bir mulohazani aytib o'tish o'rinlidir. Keyingi davr adabiyotida (adabiy an'analar natijasi sifatida) uning ko'proq arab alifbosidagi shu nomli harf bilan boglanganini ko'ramiz. Qiyinchilikka duch kelgan qahramon, ma'shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiq ko'pincha qaddini «yoy» yoxud «dol» qiladi. Ularning yoy — kamon-
-75-
bilan aloqasi nisbatan kam kuzatiladi. «Qutadg'u bilig»dagi yoy obrazi esa «Devon-u lug'otit-turk» hamda qadimgi yozma manbalardagi kamon bilan boglanib ketadi.
Yusuf Xos Hojibning har bir obrazi o'ziga xos «yuk» ko'tarib turadi. Ular shoirning badiiy maqsadiga san'atkorona bo'ysundirilgan:
Kur arslonga o'xshar bu beklar o'zi,
Bushursa kesar bosh, e bilgi yaruq.
(Beklar — bu jur'atli arslonga o'xshaydi,
G'azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli.)
Ko'rinib turganidek, bu yerda beklar dastlab dovyurak arslonga o'xshatilsa-da, ularning asl qiyofasi keyingi misrada fosh etiladi. Bu toifaning «bosh kesish»i ochiqdan-ochiq ko'rsatib o'tiladi.
Shoir zulmni yonib turgan o'tga, adolatni esa oqib turgan suvga o'xshatadi: biri yaqinlashsa hamma narsani kuydirib, yo'qqa chiqaradi, boshqa birining oqishidan esa anvoyi ne'matlar unadi.
Asar muallifi o'xshatish (mumtoz poetikada tashbeh deb yuritiladi) san'atini so'z o'yini tarzida emas, balki o'z g'oyalari, fikr-istaklarini ifodalash uchun juda o'rinli qo'llaydi. Hatto mana shu o'xshatishlarda ham davr sadosining yangrab turishiga erishadi.
Shoir tashbehlari o'zining ta'sirchan ifodasi bilan ajralib turadi:
Til arslon turur, ko'r, eshikda yatur,
Aya evlug, arsiq boshingni yeyur.
(Til hovlida (ya 'ni qafasda) yotgan asrlon kabidir,
Ey, qafasdagi (makkor), vahshiy boshingni yeydi.)
Ushbu baytlardagi o'xshatish o'zining yuksak ta'sirchanligi bilan diqqatga sazovordir. Chunki shoir tilni asrlonga o'xshatish bilan tinglovchi kitobxonni katta bir xavfdan — yomon va behuda so'zlarni so'zlashdan mutafakkirona ogohlantiryapti.
Bo'dum erdi o'qteg, ko'ngul erdi ya,
Ko'ngul qilg'u o'qteg, bo'dum bo'ldi ya.
(Qaddim o 'qteg (to'g'ri), ko 'nglim esa yoy (dek shay) edi,
Ko 'ngil orzulari hanuz o 'qdek, (lekin) qaddim yoy bo'ldi.)
Shoir bu yerda yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida o'qqa, ko'ngilni esa yoyga o'xshatadi, ammo yigitlik qarilik bilan o'rin almashgach, keksa dil orzulari hamon ilgarigiday jo'shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda ifodalamoqda. Qadning yoyga o'xshatilishi zamirida qahramonning mashaqqatli hayot girdobida qolganligiga ishora yotadi. Yana shunisi diqqatga sazovorki, Yusuf qo'llagan bu tashbeh keyinchalik turkiy adabiyotda, jumladan, o'zbek adabiyotida ham an'anaviy obrazga aylanib qoldi. Qadni dolga, yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga, yigitlikni arg'umoqqa, bilimni kimyoga, so'zni zaharga, shakarga, ko'ngilni dengizga, shishaga, bilimni mash'alga, zolim amaldorlarni bo'riga, xalqni qo'yga va bekni qo'ychivonga o'xshatish ham ana shunday yozma adabiyotda an'anaga aylangan obrazlar silsilasiga mansub.
«Qutadg'u bilig» o'xshatishlarining fazilati shundaki, ular ko'zda tutilgan har
-76-
qanday fikrni, obrazni aniq tasawur etishda katta ahamiyatga ega.Asardagi o'xshatishlarning yana bir xislati bor. Ular turli timsollarni yoritishda samarali qoilanadi. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi nodon odam, bilimsiz kishi, zakovatsiz shaxs, ochko'z inson va umuman yomon xulqli, yaramas odatli kishiga nisbatan ishlatiladi. Bo'ri obrazining esa lashkarboshi, yov-dushman, mard er, o'limga nisbatan qo'llanganini ko'rish mumkin. Lekin ularning hammasida bo'ri obrazi ayni bir ma'noda kelmaydi.
o'rtanayotgan oshiq ko'pincha qaddini «yoy» yoxud «dol» qiladi. Ularning yoy — kamon-
Masalan, lashkarboshi bo'riga o'xshatilar ekan, uning dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutiladi. Ayni shu o'xshatish orqali saroy amaldorining ochko'zligi va johilligi ta'kidlanadi. Dushman ham bo'riga o'xshatiladi va uning tajovuzkorligiga, bosqinchiligiga diqqat qaratiladi.
O'limning bo'riga o'xshatilishi esa har ikkisi ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgandir.
Bunday hol it, quruq qum, karvon, rabot, dengiz kabi bir qator boshqa obrazlar talqinida ham ko'zga tashlanadi.
Bir obrazni turli o'xshatishlar vositasida izohlash ham «Qutadg'u bilig» badiiyatiga xos xususiyatdir.
Masalan, kishining yuzi suyak, oy, osh, arg'uvon, bo'zga o'xshatiladi. Suyak or-nomusli kishiga nisbatan qoilanadiki, bu bilan shoir uning hech kimga kerak emasligini, tashlandiq narsa barobaridagi shaxs ekanligini uqtiradi.
Oy esa Sharq adabiyotida yuz go'zalligining (va umuman go'zallikning ham) ramzidir. Yuzning oyga o'xshatilishi kishi tashqi ko'rinishining yoqimliligiga ishora. Arg'uvon — qizil yuz timsoli. Qizil yuz esa go'zallikning o'ziga xos «oichov birligi»dir. Bo'z — qo'rqib ketgan yoxud noqulay ahvolda qolgan odam yuzining belgisi sifatida keladi.
Bu hodisa lashkarboshiga nisbatan qo'llangan tashbehlar silsilasida ham ko'rinadi. Ularda lashkarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishi arslonga, doimiy hushyorligi zag'iz- g'onga, baquvvatligi qoplonga, hujumkorligi va dushmanga hamlasi to'ng'izga, mardonavorligi bo'riga, jangdagi mohirligi, hiyla va tadbirkorligi tulkiga, shiddati ayiqqa, qasoskorligi qo'tos va nortuyaga o'xshatiladi. Umuman, asardagi turli-tuman o'xshatishlar muhim estetik vazifani bajarishga, ma'lum bir narsa-hodisaning turli xususiyatlarini yoritishga, bo'rttirib ko'rsatishga xizmat qiladi.
O'xshatishlarda turkiy xalqlar, ayniqsa, ko'chmanchi qabilalarning hayoti bilan bog'liq maishiy tafsilotlarning ko'p uchrashi ham asosiy nuqtalardan biridir.
It, qo'zi, bo'ri, qo'y, zag'izg'on, quzg'un, qo'tos, qizil tulki kabi hayvonlar, chim o'sadigan yer, quruq qum, o't (olov), bahorgi o't, rabot, yozilgan tuzoq, arg'umoq, kishan, tushov, dala, sahro kabi predmetlar, to'zon, yel, tubi (bo'ron) kabi tabiat hodisalari bilan bog'liq o'xshatishlar shular jumlasidandir.
