Mavzu: ko‘kalamzorlashtirishning regulyar uslubi ishning maqsadi


MAVZU:KLUMBA VA RABATKALARNING ISHCHI CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISH



Yüklə 27 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü27 Kb.
#200126
1   2   3
MAVZU

MAVZU:KLUMBA VA RABATKALARNING ISHCHI CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISH
Ishning maqsadi. Klumba va rabatkalarning ishchi chizmalarini ishlab chiqish bo’yicha ko’nikmalar berish.
Kerakli jihozlar. Klumba va rabatkalarning ishchi chizmalarini ishlab chiqishda qo’llaniladigan texnik vositalar, ishchi qurollar, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi. Klumba va rabatkalarning ishchi chizmalarini ishlab chiqishda gullarni turi, balandligi va manzaraviyligini xisobga olib avval qog‘ozda so‘ngra gul ekiladigan maydonga o‘tkaziladi.
Klumbalar - biror geometrik shakldagi doira, uchburchak, kvadrat, to‘g‘riburchak, romb va boshqa gulzorlarga aytiladi. Kattaligiga ko‘ra ular ulkan va kichik bo‘lishi mumkin. Maydoni 2-3 m2 dan 50 m2 gacha, ko‘p hollarda 10-15 m2 bo‘ladi. Klumbalar yuzasi odatda qavariq qilinib, markaziy tomoni ko‘tariladi,balandligi klumba diametrining 0,1 hajmidan oshmaydi. Doimiyligiga ko‘ra klumbalar bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘ladi.
Ekinlar turlariga ko‘ra ular gulli, manzarali-bargli va gilamsimon, aralash (gul-gilamsimon) bo‘lishi mumkin. Ekinlar joylashtirilishi bo‘yicha klumbalar yaxlit, bir turdagi o‘simliklarning har xil navlari yoki har xil turdagi o‘simliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Klumbalar tarkibidagi o‘simliklar joylashtirilishi, balandligi, gullar va barglar rangiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Klumbalar kompozitsiyaning markaziga joylashtiriladi. Fon sifatida gazondan foydalanish mumkin. Klumba markazi 50-60 sm, chekka qismi esa 8-10 sm gacha ko‘tariladi, har xil toshlar bilan bezatilishi mumkin. Klumbalar gulzorli va gilamsimon turlarga ajratiladi. Gilamsimonlar past bo‘yli bargli-manzarali o‘simliklardan tashkil topadi. Gulzorli klumbalar doim gullab turuvchi gullardan tashkil topadi. Klumbaning markaziga baland bo‘yli va yorqin rangli gullar, pastki qismiga esa past bo‘ylilar joylashtiriladi.









12-rasm. Klumba


Klumbalar odatda yilda 2 marta bezatiladi: bahorda va yozgi va kuzgi mavsumda. Bahorgi bezatish uchun kuz mavsumida ekilib tayyorlangan 2 yillik va ko‘p yillik o‘simliklar - piyozsimonlar; yozgi-kuzgi mavsum uchun yozgi o‘simliklar, ko‘p yillik qishlovchi va ochiq dalada qishlay olmaydigan gilamsimon o‘simliklardan foydalaniladi. Qishlaydigan gilamsimon o‘simliklar bahorgi bezatish uchun ham foydalaniladi. Klumbalar markaziga elpig‘ichsimon palma, agavalar ekish mumkin bularni qishda oranjereyaga ko‘chirib olinadi. Gulli o‘simliklardan tashqari, klumbalarni bezatishda atirgullar va gazondan foydalaniladi. Klumbalar atrofi bordyurlar eni 10-15 sm to‘siq bilan to‘siladi. Bordyurlarni yaratishda tabiiy toshlar va betondan foydalaniladi.
Gulzorni loyihalashtirishda yana o‘simlikning gullash vaqti va balandligini hisobga olish kerak. Klumbalarga faqat ko‘p yillik gullar ekilsa ularning faqat 1 yoki 2 turidan foydalaniladi. Agar bir yilliklar yoki gilamsimonlar ekiladigan bo‘lsa, ularning ko‘p turidan foydalanish mumkin. Assortimentning turli-tuman bo‘lishi tasvirga va klumbaning o‘lchamiga bog‘lik bo‘ladi. Qog‘ozda ishlangan tasvirni erga o‘tkazish uchun ishchi chizma chiziladi. Avvalambor tasvirning asosiy chiziqlari belgilab olinadi. Ushbu chizmada alohida detallarning o‘lchamlari keltiriladi.
Agar tasvir murakkab bo‘lsa uni erga o‘tkazish uchun qalin kartondan tayyorlangan trafaretdan foydalaniladi. Ekish vedomostida o‘simlik assortimenti va uning miqdori nav va shakllar bo‘yicha ko‘rsatiladi. Gullar ekiladigan maydon axlit va chiqindilardan tozalanishi kerak. Bir yillik va ikki yillik o‘simliklar uchun





13 -rasm. Klumba turlarining ko‘rinishi:
tuproqqa 30 sm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda ishlov beriladi, ko‘p yilliklar uchun esa 40-60 sm. Og‘ir va zich tuproqlar uchun yaxshi chirigan go‘ng yoki torf 25-30 kg/kv.m. miqdorda solinadi. Engil qumoq tuproqlar uchun esa 15-20 kg/kv.m. Bundan tashqari ekish oldidan mineral o‘g‘it ham solish mumkin. Maydon xaskash yordamida yaxshilab tekislanadi.

Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin