Kompyuter grafikasi - bu, awalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlaming o‘ziga zeb berishda ham juda keng qoTlaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlaming real uch oTchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun
hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko‘rilayotgan masalaning asosiy o‘lchaminigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin.
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o‘qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o‘ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo‘llanilishi keyingi paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari, badiiy asarlaming paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo qilmoqda. Diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasawur qilish qiyin bo‘lib qoldi.
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrii grafika, vektorii grafika va fraktal grafika.
Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Computer graphics are pictures and movies created using computers - usually referring to image data created by a computer specifically with help from specialized graphical hardware and software. It is a vast and recent area in computer science, computer graphics include user interface design, sprite graphics, vector graphics, 3D modeling, shaders,
(8. BarBaraZukinHeiman. PH.D. and others Practical Photoshop® CS6, Level 1Copyright © 2009-2012 by. 53 pg.)
Rastrii grafi ka. Rastrii grafika nuqtalar yordamida (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish qobiliyati kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim rol o‘ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi.
A large form of digital art being pixel art is created through the use of raster graphics software, where images are edited on the pixel level. Graphics in most old (or relatively limited) computer and video games, graphing calculator games, and many mobile phone games are mostly pixel art.
(8. BarBaraZukinHeiman. PH.D. and others Practical Photoshop® CS6, Level 1Copyright © 2009-2012 by. 53 pg.)
Odatda, bunday ko‘rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi hal qilish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu o‘lcham dpi (dots per inch - nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. 15 dyuymli (1 dyuym=2,54 sm) monitorda ekran o‘lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasida rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo‘ladi. Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta o‘rtacha rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 min bayt joyni egallaydi. Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvimi masshtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib bo‘lmaydigan darajaga borishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. Nashrlarda turli illyustratsiyalami yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalmoqda, ammo ulaming baholari hozircha qimmat) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlaming aniqroq ko‘rinishida bo‘lishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, Intemetda rastrli grafika keng tarqalgan bo‘lib, u bilan ishlash uchun ko‘pincha
«Adobe Photoshop» dasturidan foydalaniladi.
«Adobe Photoshop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘lami o‘chirish va eski rasmlami qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlami ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, suratdagi ranglami o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe PhotoShop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jumallami turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
«Adobe Photoshop», ayniqsa jurlanistlaming, rassomlaming ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jumalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslaming mazkur programma bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlami yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: |