Kofermentlar klassifikatsiyasi,vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar,tsitoxromlar.
Fermentlarning aktivligining o’lcham birligi. Fermentlarning kattaligi katallarda (kat) o’lchanadi. 1- katal bu shunday katalitik aktivlikki, u 1 sekundda 1 mol reaktsiyani amalga oshiradi. Undan tashqari solishtirma katalitik aktivlik ko’rsatkichi bo’lib, bu kattalik eng asosiy ko’rsatkichlardan bo’lib, fermentning miqdorini ham hisobga oladi. Har bir katalitik fermentning kataldan o’lchangan aktivligini ko’rsatadi. (kat/kg) Fermentlar nomenklatura buyicha 4 ta raqam bilan kodlanadi. Raqamlarning birinchisi uning qaysi sinfga mansubligini ko’rsatadi. Keyingilari sinf tarkibidagi sinfchalarga ta`luqlidir.