4. Maʼlumotlar tipi koʼrsatkichi slotning son qiymatiga yegaligini koʼrsatadi yoki
boshqa freymga koʼrsatkich boʼlib xizmat qiladi. Maʼlumotlar tipiga quyidagilar kiradi: FRAME (koʼrsatkich), INTEGER (butun), REAL (xaqiqiy), BOOL (bulь toifa), Linked (bogʼlangan protsedura), TEXT(matn), LIKT(roʼyxat), TАBLE(jadval), YeXRREKKION (ibora) va boshqalar.
5. Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slotmaʼlumotining koʼrsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqarishajara shartlarini bajarishi kerak.
6. Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-АDDED, IF-REMOVED va hokazo demon
tiplarini aniqlashni beradi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik
yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. Bundan tashqari demon boʼglangan protseduralarning turli xilligidir.
7. Bogʼlangan proseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi programmani ishlatish mumkin. Freym qiymatlarini koʼrsatish modelida protsedurali va deklarativ qiymatlar birlashadi deganimizda demonlar va bogʼlangan protseduralarni protsedura qiymatlar deb hisoblaymiz.
Blimlarni tasvirlashda Freym modeldan foydalanib, quyida keltirilgan xolatlarning munosibat strukturalarni keltiring:
Hayvonot dunyosini tashkil yetuvchilari: koʼrinishi, tipi, atrof-muhit.