Mavzu: Kofermentlar klassifikatsiyasi,vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar,tsitoxromlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə4/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#44650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kofermentlar klassifikatsiyasi,vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar,tsitoxromlar.

1.Kofermentlar klassifikatsiyasi

Kofermentlar:- ko’pchillik fermentlarni aktivlashishi uchun zarur bo’lgan quyi olekulyar spetsifik birikmalar kiradi. Hozirgi vaqtda kimyoviy tarkibi va tuzilishi har хil 20 tadan ortiq modda topilgan bo’lib, ular fermentlarning prostetik gruppalari yoki kofermentlar deb ataladi. Kofermentlar nisbatan kichik molekulyar massali organik moddalar. Keyingi tekshirishlar natijasidan kelib chiqib, bir qancha kofermentlar tarkibiga vitaminlar kirishi aniqlandi. V1, V2, V6,

RR, S, biotin, pantotenat kislota, folat kislota, V12, lipoat kislota va boshqalar kiradi. Lekin yog’da eruvchi vitaminlarni kofermentlik hususiyati aniqlanmagan. YUqorida keltirilgan biologik aktiv moddalar fermentlarni aktivligini oshiruvchi kofermentlardir.

Suvda eriydigan vitaminlarga B guruh vitaminlar, biotin, xolin, P,C vitamin va boshqalar kiradi. Ularning tarkibi, tuzilishi va ta’sir etishi yog’da eriydigan vitaminlarnikiga nisbatan ancha yaxshi o’rganilgan. Ulur asosan kofermentlar sifatida metabolitik protseslarda ishtirok etadi.

Fermentlar deb organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik faol oqsillarga aytiladi. (Lotincha «Fermentum» – achitqi yoki «enzim» grekcha «en» – ichki, «zim» tomizg‘i).

Fermentlar tashqi muhitdan tushgan va organizmning o‘zida hosil bo‘lgan moddalarning o‘zgarishini amalga oshiradi. Ovqat moddalarning o‘zlashtirilishi va ularning keyinchalik ishlatilishi, yuqori molekulali birikmalardagi kimyoviy energiyaning biologik oksidlanish davrida ajralishi va hujayra hamda to‘qimalarning ularning rivojlanishi va takomillanishi davrida struktur elementlarining hosil bo‘lishi fermentlarning bevosita ishtiroki ostida boradi. Fermentativ reaksiyalar

asosida moddalarning o‘zgarishi organizm hayot faoliyatining material va energetik asosini tashkil etadi, shuning uchun fermentlar hayot jarayonlarini haraktlantiruvchilari bo‘lib hisoblanadilar Fermentlar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda nemis olimi Libaviya va golland olimi Van Gelmontlar tomonidan xususiyatlarini spirtli bijg‘ish o‘rganishda aniqlangan. XVIII asr oxirida Reomyura va Spallansiani yirtqich hayvonlarning me’da shirasida go‘shtni hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli ekanligini isbotlaganlar. 1836-yili esa Shvan me’da shirasida pepsin fermenti borligini kashf qilgan. Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida kimyoviy moddalar (fermentlar) ishtirokini ko‘rsatgan bo‘lsa, 1837-yili Payyen va Perso ularni ajratib olgan va termolabilligini aniqlaganlar. Shu yili Berselius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtiradi. M.M. Manaseina, G. Buxner

va E. Buxner bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradilar, 1894-yilda

1-rasm. Fermentlar ahamiyati. Fermentlarnngi biologiya va tibbiyotdagi

o‘rni

esa E.Fisher fermentlar spetsifikligini «qulf-kalit» nazariyasi asosida isbotlab beradi. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak yo‘lidagi fermentlar nofaol – proferment holatda bo‘lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko‘rsatadi va fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi. Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va fermentativ reaksiyalar



kinetikasini yaratishadi. 1926-yili Samner ureaza fermentini kristall holda oladi va uni oqsil tabiatligini ko‘rsatadi. 1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda – izofermentlarda bo‘lishini isbotlaydilar. 1960-yilda Fillips lizotsimni uchlamchi strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi.

Fermentlar neorganik katalizatorlardan quyidagilar bilan farqlanadi:

1. Juda yumshoq sharoitlarda faollik ko‘rsatadilar (past temperatura,

normal bosim, pHning ma’lum qiymatlari va boshqalar).

2. Kimyoviy reaksiyani juda jadal tezlashtiradilar (35-rasm).

3. Yuqori spetsifiklikka egadir.

4. Fermentlar faolligi boshqariladi.

5. Fermentativ reaksiya tezligi ferment miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir.

Fermentlar uchun xos bo‘lgan bir qator xususiyatlar ularning oqsil tabiati bilan

bog‘liqdir. Fermentlar tuzilishi. Fermentlar oqsil tabiatli bo‘lganligi uchun birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi qurilishga egadir. To‘rt-lamchi qurilishga ega bo‘lgan fermentlar bir necha protomerlardan tashkil topgan. Katalitik xususiyatga ega bo‘lgan oddiy (ferment-proteinlar) va murakkab (ferment-proteidlar) fermentlarga bo‘linadi. Murakkab fermentlar oqsil qismi (apoferment) va oqsil bo‘lmagan qismi (kofaktor)dan iborat. Kofaktor bo‘lib metall ionlari yoki organik birikmalar bo‘lishi mumkin. Apoferment va kofaktor alohida faol emasdir, ularning birikishi faol fermentni hosil qiladi va uni xoloferment deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalardir, ko‘pchilik fermentlar qizitilganda faolligini yo‘qotadi.



2-rasm.Fermentlarning faol markazi

Fermentlarning aktivligiga nihoyatda kuchli ta`sir qiluvchi ma`lum fizik va kimyoviy omillar bo’lib, ular fermentlarning aktivligini oshirsa – aktivatorlar. Оrganizmda boradigan ko’pchillik fermentativ reaktsiyalarda metallarning ionlari (K+, Na+, Mg+2, Zn+2, Cu+2) va boshqalar aktivator vazifasini bajaradi. Ular, ferment-substrat yoki koferment-apoferment komplekslari hosil bo’lishini osonlashtiradi, natijada reaktsiya tez sodir bo’ladi.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin