Konstitutsiya loyihasida O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ladi.
Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur. Bunga ko‘ra, inson va davlat o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinadi. Konstitutsiyada davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi mustahkamlanmoqda. Qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga o‘z roziligisiz yuklatilishi mumkin emasligi qayd etilyaptiki, ushbu norma odamlar hayotini yanada yengillashtiradi.
Hujjat loyihasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bu norma fuqarolarimizning doimiy ravishda davlat himoyasida ekanligiga ishonchini mustahkamlashga, o‘z yurtidan chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqda. Xususan, O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanmoqda. O‘lim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilanyapti. Ya’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog‘liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan “Xabeas korpus” institutini qo‘llanish ko‘lami yanada kengayadi.
Birinchi marotaba har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligi mustahkamlanmoqda. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasi nafaqat milliy qonunchilikda belgilangan normalar, balki xalqaro huquq asosida ham himoyalanishini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari, har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga egaligi qayd etilmoqda.
Asosiy qonunning 93-moddasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir” deb belgilab qo‘yilganligining shohidi bo‘lamiz. Bu me’yor mamlakat rahbarining har bir inson haq-huquqlari uchun shaxsan kafil ekanligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va mustaqillik yillarida qabul qilingan barcha qonunlarimiz, olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga, himoya qilishga yo‘naltirilgan. Shu ulug‘ maqsad yo‘lida davlatimiz umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanib, fuqarolarimizning erkinliklari, huquq va qonuniy manfaatlarini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Istiqlol yillarida Yurtboshimizning tashabbusi va bevosita rahbarligida milliy qonunchiligimizda nafaqat inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki insonparvarlik tamoyillari ham kuchaytirildi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq Inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi ratifikatsiya qilindi va undagi insonparvar mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy me’yorlariga aylandi. Har bir insonning o‘z haq-huquqlarini bilib olishi uchun yetarli sharoitlar tashkil qilindi. Shuning uchun ham davr o‘tishi bilan biz Konstitutsiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz va unga bo‘lgan hurmat-e’tiborimiz tobora ortmoqda. Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligi, Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanganidir. Mamlakatimizda Konstitutsiyaning ustuvoriligini ta’minlash, ya’ni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga yuklatilgan.
Shuningdek, agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa, fuqarolar va yuridik shaxslar qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir. Muxtasar qilib aytganda Konstitutsiya - taraqqiyot garovi. Demak, qonunlarga qat’iy amal qilsak, davlat va jamiyat oldidagi burchimizni ado etgan, qolaversa mamlakatimizni gullab yashnashiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasi dunyoda eng ko’p davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan BMT bitimi bo’lib, u butun jahondagi bolalarning hayotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida qaror qabul qildi.
Ijtimoiy jihatdan zaif bo’lgan bolalarning ehtiyojlarini ta’minlash borasidagi yana bir muhim tavsiya bolalar ijtimoiy himoyasiga yo’naltirilayotgan moliyalashtirish qamrovini kengaytirishdir. Kam daromadli oilalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy islohotlar davom etayotgan pallada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda istaymizmi yòqmi har birimiz tug’ilishimiz bilan avvalo hozirgi darajagacha yetib kelishimiz orasida bolalik degan beg’ubor davrdan òtishimizga tòg’ri keladi. Shu davrni kimdir quvonch , òyin-kulgu bilan òtqazsa, kimdir urush, jaholat botqog’ida òtqazmoqda hozrgi kunda. Men shuni istardimku dunyoga kelgan har bir bola ushbu davrdan quvonch ila òtishini. Bu borada bizning Respublikamizda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:1 Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi."Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya va uning fakultativ protokollari" 2. Interner Maqolalar