Mavzu: Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü95,51 Kb.
#179957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari

Minnesotning ko’pfaktorli shaxsiy so’rovnomasi (qisqacha – MMPI) turli xil psixologik o’zgarishlari bo’lgan kishilarga muljallab yaratilgan, validlashtirilgan va normallashtirilgan edi. Amaliyotda esa, u shaxsning klinik tashxisi uchun muvaffaqiyatli foydalanilayotgan edi. Ammo ushbu test mohiyatida bu kabi nozik tomonlar unchalik ko’zga tashlanmaydi.Chunki professional jihatdan tayyor bo’lmagan kishi mazkur testni umumpsixologik shaxsiy test sifatida qabul qilishi mumkin. Lekin, undan insondagi mavjud sifatlarning shakllanish darajasinini aniqlash, jumladan, mashqlar uchun zarur bo’lgan faoliyatning turli ko’rinishlarini o’rganishga foydalanish imkoniyatlari ko’rinadi. Shuningdek, bu testlar shaxsdagi biror professional layoqatlilikni, aniqrog’i boshqaruvchilik xususiyatini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Amerikada boshqaruvchi bo’lib ishlayotgan kishilar guruhi MMPI testi yordamida tadqiq qilinadilar olingan ko’rsatkichlar belgilangan tizimga solinadi va ular yo’riqnomada ko’rsatilgan tartib atrofida yoki tashqarida bo’lishiga qarab sinaluvchilarni professional layoqatliligi haqida xulosa chiqariladi. O’tkaziladigan tadqiqot professional darajada tayyorgarligi bo’lmagan kishi hamda malakali mutaxassis uchun ahamiyatli hisoblanadi. Chunki, bundagi tartib va normalar sinaluvchining biror faoliyatga layoqatligini emas, balki sog’liq holatini aks ettiradi. Natijada, psixik jihatdan sog’lom har qanday kishida professinal boshqaruvchanlik layoqati mavjud ekanligi tan olinadi.
Muhimi, professional psixodiagnost, kishilarni o’ziga qarata olishi va ularda ishonch hissini uyg’ota bilishi talabga rioya qilishi kerak lozim. Chunki, nazariy bilimlarsiz ushbu talablarning yo’lga qo’yilmasligi ko’zlangan maqsadga erishishni usullarini murakkablashtiradi. Shu bois, ko’plab psixodiagnostik testlar blankali metodlardan iborat bo’lib, ular inson ongiga ta’sir etishga qaratilgan qator savollardan tashkil topgan. Agar sinaluvchi ruhan tayyor bo’lmasa va psixologga nisbatan ishonch hissini shakillantirmasa, ushbu savollarga sitqidildan javob bermaydi. Bundan tashqari u o’z shaxsiga nisbatan mulozamatni his etmasa umuman javob bermasligi ham mumkin. Natijada sifatli tadqiqot o’tkazish imkoniyati cheklanadi.
Metodikalarni qo’llashdagi eng muhim talab – mutaxassisning o’zi barcha psixodiagnostik usullar va ularni o’tkazish texnologiyasini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi lozim.



Yüklə 95,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin