Kameral ishlar vaqtida dala materiallari qayta ishlani tafsilotli topografik plan, joyning sonli modellari yaratiladi. Dala ishlari bo’yicha hisobotlar yoziladi. Ushbu bosqichda EXM, streofotogrammetrik hamda avtomatlashtirilgan GIS vositalari qo’llaniladi.
Rejalash to’rlari ko’prik yoki yo’l o’tkazuvchi inshootlarni loyihadan joyiga ko’chirishda, markaziy ustunlarni nazorat etishda asos vazifasini o’taydi. Ko’priklarni rejalash to’rlari davlat geodezik to’rlaridan tomonlarining masofalarini kichikligi (0,2-0,5 dan 1-2 km gacha), o’lchash aniqligi yuqori bo’lishligi bilan farqlanadi.. Burchak o’lchashlarda o’rtacha kvadratik xatolik 1,5-211, planli geodezik to’rlarning shaxobchalarini holati ± 6 mm yo’l qo’yishimiz mumkin bo’lgan xatolikdan oshmasligi talab etiladi.
Ko’prik va yo’l o’tkazuvchi inshootlarni rejalash to’rlari triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya usullarida hamda joy sharoitni hisobga oluvchi, rejalash ishlarida maksimal qulaylikka ega bo’lgan maxsus tuzilmalar shaklida tuziladi.
Ko’prik triangulyatsiyasining shakli ikkilangan to’rtburchak va ikki o’lchangan v1 va v2 asoslardan tashkil etiladi. Ko’prik rejalash to’ri AV ko’prik o’qi va tayanch markazlarini rejalash uchun SD va YeG asoslarini o’z ichiga oladi To’r burchaklar tutashtirish usuli bilan barpo etilib, asoslar ko’prik o’qiga paralel etib olinadi.
Ko’priklar va suv o’tkazuvchi inshootlarning rejalash to’rlari:a-triangulyatsiya; b-trilateratsiya; v-asosli uchburchakdagi chiziqli-burchakli to’r; g-poligonometriya
Ko’prik trilatereriatsiyasi xuddi triangulyatsiya kabi ikki to’g’ri burchak shaklda asos qilib olinib, to’rlarning barcha tomonlarini uzunliklari o’lchanib barpo etiladi
Ko’prik poligonometriyasininingto’rining rejalash asoslari bir-biriga parallel qilib olingan qo’shimcha o’qlar ko’rinishida tuzilib, ularning joylanishi AV uzunligini yarmi masofasida o’tkaziladi. Yo’l o’tkazuvchi inshootni o’qidan esa 80-100 m masofada joylashtiriladi