NERV (ASAB) SISTEMASI
Bosh sahifa
Nerv sistemasining ahamiyati
Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv
sistemasining
birinchi funksiyasi
odam organizmining barcha hujayra,
to'qima, organlari va sistemalarining
ishini boshqarish, tartibga solish
hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat.I.
P. Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini uning
quyi funksiyasi
deb
atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh
miyaning quyi qismlarida
(uzunchoq, o'rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari
bajaradi.
Nerv sistemasining
ikkinchi funksiyasi
shundan iboratki, u
odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini,
Nerv sistemasi
Sezgi a`zolar
Ovqat hazim qilish
Nafas olish
Qon aylanish sistemasi
Tayanch - harakatlanish
sistemasi (muskul, suyak)
Ayirish
Ko`payish va rivojlanish
Ichki sekretsiya bezlari
Teri
Mehmonxona
muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashllvini ta'minlaydi. Tashqi
mllhit ta'sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida
odamda paydo bo'lgan fikrlash,
fikni bayon etish, bilim olish, hunar
o'rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham
nerv sistemasining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi.Pavlov nerv
sistemasining bu funksiyasini oliy nerv jaoliyati deb atagan. Nerv
sistemasining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim
sharlari va uning po'stloq qismida) joylashgan nerv markazlari
bajaradi.
Nerv sistemasining tuzilishi
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv
sistemasi.
Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi,
harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqa¬digan 12 juft
nervlva hamda umurtqa pog'onasi
atrofida va ichki organlarda
joylashgan nerv tugunchalari kiradi.
Markaziy nerv
sistemasiga orqa va
bosh miya kiradi (1 - rasm). Markaziy nerv sistemasining segmentar,
ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni
uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha
kiradi. Markaziy nerv sistemasining yuqori, ya'ni segment usti qismiga
bosh miya yarim shar¬lari va ularning po'stloq qismi kiradi.
Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi:
somatik va vegetativ nerv sistemasi.
Somatik nerv sistemasi o
dam
tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi
ichki organlar (nafas olish, qon aylanish,
ovqat
hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari
ishini boshqaradi.