Ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini yasash usullari
Injenerlik praktikasida ko‘pyoqlik shaklidagi havo so‘rish trubalari va patrubkalar yasashda ularning yoyilmasini yasash usullarini bilish juda katta ahamiyatga ega.
Ko‘pyoqlik sirtning yoyilmasi uning har bir yog‘ining haqiqiy kattaligini yasab, ular bir tekislikda yonma-yon joylashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi va shu asosda andoza tayyorlanadi. Ko‘pyoqlik yoqlarning va boshqa barcha aniqlovchilarini, ya’ni qirralar orasidagi burchaklarni, qirralarning haqiqiy kattaligini topish zarur bo‘ladi. Ko‘pyoqliklar yoyilmasini yasashni ikki usuli: uchburchak usuli yoki triangulyatsiya usuli va normal kesim usuli mavjuddir.
Uchburchakli og‘ma piramida (SABC)ning yoyilmasini bajarish 10-shaklda keltirilgan. 10-shakl, a) da piramida qirralarining haqiqiy kattaliklarini (S2A2'; S2B2' va S2C2') topish piramida uchidan o‘tuvchi vertikal o‘q atrofida aylantirib topilgan. Piramida qirralarining gorizontal proyeksiya (S1A1; S1B1 va S1C1)lari, S1≡O1, nuqta atrofida frontal tekislikka parallel holga kelgunga qadar aylantirilgan. 10-shakl b) da topilgan haqiqiy kattaliklar asosida berilgan piramidaning yoyilmasi bajarilgan.
a) 10-shakl b)
Uchburchakli to‘g‘ri prizmani yoyilmasini bajarish 11-shakl, a) va b) da keltirildi. Agar prizma proyeksiya tekisliklariga nisbatan og‘ma holatda joylashgan bo‘lsa, u holda qirralarning haqiqiy kattaliklari proyeksiya tekisliklarini almashtirish usulida topilib, uni normal tekislik (qirralarga perpendikulyar) bilan kesib so‘ngra yoyilmasi bajariladi. 11-shaklda ABC asosi qirralarga perpendikulyar bo‘lgani sababli u normal kesimdir.
a) 11-shakl b)
Savollar:
Ko‘pyoqlikning tekislik bilan kesishuv chizig‘i qanday yasaladi?
Ko‘pyoqlikning to‘g‘ri chiziq bilan kesishuv chizig‘i qanday topiladi?
Ko‘pyoqlik sirtlarini yoyilmasi qanday bajariladi?
Tayanch tushunchalar:
Triangulyatsiya usuli;
Normal kesim usuli.
KO‘PYOQLIKLARNING O‘ZARO KESISHISH CHIZIG‘INI YASASH
Reja: Ko‘pyoqliklarning o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash usullari, qirraning yoq bilan va yoqlarning o‘zaro kesishuvini topish usuli. Ananyev to‘ri.
Dostları ilə paylaş: |