Mavzu: Kompyuter extiyot qismlari savdosi Reja: Kirish


Onlayn do’kon sayti nimalardan iborat bo’ladi?



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə5/16
tarix27.07.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#137725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Loyiha ishi Kompyuter extiyot qismlari savdosi 614 20 Bahodirov Bahodirjon

Onlayn do’kon sayti nimalardan iborat bo’ladi?

  1. Saytning front qismi — foydalanuvchiga ko’rinadigan qismi. Masalan bosh sahifa, Katalog sahifasi, Mahsulot haqidagi sahifa va hkz. Sayt dizayni desak ham bo’ladi.

  2. Ma’lumotlar bazasi

  3. Boshqaruv tizimi — Admin panel. Ya’ni saytga malumot qo’shish, o’chirish, buyurtmalarni qabul qilish kabi ishlarni bajaruvchi qismi. Bu administrator yoki operator uchun bo’lib, parol va login bilan kiriladi.



Ana endi qanday usullar borligini ko’rib chiqamiz…
1. Hammasini 0 — noldan boshlab yaratish usuli.
Juda ko’p saytlar (shu jumladan onlayn do’konlar ham) PHP dasturlash tilida yaratilgan. Hali bu hammasi emas. PHP’ga asoslangan framework (kutubxona) ham alohida mavzu. Demak PHP tilida tayyorlash aniq bo’lgach endi framework tanlanadi. ( Framework — bu oddiy aytganda, tayyor kod jamlamalari deyish ham mumkin). Keng tarqalgan frameworklardan Laravel, Yii, yoki Codeigniter yoki boshqalar bor. Bu yerda ham bir narsani unutmang. Dasturchi degani hammma dasturni biladi degani emas. Hatto PHP tilida ishlovchi dasturchilarni ham o’z yo’nalishi bor. Kimdurlar faqat Laravel frameworkida ishlashni afzal ko’rsa boshqasi o’ziga yoqqan usulni afzal ko’radi. Demak kerakli framework tanlanadi, va shu asosda ish boshlanadi.
Hammasini (0) noldan boshlab tayyorlashning afzal tomoni shundaki, siz o’zingiz istalgan qo’shimchani istalgan shaklda kiritishiz mumkin. Yana sayt to’liq o’z xohishingiz kabi bo’ladi.
Faqat uni avvaldan puxta rejalash kerak.
Yomon tarafi esa: ko’proq vaqt va pul sarflaysiz. Axir hamamsini o’zingiz qilasiz yoki dasturchiga qildirasiz. Yaratish davomida turli xatoliklar chiqishi mumkin.


Hammasini 0-noldan boshlab yaratish bosqichlari.
Bu usulda yaratishning o’ziga xos bosqichlari bor: Avval veb dizayner yollaysiz va bo’lajak saytingizning tashqi ko’rinishini har bir sahifasigacha chizasiz. Ammo hozirda tayyor dizayn kutubxonalar bor — ya’ni avvaldan chizilgan sayt elementlari. Tayyor dizayn kutubxonalari yoki UI Kit deb ham ataladi. Masalan: https://ecommerce-uikit.com
Bu esa dizayner vaqtini 80% tejaydi, va zamonaviy standartlarga javob beradi.
Demak veb-saytingiz tashqi ko’rinishi batafsil chizilgach, endi uni html/css kodga aylantirish lozim. Bu jarayon “verstka” deb ham ataladi. Yoki html shablon yaratish — deb ham ataladi
Shu o’rinda bilib qo’yishingiz lozim. Hozirda internetda tayyor html shablonlar juda ko’p. Har birini o’ziga xos ko’rinishi — dizayni bor. Agar tayyor html shablondan foydalansangiz u holda dizayner yollashga hojat yo’q.
Bu kabi shablonlarni internetdan ko’plab topish mumkin: Masalan: https://themeforest.net/category/site-templates?term=ecommerce
Muammo shundaki, bularning tashqi ko’rinishini o’zingizga moslash biroz mushkul bo’lishi mumkin, Agar maqul shablon topsangiz unda omad… Shu o’rinda o’zim tayyorlagan html shablonni ham eslatib o’tmoqchiman:
https://bootstrap-ecommerce.com
Buning boshqalardan farqi, o’zingizga moslash juda oson. Qolaversa, rangi va strukturasini osonlikcha moslab olasiz. Xuddi LEGO kabi tayyor bloklardan iborat. Buning uchun Bootstrap, CSS va SASS ni bilish yetarli (Deyarli barcha web dasturchi bularni biladi).
Yoki https://bootstrap-ecommerce.com/templates.html
Bu yerda ham tayyor html shablonlar ham bor.
Bu bilan ish tugamaydi. Saytni boshqaruv qismi ham yaratiladi. Ya’ni Admin panel. Bu saytni admin yoki operator tomondan boshqarishni qulaylashtiradi.
Xullas bu usulda yaratish jarayoni to’liq sizni ixtiyoringizda. Faqat pul, vaqt va tajribali dasturchi topilsa bas. Hammasi hal bo’ladi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin