Fraktalgrafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ulami sistemalaridan hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalargina saqlanadi.
Tenglamalarga oid o‘lchamlar o‘zgartirilib tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlami avtomatik yaratish uchun qoMlaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlami modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda ko‘proq qo‘llaniladi.
Fraktal grafika bilan ishlaydigan dasturlarga Mathcad, Autocad kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.
Kompyuter tizimlarida ranglarni taqdim etish usullarini o’rganish uchun avval ba’zi umumiy jihatlami ko’rib chiqamiz.
Rang-bu bizning Yorug’lik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir. Nur yoki rang bilan tadqiqodchilar azaldan qiziqib kelganlar. Bu sohadagi olamshumul yutuqlardan biri Isaak Nyutonning oq Yorug’lik nurining tashkil etuvchi qismlarga ajratilishi bo’yicha 1666 yilda o’tkazgan tajribalaridir. Ilgari oq nur eng sodda nurdir degan tasavvur mavjud edi. Nyuton buni inkor qildi. Nyuton tajribalarining mohiyati quyidagicha. Oq Yorug’lik nuri (quyosh nuridan
foydalanildi) uchburchakli shisha prizmaga yo’naltirildi. Prizmadan o’tgan nur sinib, ekranga yo’naltirilganda ranglar sohasi-spektmi hosil qildi. Spektrda asta-sekinlik bilan biridan ikkinchisiga o’tuvchi kamalakdagi barcha ranglar mavjud edi.Bu ranglar boshqa qismlarga ajralmaydi. Nyuton spektrni yaqqol namoyon bo’ladigan har xil ranglarga mos keluvchi yetti qismga ajrashdi. U ushbu yetti rangni ya’ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k va binafsha ranglami asosiy ranglar deb hisobladi. Ranglar nega yetti xil? Ba’zi kishilar buni Nyutonning yetti sonining sirli xususiyatiga ishonganligi bilan tushuntiradilar.
Nyuton tajribalarining ikkinchi qismi shunday bo’ldi. Prizmadan o’tgan nur ikkinchi prizmaga yo’naltirildi. Bu ikkinchi prizma yordamida yana oq nur olish imkoni bo’ldi. SHunday qilib, oq nur ko’plab boshqa nurlarning qorishig’idan iborat ekanligi isbotlandi. Yetti xil asosiy nurlami Nyuton halqa bo’ylab joylashtirdi
Nyuton ba’zi nurlar asosiy nurlarning ma’lum nisbatdagi aralashmasi sifati hosil bo’ladi, deb faraz qildi. Agar ranglar xalqasi asosiy ranglar chegarasidagi nuqtalarga aralashmadagi o’sha rang miqdoriga teng yuk ossak, unda yig’indi nur og’irlik markaziga mos keladi. Oq nur rang xalqasining markaziga to’g’ri keladi. Ranglar tadqiqotini keyinchalik Tomas Yung, Djems Maksvell va boshqa olimlar davom etkazdilar. Insonning nurlami idrok etishini o’rganish anchagina muhim masala bo’ldi, ammo asosiy e’tibor nurning ob’ektiv xususiyatlarini tadqiqetishga qaratiladi. Hozirgi paytda fiziklar yomg’lik nuri ikki xil xususiyatga ega, deb hisoblaydilar. Bir tomondan, yomg’likning Xristian Gyuygens tomonidan 1678 yilda olg’a surilgan to’lqin nazariyasi yordamida yorug’lik