Bularning hammasi «Qutadg'u bilig» o'zida turkiy xalqlar og'zaki ijodiga xos an'analarni samarali davom ettirganini ko'rsatadi.
Endi asarda qo'llangan ayrim istioralarning badiiy xususiyatlarini kuzataylik.
-77-
O'gdulmush O'zg'urmush huzuridan qaytib kelganida Elig tilidan quyidagi bayt aytiladi:
Ko'ni so'z irig ul kim aymish, temish,
Angar to'rqu idtim, tikan cho'g'lamish.
(Kim aytsa, desa (ham) to'g'ri so'z dag'aldir, ya'ni keskin bo'ladi.
Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi.)
Ma'lumki, Elig O'zg'urmishni o'z huzuriga chorlagan, u esa zohidlik yo'lini tutganini bahona qilib, bu taklifni rad etgan edi. Bu yerdagi istiora mazkur holatni ixcham, o'ta ta'sirchan tarzda ifodalashga yordam beradi. Chunki «taklifimni qabul qilmading» qabilidagi ifoda kitobxon hissiyotiga chuqur ta'sir ko'rsatolmaydi. «Ipak gazmolni olib, uning o'rniga
tikan jo'natish» esa obrazlilikni yuzaga keltiradi. Bu yerda ipak gazmol - taklif, tikan - rad etish holatini kuchaytirib tasvirlamoqda.
Dostondagi istioralar, ayniqsa, tabiat tasviriga bag'ishlangan o'rinlarda ko'plab uchraydi.
Shoir ayni payt yoki manzarani takroran chizganida ham bir xil istioralarni takrorlashdan qochadi. Tun bir o'rinda «qora yuz bog'i» istiorasi bilan ifodalansa, boshqa o'rinlarda «zangi yuzi», «sevuglar qoshi», «qora soch bo'dug'i», «qora ko'ylak», «zog' rangi», «xabash qirtishi», «tul to'ni», «qunduz terisi» istioralari orqali tasvirlangan.
Quyoshning istioraviy ifodasi «rumiy qizi»dir. Shuningdek, u «sata» (marjon), «sata qalqoni» (marjon shodasi), «yorug' yuz», «sara qiz yuzi» istioralari bilan ham ifodalangan. Tong manzarasi bilan bog'liq o'rinlarda ham istioralarning mana shunday rang-barangligi kuzatiladi. Bularning barchasi Yusuf Xos Hojibning badiiy tasvirdagi yuksak mahoratidan dalolatdir.
«Didaktika» so'zi yunoncha didakticos - «ibratli, saboq bo'ladigan, nasihatomuz» so'zidan olingan. Didaktik adabiyot o'z oldiga axloqiy-tarbiyaviy hamda ma'rifiy muammolarni badiiy tarzda tasvirlashni maqsad qilib qo'yadi. Bu adabiyotning ildizlari juda qadimgi davrlar bilan bog'lanadi. U Sharqda ham, G'arbda ham mashhur bo'lgan. Garchi tarbiyaviy yo'nalish badiiy adabiyotga to'lig'icha xos bo'lsa-da, didaktik adabiyot tarbiy ani bosh maqsad darajasiga ko'taradi.
Adabiyot tarixidagi ayrim janrlar aslida bevosita pand, o'git, nasihat va tarbiyaviy xulosalar bilan bog'liq. Xalq maqollari, masallar shular jumlasidandir. Ammo boshqa janrlarning ham tarbiyaviy maqsadlarni ko'zlamasligi mumkin emas. To'maris va Shiroq haqidagi qadimiy afsonalarda ham, O'rxun-Enasoy obidalarida, «Irq bitigi»da ham shunday maqsad ochiq ko'rinib turadi. Mahmud Koshg'ariy ham pand-o'git mazmuniga ega bo'lgan ko'plab badiiy parchalarni keltirgan:
Endi uza eranlar Erdam begi bilig tag'.
