Bu qarashlarga slotlarning hozirgi ahamiyatini tasvirlovchi ayrim obʼektlar joylashadi. Munosabat (aloqa)lardan tashkil topgan freymlar toʼplamining yigʼib freymlar sistemasini qurish mumkin. Ular freymlar orasidagi munosabat aloqalarini
tanlaydi. Аgar boshqa freymlarga murojaat qilinayotganda slotlar nomlari hisobga olinmasa u holda bir jinsdagi freymlar tarmogʼi hosil boʼladi. Аks holda bogʼlanishlar qaysi slotlardan hosil boʼlgan boʼlsa, shu slotlarning nomlari bilan deb ataladi va freymlar bir jinsli boʼlmaydi. Bundan koʼrinadiki freymlar tarmogʼida biror bir semantik tarmoqga oʼtish va teskarisiga oʼtish hech qiyin emas.
Freym - bu kandaydir standart situasiya uchun muljallangan maʼlumotlarni deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq koʼrinishida koʼrsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning maʼnosini namoyish yetadi va har qanday sharoitda chin qiymatga yega boʼladi. Pastki tabaqa konkret informasiya bilan toʼldirilgan slotlar bilan toʼldiriladi. Har bir slotni shart-sharoitining taʼsiri boʼladi. Freymlarni quyidagi konstruksiya bilan ifodalash mumkin:
F=[,…]
bu yerda, F-freym nomi, ri-slot nomi, bi-slotning qiymati. Freymlar sistemalarida informatsion qidiruv sistemalari bilan bogʼlangan. Аgar, sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa freymni oʼz ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarni asosiy xossalarini koʼrib chiqamiz:
1.Bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obʼektlarini oʼz ichiga oladigan freym. Lekin holatini oʼzgartirganda yana yangi freymlarni qurishga toʼgʼri keladi. 2.Ierarxik strukturaga ega boʼlgan freymlar sistemasi. Ierarxik strukturaning ayrimligi atributlar haqidagi informasiya yuqori bosqichda joylashgan boʼlib, past tabaqadan hamma freymlar bilan bogʼlik boʼladi.
3.Freymli sitemalarda xulosalarni chiqarish. Freymli sistemalarda uch turdagi xulosa chiqarish bosqichi ishlatiladi.
1. Oʼxshash qoidalar toʼplamini aniqlay oladigan, ham qoidalar toʼplamiga oʼzgartirish kiritishda yoki qoidalar oʼrtasidagi munosabatlarni aniqlashda foydani boʼladigan qoidalar moduliga asoslangan ES larni bilimlar bazasini hosil qilishda toʼskinlik qiladi.