Umumiy holatdagi ko‘pyoqliklarning o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash uchun har ikkala ko‘pyoqlikni qulay chizig‘i bo‘yicha kesadigan qilib kesuvchi tekislik tanlanadi. 14-shakl, a) da umumiy holda joylashgan ikkita uchburchakli prizmalar (qirralari (a1b1c1; a2b2c2) va (d1e1f1; d2e2f2)) ni o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash keltirilgan. Kesuvchi tekislik har ikkala prizmani qirralariga parallel holda kesadigan qilib tanlanishi kerak. Buning uchun ixtiyoriy M(M1;M2) nuqta orqali ||(a,b,c) va t||(d,e,f) o‘zaro kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan aniqlanuvchi tekislik o‘tkaziladi. Proyeksiyalarida 1|| a1, t1|| d1, 2|| a2, t2||d2. Bu umumiy vaziyatdagi tekislikning gorizontal,ya’ni ko‘pyoqliklarning asos tekisligidagi izi NH topiladi. Bu tekislik kesuvchi tekisliklarning yo‘nalishini aniqlaydi. Prizmaning C(C1) qirrasi orqali NCH||NHo‘tkazamiz va ikkinchi prizma asosida 10 va 20nuqtalarni belgilab, d1 qirraga parallel chiziq chizamiz. Bu chiziqlar C qirraning gorizontal proyeksiyasi C1ni mos ravishda