Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma'noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqelik , xodisa yoki ob'ekt to'g'risida ma'lumotlarni o'zida jamlagan ma'lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi web saytlardan iborat bo'lsa, web saytlar esa o'z navbatida sahifalardan iborat bo'ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo'lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so'zining o'zbekcha
talaffuzi. Umumjaxon o'rgimchak to'ri ma'lum axborotni topish mumkin bo'lgan va noyob URL manzillar
bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil web-saytning bosh sahifasi manzilini ko'rsatadi. O'z
navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud
bo'ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratil ib, matn, grafik,
dastur kodi va boshqa ma'lumotlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Web -saytni ochish uchun brouzer
dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli web saytning manzili kiritiladi. Web -sayt shaxsiy,
tijorat, axborot va boshqa ko'rin ishlarda bo'lishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |