Reja: Kompyuter grafikasi haqida malumot
Mavzu:Kompyuter grafikasida ishash.
Reja:
1. Kompyuter grafikasi haqida malumot
2. kampyuter grafikasi turlari.
Axborotning asosiy qismini inson ko`rish a`zolari orqali oladi. Ko`rgazmali axborotning o`zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob`ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko`rinishidatasvirlanadi.
Operatsion tizimning barcha grafik ob`ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo`l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko`p tarqalgan qurilma bu skanerdir. So`nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo`llanish ko`lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo`l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo`yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma`lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo`yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o`tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshibilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma- ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o`zida ham xosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob`ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob`ektlar o`rtasida bog`lanish o`rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko`pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar qo`llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.
Kompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmui sifatida aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi piksel deb ataladi. Ekrandagi tasvirning biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to`g`ri to`rtburchak shakliga egaligini ko`rish mumkin. Piksellarning ekranda joylashishini shaxmat doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli jadvalga o`xshatishmumkin.
Demak, piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi jadval (matritsa)ni tashkil etar ekan. Monitor turiga qarab matritsa o`lchamlari piksellarda 640x480, 800x600, 1024x768, 1600x1200 kabi bo`lishi mumkin.
Matritsa o`lchami ekran o`lchamiga bog`liq bo`lmaydi. Bir xil o`lchamli ekranda matritsa o`lchami qancha katta bo`lsa, uni tashkil etuvchi nuqtalarning o`lchami shuncha kichik bo`ladi. Ya`ni, ekrandagi tasvirning sifati ham yaxshi bo`ladi.
Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati
tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim.
Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi.
Tasvir imkoniyati bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birgasaqlanadi.
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar miqdoridir. Ya`ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oq- qora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi.
Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya`ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir.
Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 bitliga nisbatan 2 marta kattabo`ladi.
Indekslangan rangli tasvir.
Paint grafik muxarriri rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
Ayrim xollarda Paint yorlig`i WINDOWS ish stoliga ko`chirilgan bo`ladi. Bunday xolda Paint yorlig`i ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so`ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi (1.1-rasm). U bir necha soxalardaniborat.
Oynaning asosiy qismini ish soxasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan (1.2-rasm). Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo`shimcha sozlash uchun darcha paydo bo`ladi.Ranglar palitrasi ranglari o`zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o`zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib, tugmachasini bosish kerak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o`ng tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o`zgaradi(1.3-rasm).
Dastur oynasining umumiy ko`rinishi bilan yuqorida tanishib chiqqan edik (1.1-rasm). Endi muxarrirning asosiy menyusi bilan tanishamiz.
Paint grafik muxarririning meнyusi quyidagi bo`limlardan iborat:
«Файл» (Fayl), «Правка» (To`g`rilash), «Вид» (Ko`rinish), «Рисунок»
(Tasvir), «Палитра» (Ranglar), «Справка» (Ma`lumot).
Menyuninng dastlabki ikki bo`lim bandlari WINDOWS-98 amaliy dasturlari uchun umumiy bo`lgan vazifalarni bajaradi.
«Fayl» (Fayl) bo`limi bandlari quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan.
-Yangi tasvir yaratish;
-Joriy tasvirni ochish;
-Tasvirni saqlash;
-Yangi nom bilan saqlash;
-Skanerdan yoki kameradan tasvir olish;
-Tasvirni umumiy korish;
-Sahifa olchamlarini ornatish;
-Tasvirni chop etish;
-Tasvirni jonatish;
-tasvirni ishchi stolga ornatish;
-Tasvirni ishchi stol markaziga ornatish;
-Oxirgi fayl;
-Fayldan chiqish.
«Правка» (To`g`rilash) bo`limi tasvirlar ustida turli amallar bajaradi.
Oldingi buyruqni bekorqilish;
Oldingi buyruqnitakrorlash;
Belgilangan ob’ektni qirqibolish;
Belgilangan ob’ektdan nushaolish;
Belgilangan ob’ektnio’rnatish;
Belgilangan qismnitozalash;
Barcha qismni belgilash.
Faylganushalash;
Fayldan tasvirolish.
«Вид» (Ko`rinish) bo`limida «Набор инструментов» (Uskunalarmajmuasi),
«Палитра» (Ranglar palitrasi), «Строка состояния» (Holat satri), «Панел атрибутов текста» (Matn atributlari paneli) va «Посмотрет рисунок»
(Tasvirni ekranda ko`rish) qismlari mavjud bo`lib,ularning yordamida turli amallarni bajarish mumkin. Masalan, matn xarflarini tanlash va o`lchamlarini o`zgartirish uchun «Панел атрибутов текста» (Matn atributlari paneli)ga murojaat etiladi Рисунок» (Tasvir) bo`limi ko`magida tasvirni akslantirish, 90°, 180° va 270° ga rasmni burish (aylantirish) va og`dirish amallari bajariladi. Tasvirning o`lchamlari va ranglanishi «Атрибуты» (Atributlar) bandi yordamida bajariladi (6.7-rasm).
Palitra bo`limida tasvirlarning ranglanishida qizg`ishlik, ko`kishlik, yashillik darajasi va yorqinligi belgilanib, «Добавить в набор» (Tuplamga qo`shish) tugmasi yordamida yaratilgan yangi rang ranglar palitrasi tarkibiga qo`shiladi
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |