Asosi uchburchakli chiziqli-burchakli to’r. Ushbu to’r ikki asosli uchburchak shaklida bo’lib (7.4v-rasm), uning A1 ,A2 , A3 , A4 ,A5 ,A6 , A7 va A8 burchaklari va Ѕ1, Ѕ2, Ѕ3, Ѕ4, Ѕ5 , Ѕ6 va Ѕ7 tomonlarining uzunliklari o’lchanib tuziladi . Ushbu to’r elektron taxeometrlarda o’lchanadi. Rejalashda eng aniq, qulay shu bilan birgalikda joyning o’lchash sharoitlariga moslashuvchi bu usul amaliyotda keng qo’llaniladi.
Ko’priklarning yo’l o’tkazuvchi inshootlarnining markaziy tyanch ustunlarini rejalash. Ko’priklarning tayanch markazlarni rejalash shartli koordinatalar tizimida olib boriladi. Bunda ko’prikning o’qi absitsissa o’qi; koordinatlari boshidan unga normal chiziq ordinata o’qi deb qabul qilinadi
Markaziy ustunlarni rejalash usullari: a- to’g’ri burchakli tutashtirish; b- qutbiy usul; v-o’q bo’yichato’g’ri o’lchashlar; g-to’g’ri burchakli koordinata Rejalash to’rlarini turi geodezik asboblarning mavjudligi va h. o. ko’ra quyidagi usullarga ajratiladi: to’g’ri burchakli tutashtirish usuli; qutbiy koordintalar usuli; o’q bo’yicha to’g’ri o’lchashlar usuli; to’g’ri burchakli koordinata usuli.
Rejalash asoslari ko’prik o’qiga paralell, rejalash to’rlarining koordinatlari ma’lum va tayanch markazining koordinatlari loyiha ma’lumotlarida berilgan holat bo’yicha, ko’prik va yo’l o’tkazuvchi inshootlarni tayanch markazini joyiga ko’chirish usullari va hisoblashlarini keltiramiz.
To’g’ri burchakli tutashtirish usuli.Rejalash asosi 5-6 uchun hisoblar Y1= Y5= Y6 o’qlarini paralellik shartiga ko’ra bajariladi:
β05 = arctg ; β 06 = arctg .
Xuddi shu hisoblarni 3-4 bazis asoslari uchun bajarilib va tayanch markazini rejalashlarini to’g’riligini tekshiriladi. Rejalashlar teodolitda bajariladi.