Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi
kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi
30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv
hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi,
lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi.
Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta
qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi.
O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa
miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va
bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki
qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan
pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori
qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining
dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin
qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum
qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan:
tashqi qismi
oq odda , ichki qismi
kulrang moddadan tuzilganligi
ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak yoki H harfiga o'xshash
bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq moddasi
nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular orqa miyaning turli
segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning
nerv hujayralari bilan tutashtiradi. nervva tolalari orqa va bosh miya
nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish funksiyasini
bajaradi.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, va bir juft
orqa bir juft shoxlari bo'ladi.
Плагин "Adobe Flash
Player" больше не
поддерживается.
1-rasm. Nerv sistemasining umimiy ko`rinishi. 1 - Bosh miya, 2 - orqa miya, 3-
Orqa miyadan chiqqan nerv tolalari.