Aydi o'kush o'gutlar Ko'ngul bo'lur angar sag'.
(Ilgarilar ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi. Ular ko 'p nasihatlar so 'zlar edilar. Ularni eslash bilan ko 'ngil safo topadi.)
Shuning uchun ham har doim ilm va hunar o'rganishga, o'zlashtirishga erishish, unga intilish yaxshilik alomatidir.
-78-
Ilm o'rganishga da'vatning «Devon»da tez-tez uchrashi tasodifiy emas:
Erdam tila o'granin boima kuvoz,
Erdamsizin o'kunsa engmaguza angar.
(Ilm, hikmat o'rgan, o'rgartishda havoyilik, takabburlik qilma, hech narsa o'rganmasdan o'zini bilimdon ko'rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.)
O'git, pand-nasihat har kimga aytilmaydi. Uning qadriga yetmoq kerak:
O'gium, o'git alg'il, biliksizlik ketar,
Talqan kiming bo'lsa angar bekmas qatar.
(O'g'lim, o'git, kengashimni qulog'ingga ol, bilimsizlikni tashla. Kimning talqoni bo 'Isa, shinniga qoradi. Shuningdek, aqlli kishi nasihatni qabul qiladi.)
Ko'rinib turganidek, bu yerdagi «o'gitnoma»lar to'rtlik yoki ikkilik shaklida namoyon boiayotir. Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylar ijodi misolida esa didaktik doston haqida gapirish mumkin. Ulardagi o'git, pand-nasihatlar ancha katta hajmda ifodalangan. Muhimi, ular badiiy obrazlar, ramzlar orqali yuzaga chiqqan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari — turkiy yozma adabiyotdagi dastlabki yirik didaktik doston. Unda muallif bir qator axloqiy-ma'naviy muammolarni o'gitnoma shaklida bayon qilgan, bu borada o'z mulohazalarini, shoirona kuzatishlarini ifodalagan.
Pand-o'git bevosita muallif yoki ayrim qahramon tilidan aytilishi ham, asarda tilga olingan tegishli voqea-hodisalar tasviridan ham anglanishi mumkin. «Qutadg'u bilig»da har ikki holat ham kuzatiladi. Undagi qahramonlar: Kuntug'di, Oytoidi, O'gdulmish va O'zg'urmishlar suhbati muayyan axloqiy-ta'limiy muammoga bag'ishlangan. Adabiyot majmuasida O'gdulmish bilan Elig, shuningdek, O'gdulmish bilan O'zg'urmish orasidagi suhbatlardan namunalar berilgan.
O'gdulmish mamlakat boshlig'i — bekda bo'lishi shart bo'lgan fazilatlar haqida shunday deydi:
- Bek dono, botir, sheryurak bo'lishi kerak. Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo'lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzlilik — bekning yaxshi fazilatlaridan biri.
Yoki:
— Idrokli odamgina ish boshi bo'lishga loyiq. Johil va beg'am odamlarning ishdari yiroq turgani ma'qul. Ko'ngilsiz kishining ko'zidagi nurdan ham naf yo'q, u atrofini keragicha ko'rmaydi, kuzata olmaydi. Donishmand kishi bu haqda shunday degan:
Uquvli-idrokli bo'lsa qay odam,
Kishi deb atagin, maqtagin har dam.
Yovuzni ezgu tut, kichikni ulug',
O'quv-idrok, bilim bo'lsa unda jam.
Kitobning boshlanishida «Insonning qadri bilim bilan belgilanadi», «Tilning fazilati foyda-zararlarini so'zlaydi», «Ezgularga aralashish ezguliklarini aytadi» singari boblardagi o'gitlar esa bevosita muallif tilidan bayon etilgan.
-79-
Dostları ilə paylaş: |