Chumoli kislota НСООН bilan natriy formiat НСООNa aralashmasi.
3,8
2.Benzoatli.
Benzol kislota С6Н5СООН bilan natriy benzoat С6Н5ООNa aralashmasi.
4,2
3.Asetatli.
Sirka kislota СН3СООН bilan natriy asetat СН3СОО Na aralashmasi.
4,8
4.Ammoniyli.
Ammiak NH4ОН bilan ammoniy xlorid NH4Cl aralashmasi.
9,2
5.Fosfatli.
Natriy digidrofosfat NaH2РО4 bilan natriy gidrofosfat Na2НРО4 aralashmasi.
6,6
Yuqоridagi kеltirilgan ma’lumоtlardan kеlib chiqqan hоlda amaliyotda bufеr eritmalar tarkibidagi kuchsiz kislоta va uning tuzi, kuchsiz asоs va uning tuzi kоntsеntratsiyalarini maqbul tarzda o’zgartirib, kеrakli pH qiymatiga ega bo’lgan bufеr eritmalar hоsil qilish mumkin.
Bufer eritmalarning vodorod ko’rsatkichi bir necha xil usullarda o’lchanishi mumkin: kolorimetrik, konduktometrik va potensiametrik.
Potensiametrik usulda pHni elektrodlardan biri (indikator bo’lib xizmat qiluvchi) vodorod ionlariga nisbatan qaytar bo’lgan, ikkinchisi esa o’rganilayotgan eritmaning xossalariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas potensialga ega bo’lgan galvanik element yordamida aniqlanadi.
Demak, bufer eritma ma`lum miqdorgacha kislota yoki ishqor qo’shilganda ham o’zining pH qiymatini saqlab qoladi.
Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
Masalan: 1 l HCI yoki ishqor 1 l ammoniyli bufer eritmaga qo’shilganda, o’zgargan pH ning qiymati 1-jadvalda keltirilgan.
1-Jadval
3. Tarkibida bir hil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.
4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi.
Masalan: 1 l 0,1 n asetatli bufer eritmaga HCI yoki NaOH qo’shilganda рН ning (o’rtacha) o’zgarishi quyidagicha bo’ladi:
0,00 - 0,02 mol HCI yoki NaOH - 0,085 рН birligi
0,02 - 0,05 mоl HCI yoki NaOH - 0,10 рН birligi
0,05 - 0,10 mоl HCI yoki NaOH - 0,28 рН birligi