Kompyuterning tarixi bir necha yillarga borib taqaladi. Kompyuterlarning beshta mashhur avlodi mavjud. Har bir avlod kompyuterlarning funksiyalarini o‘zgartiradigan bir qancha texnologik yutuqlarga guvoh bo‘ldi. Kompyuterlar hayotning barcha sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Kompyuterning arxitekturasi odatda foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar to‘plami bilan belgilanadi.
Kompyuter va uning asosiy qismlari
Kompyuter (ingl. Computer) - bu, EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilinganda hisoblovchi yoki hisoblayman degan ma’noni anglatadi.
Shaxsiy kompyuter (ing. personal computer) - shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, narxi, hajmi va imkoniyatlari ko‘p odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan kompyuter hisoblanadi va hisoblash mashinasi sifatida yaratilgan kompyuterdir.
Noutbuk (ingl. laptop) - shaxsiy kompyuterning odatiy komponentlari,
jumladan displey, klaviatura va ishora qiluvchi qurilma (odatda sensorli panel), shuningdek batareyalar birlashtirilgan ko‘chma shaxsiy Kompyuter hisoblanadi. Noutbuklar hajmi va og‘irligi jihatidan kichik va noutbuklarning batareya quvvati 1 soatdan 15 soatgacha o‘zgarib turadi.
Shaxsiy kompyuterlar funktsional kompyuter uchun zarur bo‘lgan barcha komponentlarni o‘z ichiga oladi.
Tizim bloki - bu tizimning asosiy komponentlarini o‘z ichiga olgan kompyuterning asosiy komponenti hisoblanadi. Bunga asosiy mantiqiy plata,
protsessor, xotira, har xil turdagi bir yoki bir nechta disk drayverlari,
kommutatsiya quvvat manbai, simlar va kabellarni ulash kabi qurilmalar kiradi. Tizim blokida audio, video, tarmoq va boshqa funksiyalarni ta’minlash uchun kengaytirish platalari ham mavjud.
Klaviatura - kompyuter kiritish qurilmasi bo‘lib, klaviatura tizimga belgilar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladi.