Fizik xossalari.Vodorod hidsiz, rangsiz, eng yengil gaz. U havodan 14,5 marta yengil. Bunga ishonch hosil qilish uchun laboratoriyada vodorod olishda vodorod ajralib chiqayotgan shisha nay uchini sovun bo'tqasiga tushirilsa pufak hosil bo'lib havoga ko'tariladi.
Vodorod suvda kam eriydi (1 litr suvda 18°C da 18 ml vodorod eriydi). Vodorod ayrim metallarga yaxshi yutiladi. Vodorod eng qiyin suyuqlanadigan gazlardan biridir. U 252,8°C rangsiz suyuqlikka aylanadi. Sovitish davom ettirilsa, qattiq vodorod hosil bo'ladi.