|
|
səhifə | 38/55 | tarix | 14.03.2022 | ölçüsü | 0,82 Mb. | | #53769 |
| Reja Adabiyot-so’z san’ati
HIKMATLAR
Har subhidam nido qildi qulog'img'a
Zikr ayt dedi, zikrin aytib yurdim mano.
Ishqsizlarni ko'rdim ersa yo'lda qoldi,
Ul sababdin ishq do'konin qurdim mano.
O'n birimda rahmat daryo to'lib-toshdi,
Olloh dedim, shayton mendan yiroq qochdi.
Hoy-u havas, moumanlik turmay ko'chdi,
O'n ikkida bu sirlarni ko'rdim mano.
O'n uchumda nafs havoni qo'lga oldim,
Nafs boshig'a yuz ming balo qamrab soldim.
-101-
Takabburni yerg'a urib bosib oldim
O'n to'rtimda tufroqsifat bo'ldim mano.
O'n beshimda hur-u g'ilmon qarshi keldi,
Boshin egib, qo'l qovshurib ta'zim qildi.
Firdavs otlig' jannatidin muxsir qildi,
Diydor uchun barchasini qo'ydim mano...
♦ ♦♦
Nafsing seni boqib tursang nelar demas,
Zori qilsang Olloh sari bo'yun sunmas.
Qo'lg'a olsang yobon qushdek qo'lg'a qo'nmas,
Qo'lg'a olib tun uyqusin qilg'il bedor.
Nafs yo'lig'a kirgan kishi rasvo bo'lur,
Yo'ldin ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur,
Yotsa, qo'nsa shayton bila hamroh bo'lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
Nafsing seni oxir damda gado qilg'ay,
Din uyini g'orat qilib ado qilg'ay,
O'lar vaqtda iymoningdin judo qilg'ay,
Oqil ersang nafsi baddin bo'lg'in bezor.
Fir'avn Qorun shayton so'zin mahkam tutti.
Bui sababdin yer yorildi, ani yutdi.
Muso kalim nosih bo'lib so'zlar aytti,
Quloq tutmay ul ikkisi bo'ldi murdor.
Gunohingga tavba qilib yig'lab yurg'il,
Ketarman deb yo'l boshig'a borib turg'il.
Ketganlarni ko'rub sen ham ibrat olg'il,
Ibrat olsang yotmish yering bo'lur gulzor.
-102-
Mo' min qullar dard-u holat paydo qildi,
Haq yo'lida jon-u dilni shaydo qildi,
Dunyo tashlab oxiratni savdo qildi,
Savdo qilsang hur-u g'ilmon ban tayyor.
Qul Xoja Ahmad, nafs ilgidin qilurman dod,
Pir-u mug'on bo'lgaymukin anga jallod.
Bexabadar eshitmaslar dod-u faryod,
Qon yig'lag'il, eshitsun ul parvardigor.
♦ ♦♦
...Dunyo mening degonlar, jahon molin olg'onlar,
Karkas qushdek bo'lubon, ul haromg'a botmishlar.
Mullo, mufti bo'lg'onlar, yolg'on da'vo qilg'onlar,
Oqni qaro qilg'onlar, ul tomug'ga kirmishlar.
Qozi, imom bo'lg'onlar, nohaq da'vo qilg'onlar,
Himor yanglig' bo'lubon, yuk ostida qolmishlar.
Harom yegan hakimlar, rishva olib yegonlar,
O'z barmog'in tishlabon, qo'rqub-ko'rub qolmishlar.
Totlig'-totlig' yegonlar, turlik-turlik kiygonlar,
Oltun taxtda turg'onlar, tufroq aro yotmishlar.
Mo'min qullar, sodiqlar, sidqi birla turg'onlar Dunyolig'in sarf etib, uchmog' hurin quchmishlar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|